Partsxisi jangi (gruzincha: ფარცხისის ბრძოლა) – Gruziya qirolligi va Saljuqiylar imperiyasi qoʻshinlari oʻrtasidagi tahminan milodiy 1075-yilning sentabr oyida boʻlib oʻtgan jang. Bir necha soat davom etgan shiddatli janglardan soʻng, saljuqiy turklarning son boʻyicha ustun boʻlishiga qaramay gruzinlar turklar ustidan irodali gʻalabaga erishganlar. Ushbu urush haqida tarixdan bizga qadar yetarli maʼlumotlar yetib kelmagan. Ammo bir qancha tarixchi olimlarning asarlarida kichik-kichik urush tavfsilotlari uchraydi.

Partsxisi jangi
Gruziya-Saljuq urushlari

Sanalar 1073-1077
Urush yeri Partsxisi, Gruziya qirolligi
Natija Gruziya qirolligi gʻalabasi[1]
Raqiblar
Gruziya Gruziya qirolligi Saljuqiylar davlati
Qoʻmondonlar
George II
Aghsartan I
Aronlik Sarang:
Dmanisi, Dvin va Ganjaning musulmon hukmdorlari
Kuchlar
25,000 48,000[2]
Yoʻqotishlar
noma’lum noma’lum

Taʼrif tahrir

Oʻrta Osiyodan janubga harakatlanib, Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilgandan soʻng, saljuqiy turklar Onadoʻli hududiga kirib borishdi. Onadoʻli zabt etilgach, Saljuqiylar yon atrofdagi qoʻshni oʻlkalarga yurish qilishni boshladilar. Saljuqiylar imperiyasining sultoni Malikshoh Gruziya qirolligining janubiy yerlarini istilo qilishga kirishdi. Janubiy Gruziya istilo qilingandan soʻng, Malikshoh imperator Samshvilde va Arran knyazliklarini arab manbalarida Savtxang deb nomlangan "Ganja Sarangiga" topshirdi. Ganja saranggiga 48,000 otliq askar berildi. Unga alohida vazifa yuklatdi va bu vazifa Gruziyani toʻliq Saljuqiylar imperiyasi hukmronligi ostiga olish uchun yana bir hujum uyushtirishni amalga oshirish edi. Arran hukmdori qoʻlidagi qoʻshin bilan hamda Dmanisi, Dvin va Ganjaning musulmon boʻlgan va saljuqiylarga sodiq hukmdorlari yordamida Gruziyaga yurish qilishni boshladi.[3]. Jangning qaysi sanada sodir boʻlganligi zamonaviy gruzin olimlari oʻrtasida bahsli mavzudir. Jang asosan 1074-yilda (Lortkipanidze, Berdzenishvili, Papaskiri) oʻtkazilgan degan fikrga toʻxtalgan boʻlsa, professor Ivane Javaxishvili boshqa vaqtni, 1073-1074-yillarda boʻlib oʻtganligini aytadi. XIX asrda yashab oʻtgan gruzin tarixchisi Tedo Jordaniya bu jangni 1077-yilda boʻlganligi haqidagi fikrni olgʻa suradi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, jang avgust oyida yoki milodiy 1075-yil sentabr oyida sodir boʻlgan[4]. Giorgi II, Kaxeti Agsartan I ning harbiy koʻmagi bilan, Partsxisi qalʼasi yonida bosqinchilar bilan toʻqnash keladi. Jang tafsilotlari deyarli oʻrganilmagan boʻlsa ham, maʼlumki, eng kuchli gruzin zodagonlaridan biri Kldekaridan Ivane Baguashi Saljuqiylarga ittifoqchilik qilib, ularga oʻgʻli Liparitni sadoqat garovi sifatida siyosiy mahbus sifatida topshirgan. Jang kun bo'yi davom etdi va nihoyat Giorgi II ning gʻalabasi bilan yakunlandi[1]. Partsxisida olib borilgan muhim jang gʻalabasidan keyin paydo boʻlgan gʻayrat Gruziyaliklarga Saljuqiylar imperiyasidan (Kars, Samshvilde) hamda Vizantiya imperiyasidan (Anakopiya, Klarjeti, Shavsheti, Ardaxan, Javaxeti) yoʻqolgan barcha hududlarni qaytarib olishga imkon berdi[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Battle of Partskhisi, Alexander Mikaberidze, Historical Dictionary of Georgia, (Rowman & Littlefield, 2015), 524.
  2. Silogava; Shengelia (2007). History of Georgia: From the Ancient Times Through the "Rose Revolution". Caucasus University Publishing House, ISBN 9789994086160. pg. 264-265.
  3. Chronicle of Kartli, 786–1072, pg 317.
  4. Metreveli, Samushia, King of Kings Giorgi II, pg. 77-82.
  5. Studi bizantini e neoellenici: Compte-rendu, Volume 15, Issue 4, 1980, pg. 194-195