Panorama (yun. πᾶν „barcha“ + ὅραμα „koʻrinish“) deb keng burchakdan koʻrinishli har qanday tasvirga aytiladi. Atamani XVIII asrda yashab, ijod qilgan irland musavviri Robert Barker yaratgan. U oʻzi chizgan Edinburg va London keng rasmlarini panorama deb atagan.

360 darajali panorama (stereografik proyeksiyali)

Panorama (pan... va yun. horama— koʻrinish) — tasviriy sanʼat turi; aylana tarxli zal devoriga gorizon-tal qoplab ishlangan kartina. Illyuziya yordamida vokeani jonli gavdalantirish maqsadida kartina oldiga butafor va real narsalar (binolar, joylar, turli maketlar, kishilar, hayvonlar, narsalarning shakllari) joylashtiriladi. P. sunʼiy yoritishga moʻljallanadi. Tomoshabinlar P.ni zal markazidagi maxsus maydonchadan koʻradilar. Dastlabki P. 18-asr oxirida (irland rassomi R.Barker tomonidan) yaratilgan, 19-asrdan keng tarqalgan, batal janridagi P. ommalashgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil