Paramagnetizm (para... va magnetizm) — tashqi magnit maydoniga kiritilgan jismlarning shu maydon yoʻnalishiga moyil yoʻnalishda magnitlanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi magnit maydoni boʻlmagan (N=0) da paramagnetiklar magnitlanmaydi.

Magnit maydon yo'qligida paramagnetiklar.
Magnit maydon mavjudligida paramagnetiklar.

„Paramagnetizm“ terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan boshqa barcha moddalarni magnit xossalari boʻyicha diamagnit va paramagnit moddalarga ajratgan. Paramagnetizm zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega boʻlgan jismlar uchungina xos boʻlib, bu momentlar tashqi maydon boʻlmaganda tartibsiz, yaʼni j=0 boʻladi. Tashqi maydon boʻlganda maydon yoʻnalishida moslanadi.

Metallda xususiy magnit (spin) momentiga va elektr oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektronlarning mavjudligi shu metallning paramag-nit xossasini ifodalaydi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida bu elektronlar magnit momentining yoʻnalishi maydon yoʻnalishi bilan bir xil boʻladi.

Atom yadrosi ham xususiy magnit momentiga ega. Yadro magnit momenti elektron magnit momentidan taxminan 1000-marta kichik. Atom yadrosining paramagnit qabulchanligi elektron qabulchanligidan taxminan 106-marta kichik. Paramagnit modda kuchsiz tashqi magnit maydoni taʼsirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin) temperaturalarda, shuningdek, oʻta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) taʼsirida kuchli magnitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j maydon kuchlanganligi oʻsishi bilan quyidagi qonun boʻyicha oʻsadi: j=%ff, bunda paramagnit qabulchanligi x~ Yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli boʻlsa, paramagnit zarrachalari magnit mo-mentlarining yoʻnalishi tashqi magnit maydoni yoʻnalishidek boʻladi (magnit toʻyinishi roʻy beradi). Oʻzgarmas kuchlanishli maydonda temperatura T ortishi bilan magnit qabulchanlik Kyuri qonuni boʻyicha kamayadi.

Turli moddalarning Paramagnetizmini oʻrganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini oʻrganishda, materiallarning strukturasini taxlil qilishda juda muhim.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil