Panjvaqta masjidi
Panjvaqta masjidi — Navoiy viloyati, Nurota shahri, Chashma majmuasida joylashgan yodgorlik. Masjid 1570—1571-yillarda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniy Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Panjvaqta masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Panjvaqta masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | masjid |
Shahar | Navoiy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | 1570—1571-yillar |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Tarixi
tahrirPanjvaqta masjidi Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi davrida XVI asrda bunyod etilgan va bir necha marotaba qayta qurilgan. Masjid gumbaz bilan qoplangan boʻlib, xonaqoh vazifasini ham bajargan. XIX asrga kelib masjid ayvonli qilib qurilgan[1]. Panjara masjid oldida qora marmar toshda arab tilida nasxi buxoriy xatida Muhammad paygʻambarga aytilgan Tojiya ismli salovati yozilgan. Mazkur toshda yozilgan bitik tasavvuf ahlida risqni koʻpaytirish va gʻamlarni ketgazish maqsadida oʻqiladigan salovatdir. Asosan bunday salovatlar Muhammad al-Jazuliyning „Daloil al-hayot“ asarida keltirilgan[2]. Ushbu bitik Kotib Xatloniy tomonidan 1918—1919-yillarda yozilgan. Masjiddagi marmartoshda nastaʼliq xatida sheʼriy taʼrix yozilgan. Sheʼriy taʼrix fors tilida yozilgan: „Istasa har neki, Ahmad (Muhammad (s.a.v)) hurmati, Oʻshani unga ato etgay Xudo. Toshga Xatloniy kotib bitdi raqam, Sangtarosh oʻydi burudi Mustafo. Bir ming yuz oʻttizzu yetti edi, Taʼrixi hijrati sayyidbino[3]“.
Meʼmorchiligi
tahrirPanjvaqta masjidi Oʻrta Osiyo uslubida bunyod etilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Hozirgi kunda masjid ikki yoqlama ayvonli va katta gumbazdan iborat. Masjid gumbazining ichkarisi qadama naqshlar bilan bezatilgan. Hozirgi kunda naqshlarning faqatgina geometrik shakli mavjud[4]
Manbalar
tahrir- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 149.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 152.
- ↑ Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 156.
- ↑ „«Chashma» majmuasi“. meros.uz. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.
Havolalar
tahrir- „«Chashma» majmuasi“. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.