Paskal Groß (nemischa talaffuzi: [pasˈkaːl ˈɡʁoːs], baʼzan ingliz tilida Gross sifatida koʻrsatiladi; 1991 yil 15 iyunda tugʻilgan) – Germaniyalik professional futbolchi, Angilya Premier Ligasining „Brighton & Hove Albion“ jamoasi aʼzosi. Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Paskal Gross
2018-yilda Paskal Gross Brighton & Hove Albion libosida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pascal Groß[1]
Tavallud sanasi 1991-yil 15-iyun
Tavallud joyi Mannheim, Germaniya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brighton & Hove Albion
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007-yil VfL Neckarau
2007–2008-yillar TSG Hoffenheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008–2011-yillar TSG Hoffenhaim 5 (0)
2009–2011-yillar TSG Hoffenhaim II 17 (4)
2011–2013-yillar Karlsruher SC 25 (3)
2011-yil Karlsruher SC II 11 (1)
2012–2017-yillar FC Ingolstadt 04 158 (17)
2013-yil FC Ingolstadt 04 II 1 (0)
2017–yil Brighton & Hove Albion 197 (28)
Milliy terma jamoa
2008–2009-yillar Germaniya U18 10 (2)
2009-yil Germaniya U19 2 (0)
2010–2011-yillar Germaniya U20 4 (0)
2023–yil Germaniya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-sentyabr uchun)

Koʻp qirrali oʻyinchi, faoliyati boshida himoyaviy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi, hattoki hujumchi sifatida ham oʻynagan.

Gross Germaniya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda oʻynagan[2]. 32 yoshili Gross 2023-yil avgustida, Germaniyaning bosh jamoasi safiga chaqirilgan va terma jamoa tarkibida debyut qilgan[3]. Oʻsha yilning 9 sentyabrida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga Nemis mashinasi libosida ilk marta maydonga tushgan[4].

Klublardagi faoliyati tahrir

Dastlabki yillar tahrir

Gross Bundesligadagi birinchi toʻliq professional oʻyinini 1899 yilda Xoffenxaym tarkibida, 2009-yilning 2-mayida VfL Volfsburg jamoasiga qarshi oʻyinda (0:4) oʻtkazadi[5]. Oʻsha oʻyinning 89-daqiqasida Chinedu Obasi oʻrniga maydonga tushadi. Faoliyatidagi birinchi golini 2009-yil 16-avgustda „Xoffenxaym II“ safida „Shtutgarter Kickers II“ ga qarshi oʻyinda kiritadi. 2011-yil yanvar oyida „Xoffenxaymdagi“ jamoadoshi Marko Terrazzino bilan „Karlsruher SC“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtadi[6].

Ingolshtadt tahrir

2012-yilning yozida Gross ikki yillik shartnoma asosida Ingolshtadt jamoasi safigaga qoʻshiladi[7]. 2014-2015 yilgi mavsumda u Ingolshtadtning Bundesligaga koʻtarilishida muhim rol oʻynaydi, chunki jamoa tarkibida 7 ta gol urib, 23 ta golga assistentlik qiladi[8].

Gross 2016-2017 yilgi mavsumda Ingolshtadt uchun ligada beshta gol urgan, chunki ular Bundesligadan tushib ketishgan edi. U oʻsha mavsumda liganing boshqa oʻyinchilariga qaraganda koʻproq gollik imkoniyat yaratadi, jami 95 ta gollik imkoniyat[9].

Brighton & Hove Albion tahrir

2017-2018 yilgi mavsum tahrir

2017-yilning may oyida Brighton & Hove Albion Gross bilan 3 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi[10][11]. U toʻrt yillik shartnomaga rozi boʻladi, shu bilan birga Ingolshtadtga toʻlangan transfer summasi oʻsha mavsumda klub uchun rekord summadagi transferlarning dastlabkisi edi[12].

2017-yilning 12-avgustida Premer-ligada „Brayton“ safida debyut qiladi, oʻz uyida chempionlik poygasida favorit "Manchester Siti" dan 2:0 hisobida magʻlub boʻladi[13]. 2017-yil 9-sentabrda Gross „Brayton“ tarkibidagi oʻzining Premer-ligadagi ilk golini uradi, tanaffusdan koʻp oʻtmay ikkinchi golni ham kiritadi va "Vest Bromvich" ga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Oʻsha oʻyinda u Tomer Hemed goliga assistentlik ham qilgan[14][15]. 15-sentabr kuni „Brayton“ning "Bornmut" mehmoni boʻladi va 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Uchrashuvida Gross Solli Martning birinchi goliga assistentlik qiladi[16].

Xalqaro maydonda tahrir

2023-yil 31-avgust kuni Groß Germaniya terma jamoasiga birinchi marta bosh murabbiy Xansi Flik tomonidan Yaponiya va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqiruv oladi[17][18]. U 9-sentabr kuni Yaponiyaga qarshi uyinda 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvda 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi[4]. 11- sentyabir kuni esa Fransiyaga qarshi oʻyinning 25-daqiqasida Xans Flikning oʻrniga tayinlangan, vaqtinchalik murabbiy Rudi Vuller Grossni maydonga tashlaydi. Oʻyinda Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi[19]. Groß Germaniya terma jamoasidagi ilk o‘yinini AQShga qarshi 3:1 hisobida g‘alaba bilan boshladi.

Oʻyin uslubi tahrir

Gross markaziy yarim himoyachi, vinger, hujumkor yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi sifatida harakat qila oladigan kam sonli futbolchilardan biri[20].

Shaxsiy hayot tahrir

Uning otasi Stefan proffisional futbolchi boʻlgan. Oʻz vaqtida Paskalning otasi Karlsruher SCda jamoasi sharafini himoya qilgan[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

2023-yilning 16-sentyabirigacha bo'lgan o'yinlar[21]
Klub Mavsum Liga Milliy jamoa[lower-alpha 1] Liga kubik[lower-alpha 2] Boshqa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
1899 Hoffenheym 2008–2009 Bundesliga 4 0 0 0 4 0
2009–2010 Bundesliga 1 0 1 0 2 0
Jami 5 0 1 0 6 0
1899 Hoffenheim II 2010–2011 Regionalliga Süd 17 4 17 4
Karlsruher SC II 2010–2011 Regionalliga Süd 3 0 3 0
2011–2012 Regionalliga Süd 8 1 8 1
Jami 11 1 11 1
Karlsruher SC 2010–2011 2. Bundesliga 3 1 0 0 3 1
2011–2012 2. Bundesliga 22 2 1 0 2[lower-alpha 3] 1 25 3
Jami 25 3 1 0 2 1 28 4
FC Ingolstadt 2012–2013 2. Bundesliga 30 2 1 0 31 2
2013–2014 2. Bundesliga 29 2 2 0 31 2
2014–2015 2. Bundesliga 34 7 1 0 35 7
2015–2016 Bundesliga 32 1 1 0 33 1
2016–2017 Bundesliga 33 5 2 0 35 5
Jami 158 17 7 0 165 17
FC Ingolstadt II 2013–2014 Regionalliga Bayern 1 0 1 0
Brighton & Hove Albion 2017–2018 Premier League 38 7 1 0 0 0 39 7
2018–2019 Premier League 25 3 1 0 1 0 27 3
2019–2020 Premier League 29 2 1 0 1 0 31 2
2020–2021 Premier League 34 3 3 0 3 0 40 3
2021–2022 Premier League 29 2 2 0 2 0 33 2
2022–2023 Premier League 37 9 5 1 2 0 44 10
2023–2024 Premier League 5 2 0 0 0 0 0 0 5 2
Jami 197 28 13 1 9 0 0 0 219 29
Faoliyatidagi jami 414 53 22 1 9 0 2 1 447 55
  1. Includes DFB-Pokal, FA Cup
  2. Includes EFL Cup
  3. Appearances in Bundesliga promotion play-offs

Xalqaro tahrir

match played 12 September 2023-yil 12-sentyabirgacha bo'lgan o'yinlar
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2023 yil 2 0
Jami 2 0

Yutuqlar tahrir

Ingolshtadt 04

  • 2. Bundesliga : 2014–2015

Individual

  • Brighton & Hove Albion yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017–2018[22]

Manbalar tahrir

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2017-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
  2. „Pascal Groß Personenprofil :: DFB – Deutscher Fußball-Bund e.V.“. datencenter.dfb.de.
  3. „Mit Groß und sechs Rückkehrern gegen Japan und Frankreich“ (de). German Football Association (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  4. 4,0 4,1 „Germany 1-4 Japan: Hansi Flick under pressure after heavy defeat“. BBC Sport (2023-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  5. „13-Minuten-Hattrick von Dzeko“. kicker.de (2009-yil 2-may). Qaraldi: 2009-yil 3-may.
  6. 6,0 6,1 „KSC verpflichtet zwei U20-Nationalspieler: Terrazzino und Groß wechseln in den Wildpark“ (de). official website. Karlsruher SC (2011-yil 28-yanvar). 2011-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-yanvar.
  7. VAVEL.com. „Pascal Groß: The midfield metronome that has Ingolstadt ticking towards the Bundesliga“ (en). VAVEL (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2022-yil 14-mart.
  8. „Pascal Gross would be an ideal signing for Liverpool in January“ (en-GB). Media Referee (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 14-mart. [sayt ishlamaydi]
  9. „Brighton sign Pascal Groß“. Goal.com. Qaraldi: 2017-yil 9-sentyabr.
  10. „Pascal Gross: Brighton & Hove Albion sign FC Ingolstadt 04 midfielder“. BBC Sport (2017-yil 19-may). Qaraldi: 2017-yil 19-may.
  11. Hall, Pete. „Brighton's under the radar signing Gross proving his worth“. Reuters (2017-yil 22-sentyabr).
  12. Lawless, Josh. „Brighton Have Broken Their Transfer Record Yet Again“. Sport Bible (2017-yil 7-avgust).
  13. „Brighton & Hove Albion 0–2 Manchester City“. BBC Sport (2017-yil 12-avgust).
  14. „Premier League ruft! Gross verlässt FCI“ (de). kicker Online (2017-yil 19-may). Qaraldi: 2017-yil 19-may.
  15. „Brighton & Hove Albion 3–1 West Bromwich Albion“. BBC Sport (2017-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
  16. „AFC Bournemouth 2–1 Brighton & Hove Albion“. BBC Sport (2017-yil 15-sentyabr).
  17. „Mit Groß und sechs Rückkehrern gegen Japan und Frankreich“ (de). German Football Association (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  18. „Pascal Gross gets first Germany call-up“. Brighton & Hove Albion F.C. (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 31-avgust.
  19. Germany 2-1 France: Rudi Voller in interim charge of Germany in win. BBC Sport (2023-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  20. „Pascal Gross exclusive: 'Refs here don't give many fouls. It looks stupid when you lay on the ground for nothing'“. The Telegraph. 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  21. Paskal Gross Soccerway saytida. Qaralgan sana: 8 June 2018.
  22. „Bargain buy Gross named Albion's Player of the Season“ (en). The Argus. Qaraldi: 2018-yil 17-may.

Tashqi havolalar tahrir

  • Pascal Groß at fussballdaten.de (in German)
  • Paskal Gross at Soccerbase