Panama
Poytaxti - Panama . Rasmiy tili ispan tilidir . Panama, Panama Respublikasi (República de Panamá) — Markaziy Amerikaning Panama boʻynida joylashgan davlat. Shimolidan Karib dengizi, janubidan Tinch okean oʻrab turadi. Maydoni 78,2 ming km². Aholisi 2,88 mln. kishi (2002). Poytaxti — Panama shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provincia) va 5 muxtor indeys rezervatsiyasiga boʻlinadi. Panama kanalidan har kuni ko‘plab tankerlar o‘tadi.
Panama Respublikasi República de Panamá
| |
---|---|
Shior: Pro mundi beneficio (Lotincha: Dunyoning yaxshiligi uchun) | |
Madhiya: Himno Istmeño | |
Poytaxt | Panama shahri |
Rasmiy til(lar) | Ispancha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Juan Carlos Varela | |
Isabel Saint Malo | |
Mustaqillik (Kun) | |
28-noyabr 1821 | |
3-noyabr 1903 | |
Maydon | |
• Butun |
78,200 km2 (117-oʻrin) |
• Suv (%) |
2.9 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
3,039,150 (132-oʻrin) |
• Zichlik | 38/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$22,330 mil. (108-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,347 |
Pul birligi | AQSh Dollar (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC–5 |
• Yoz (DST) |
UTC–5 |
Qisqartma | PM |
Telefon prefiksi | 507 |
Internet domeni | .pa |
|
Mustaqillik sanasi | 1903 yil 3-noyabr (Kolumbiyadan) |
---|---|
Rasmiy til | ispancha |
Poytaxt shahar | Panama |
Eng katta shahar | Panama |
Hukumat shakli | prezidentlik respublikasi |
Siyosiy tizim | unitar davlat |
Prezident | Laurentino Kortiko |
Vitse prezident | Xose Gabriel Karrizo |
Hudud | |
• Jami | 78,200 km² ( dunyoda 116-o'rin ) |
• % suv yuzasi | 2,9 |
Aholi | |
• Baholash (2020) | ▲ 4 252 620 kishi ( 130-chi ) |
• Aholini ro‘yxatga olish (2013) | 3 661 868 kishi |
• Zichlik | 44,5 kishi/km² |
YaIM ( PPP ) | |
• Jami (2022) | 158,608 milliard dollar ( 80-o'rin ) |
• Aholi jon boshiga | 36 085 dollar ( 57-o‘rin ) |
YaIM (nominal) | |
• Jami (2022) | 70,492 milliard dollar ( 70-oʻrin ) |
• Aholi jon boshiga | 16 038 dollar ( 52-chi ) |
ICR (2019) | ▲ 0,795 ( yuqori ; 67-chi ) |
Valyuta | balboa ( PAB, kod 590 ); AQSh dollari ( AQSh dollari, kod 840 ) |
Internet domeni | .yaxshi |
ISO kodi | Xo'sh |
XOQda | PAN |
Telefon kodi | +507 |
Vaqt zonasi | UTC-5 |
Avtomobil harakati | to'g'ri |
Wikimedia Commons-dagi media fayllari |
Davlat tuzumi
tahrirPanama — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda kabul qilingan, unga 1978 va 1993-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli 6-n 5 yil mud-datga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Kr-nun chiqaruvchi hokimiyatni Konun chiqaruvchi assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
tahrirPanama hududi Markaziy Amerikaning eng kambar (48–200 km) qismida. Qirgʻoqlari, asosan, past. Tinch okean va Karib dengiziga tutash sohillarida anchagina qoʻltiq bor. Mayda orol koʻp. Panamaning butun hududi orqali gʻarbdan sharq tomon Kordilyera-de-Veragua, Kordilyera-de-San-Blas, Serraniyadel-Daryen togʻ tizmalari choʻzilgan, mamlakatning eng baland nuqtasi va harakatdagi vulkani Baru (balandligi 3475 m). Oltin, simob, temir va mis rudalar, boksit, binokorlik ma-teriallarining kichikroq konlari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha yillik temperatura 25—28°. Yogʻin janubiy togʻ yon bagʻirlarida 1500 mm dan shimoliy yon bagʻirlarida 5000 mm gacha. Daryolari qisqa (200 km gacha), kema qatnamaydi, qurgʻoqchil mavsumda koʻpincha qurib qoladi. Panama boʻynining eng kambar joyida Panama ka-nali qurilgan. Qizilsariq laterit tuproqlarda qimmatbaho daraxt turlari oʻsadigan oʻrmonlar, janubigʻarbdagi jigarrang-qizil tuproklarda savannalar uchraydi. Hayvonot dunyosi: zirhli, yovvoyi mushuklar (puma, otselot), chumolixoʻr, yalqov, bugʻu, koata maymuni va boshqa Daryey va boshqa milliy boglari, oʻrmon qoʻriqxonalari bor.
Aholisi
tahrirAholisi, asosan, panamaliklar — metislar (60%), negrlar (15%), indeyslar (7%). Shaharlarda yamaykaliklar, xitoylar, amerikaliklar ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar katolik, bir qismi protestant. Yirik shaharlari — Panama, Kolon.
Tarixi
tahrirPanamani ispanlar mustamlaka qilib olgunga qadar bu yerda kuna, guaymi, chokova va boshqa 60 dan ortiq in-deys qabilasi yashagan. Panamanidastlab 16-asrda ispan konkistadorlari zabt etgan. Mustamlakachilar tub aholiga zulm oʻtkazgan va koʻpchiligini qirib tashlab, plantatsiyalar va konlarda ishla-tish uchun Afrikadan negr qullarni keltirgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqilligi uchun urush davomida (1810—26) Panama oʻzini mu-staqil deb (1821) eʼlon qildi va Simon Bolivar tuzgan Buyuk Kolumbiya respublikasi tarkibiga kirdi. 1830-yilda Buyuk Kolumbiya parchalangach, 1831-yildan Yangi Granada (1886-yildan Kolumbiya) respublikasi tarkibiga departament huquqida kirdi. 1903-yil Panama Kolumbiyadan ajralib chiqib, mustaqillik eʼlon qildi. Ammo oʻsha yili 18-noyabr da AQSH bilan Panama oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan, Panama kanali qurish moʻljallangan hudud AQShga "abadiy foydalanish, egallash va nazorat qilish" uchun berilishi oqiba-tida Panama AQShga butunlay qaram boʻlib qoldi. Amerikaliklar bu yerda harbiy baza qurib, oʻz qoʻshinlarini joylashtirdi. Panama xalqi koʻp yil oʻz yerini ozod qilish uchun kurashdi (1958, 1959, 1964-yillardagi harakatlar). 1968-yil general O. Torrixos Errera boshchiligidagi milliy gvardiya davlat toʻntarishi qilib, iqtisodiy mustaqillikni mu-stahkamlash, siyosiy hayotni demokra-tiyalash tadbirlarini oʻtkazdi. 1977-yil Panama hukumati AQSH bilan tuzgan ikki shartnomaga koʻra, 1903-yilgi shartnoma bekor qilindi, 1979-yil 1-oktabrdan kanal zonasi ustidan Panama suvereniteti tiklandi, 2000-yil 1-yanvardan kanalning oʻzi ham Panama tasarrufiga oʻtdi. Panama 1945-yildan — BMT aʼzosi. Oʻzbekiston suverenitetini 1992-yil 2-yanvarda tan oldi. Milliy bayrami —3-noyabr — Mustaqillik kuni (1903).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
tahrirArnulfista partiyasi, 1990-yil tuzilgan; "Papa Egoro" harakati, 1991-yil asos solingan; Leyboristlar partiyasi, 1982-yil tashkil etilgan; Liberal respublikachilar partiyasi, 1993-yil tuzilgan; Panama xalq partiyasi, 1930-yilda asos solingan; Liberal milliy partiya, 1979-yil tashkil etilgan; Liberal respublikachilar milliy harakati, 1981-yil tuzilgan; Inqilobiy demokratik partiya, 1978-yil asos solingan; Demokratik xristian partiyasi, 1963-yil tashkil etilgan. Panama mehnatkashlari konfe-deratsiyasi, 1956-yil asos solingan; Meh-natkashlar milliy kengashi, 1971-yil tuzilgan; Panama boʻyni mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1971-yil tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
tahrirPanama — agrar mamlakat. 20-asrning 70-yillarida Panama hukumati baʼzi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni — qishloq xoʻjaligi sohasida, mehnat qonunchiligi va soliq sohasida islohotlar oʻtkazdi, barcha foydali qazilmalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini eʼlon qildi.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 25% band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi qishloq xoʻjaligi kooperativlari tuzilgan boʻlsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turibdi. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, kartoshka, dukkaklilar ekiladi. Goʻsht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, ot, echki va xachir boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur yogʻoch tayyorlanadi. Dengizda qisqichbaqa va baliq ovlanadi.
Sanoati zaif rivojlangan boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis rudasi, neft qazib olinadi. Panama sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va boshqalar), yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tikuvchilik, qogʻoz, sopol va sement sanoatining mayda korxonalaridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan zavod bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, Kolon, Nata. Panama kanali orqali yiliga 14 mingtagacha kema oʻtadi. Bu kanal roʻyxatga olingan kemalar soni va ularning umumiy yuk hajmi jixatidan dunyoda l-oʻrinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operatsiyalari hajmi jihatidan 2-oʻrinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro aeroporti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. Transport yoʻli uzunligi — 583 km, avtomobil yoʻllari —10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yogʻoch, qisqichbaqa va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va boshqa oladi. Asosan AQSH, Venesuela, Kosta-rika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — balboa.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari
tahrirVrachlar Panama universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. 1946-yildan majburiy 8 yliktaʼlim toʻgʻrisidagi qonun amal qiladi. Boshlangʻich maktab shaharlarda 6 yillik (7 yoshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda —3 va 4 yillik. Oʻrta maktab 6 yillik boʻlib, 2 turkum, yaʼni 3 yillik ijtimoiy fanlar va 3 yillik tabiiyotmat. fanlari litseylaridan iborat. Hunartexnika taʼlimi texnika, qishloq xoʻjaligi, tijorat bilim yurtlari va boshlangʻich maktab yoki oʻrta mak-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim Panama universiteti (1935-yilda asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik universitetida (1965) beriladi. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarlar Milliy fan kengashi (1963) tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Panama milliy Fanlar akademiyasi (1942), Panama til akademiyasi, Panama tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeologiya va tarixiy yodgorliklar akademiyasi (1946), Indeys xalklar madaniyatini oʻrganish instituti (1952), Iktisodiy rivojlanish instituti (1953), Panamerika tarix va geogr. instituti, Panama universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar muassasalari ilmiy tadqiqotlarlar olib boradi. Panama universiteti kutubxonasi (1935), Milliy kutubxona (1892), Panama milliy muzeyi (1925) va boshqa bor.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
tahrirPanama da bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Muqimlari: "Matutino" ("Tonggi xabarlar", kundalik hukumat gazeta, 1969-yildan), "Panama —Amerika" (kundalik gazeta, 1989-yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1980-yildan), "Siglo" ("Asr", kundalik gazeta, 1985-yildan), "Unidad" ("Birlik", oyiga 2-marta chiqadigan gazeta, 1973-yildan), "Kritika libre" ("Erkin tan-qid", kundalik gazeta, 1925-yildan), "Analisis" ("Tahlil", iqtisodiyot va siyosat masalalarini yorituvchi oylik jurnal). Milliy axborot agentligi yoʻq. Panama radioeshittirish uyushmasi mavjud. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv xususiy boʻlib, tijorat asosida ishlaydi.
Adabiyoti
tahrirAdabiyoti ispan tilida rivojlanib kelmoqda. Dastlab Kolumbiya adabiyoti tarkibida vujudga keldi. 19-asrning 2yarmida undan ajralib chiqib, milliy adabiyot tarzida shakllana boshladi. M. Arosemena oʻzining "Tarixiy xotiralar" va oʻgʻli X. Arosemena ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maishiy mavzulardagi ocherklari bilan unga asos soldilar. 1845-yilda tuzilgan Havaskor maʼrifatparvarlar jamiyati Panama milliy adabiyotini yaratishda katta rol oʻynadi. Vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozgan X. Kolunxe, T.M. Fyoyyo, X. M. Aleman, A.D. le Isaka kabi shoirlar Panama adabiyotini yuqori pogʻonaga koʻtardilar. 20-asr boshlarida hukm surgan modernizm namoyandalari D. Errera, G. Andreve, L. A. Soto, R. Miro va boshqa adiblar Panama adabiyotining oʻziga xosligini himoya qilish bilan birga yevropacha uslublardan ham foydalandilar.
Birinchi jahon urushidan keyin adiblar 2 oqimga boʻlinib ketdi. R. Sinan, R. Laurens kabi shoirlar "avangardizm" tarafdori boʻlib, formalizm yoʻliga oʻtdi. D. Korei, D. Errera Sevilyano ijtimoiy zidsiyatlarni aks ettirdi. I. de X. Valdes va boshqa adiblar shahar va qishloq turmushini haqqoniy tasvirladi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng yozuvchilar ijodida ijtimoiy adolatsizlikni fosh etish mavzui muhim oʻrin oldi (M. Riyera, P. Rivera, X. Franko va boshqalar). Zamonaviy yozuvchilar orasida D. Moran, A. Menendes Franko kabi shoirlar, E. Chues, X. M. Bayyard Lerma, X. Beleno kabi prozachilar, dramaturg X. de X. Martines asarlari mashxur.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirQadimgi Panama madaniyati Meksika, Kolumbiya va boshqa qoʻshni mamlakatlar madaniyati bilan oʻzaro hamohang shakllangan. Mahalliy indeyslar mahobatli inshootlar qurmagan. Mustamlakachilik davrida Panama, Portobelo shaharlarida mudofaa istehkomlari, bozor, bojxona, omborlar bilan bir qatorda hashamdor zarhal oʻymakorlik uslubidagi cherkovlar barpo etildi. 20-asrda Panama, Kolon shaharlarida zamonaviy Amerika meʼmorligi ruhida qurilgan meʼmoriy majmualarga mahalliy anʼana unsurlari singdirildi (G. de Ru, I. Galindo Valyarino, O. Mendes Guardiya kabi meʼmorlarning loyihalari).
Tasviriy sanʼati 16-asrgacha indeyslar yasagan tosh haykallar, odam va hayvon surati tushirilgan ustunlar, rang-barang sopol idishlardan iborat boʻlgan. Mustamlaka yillarida zamonaviy sanʼat vujudga kela boshladi. Zamonaviy rassomlardan R. Lyuis, X. M. Uloa, X. F. Arosemena, F. R. Karcherini koʻrsatish mumkin. Hozirgi Panama tasviriy sanʼatida kubizm (S. Oduber), syurrealizm (P. Runʼyan) va boshqa oqimlar yoyilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |