Parfyumeriya (frans. parfum — yoqimli hid, atir) — teri, soch, kiyimlarni xushboʻy qiluvchi, shuning-dek, gigiyenik vosita sifatida qoʻlla-nadigan mahsulotlar. Qadimda xushboʻy moddalar sifatida faqat tabiiy mah-sulotlar (efir moylari, balzam va boshqalar) ishlatilgan. Organik kimyogtj rivojlanishi natijasida efir moylari va hayvon mahsulotlari (anbar, mushk va X..K.) bilan bir qatorda P. mahsulotlari tayyorlashda sintetik xushboʻy moddalardan foydalanila boshlandi.

Atir, upa, atir sovun, lab boʻyoklari, odekolon, xushboʻy suv, shuningdek, ter va uydagi noxush islarni yoʻqotishda qoʻllanadigan dezodorantlar, tirnoq va soch loklari ham P. mahsulotidir (yana qarang Kosmetika, Parfyumeriya-kosmetika sanoati).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil