Patricia Bishop
Patricia Alison „Pat“ Bishop (talaffuzi: Patrisiya Bishop; 1940-yil 6-may — 2011-yil 20-avgust) Trinidadlik oʻqituvchi, musiqachi, rassom va madaniyat arbobi edi. U poʻlat barabanlarni aranjirovka qilgan birinchi ayollardan biri boʻlib, Trinidad va Tobagoning eng yuqori milliy mukofoti Trinity Cross bilan taqdirlangan.
Patricia Bishop | |
---|---|
Tavalludi |
Patricia Alison Bishop 6-may 1940-yil |
Vafoti |
20-avgust 2011-yil (71 yoshda) Port-of-speyn, Trinidad |
Fuqaroligi | Trinidad va Tobago |
Kasbi | oʻituvchi, musiqachi, artist |
Faoliyat yillari | 1961 — 2011 |
Yoshlik davri
tahrirPatricia Alison „Pat“ Bishop 1940-yil 6-mayda Trinidadning Port-of speyn shahrida Ena va Sonny Bishop oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi musiqachi, onasi esa tikuvchi va modelyer boʻlgan. Bishopning zargarlik dizayneri boʻlgan Gillian ismli singlisi bor edi[2]. Bishop Tranquility qizlar maktabida oʻqigan va Anstey yuqori maktabini tamomlagan[3]. 1958-yilda u Trinidad va Tobago milliy hukumati stipendiyasini qoʻlga kiritgan va Durham universitetining Kingʻs kollejida tasviriy sanʼat boʻyicha bakalavr darajasini olish uchun Angliyaga joʻnab ketgan[1][4]. Bishop rasm va musiqa sohasida oʻqishini tamomlagandan soʻng, Trinidadga qaytib kelgan.
Faoliyati
tahrirBishop oʻzi oʻqigan Bishop Anstey maktabida dars berishni boshlagan va maktabda bir necha yil faoliyat yuritgan[1]. U oʻzining birinchi sanʼat asarlari toʻplamini 1961-yilda ackie Hinkson va Piter Minshall bilan birgalikda guruh koʻrgazmasida namoyish etgan. Uning ilk asarlari, yuzlar va manzaralarning real tasvirlari boʻlgan, lekin universitetda oʻqib yurganida oʻqituvchisi Richard Hamilton orqali pop-art bilan tanishgan. Trinidad va Tobago bayrogʻini yaratgan va mahalliy sanʼatni[1] estetik jihatdan targʻib qilgan Carlisle Chang Trinidadga qaytib kelganida unga ustozlik qilgan[2][5]. Bishopning asarlari orasida Qattiq chiqindilarni boshqarish kompaniyasining (Solid Waste Management Company) chiqindiga qarshi harakati uchun yaratilgan mashhur „Charlie“ personaji ham bor edi[2]. Keyinchalik oʻz faoliyati davomida u „The Tempest“ (Boʻron) filmi kadrlaridan olib chizilgan sanʼat asarlarini aks ettiruvchi „Kaliban oroliga qadar“ deb nomlangan bir qator miniatyuralar yaratgan[6].
1960-yillarning oxirida Bishop West Indies universitetida (UWI) magistrlik darajasini olish uchun tʼalim sohasiga qaytadi. U „1740-1807-yillarda Yamaykadagi qochoq qullar“ nomli dissertatsiyani 1970-yilda tugatib,sanʼat tarixi boʻyicha magistrlik darajasini olishga muvaffaq boʻladi[7][8]. 1970 va 1972-yillar orasida u Yamayka sanʼat va hunarmandchilik maktabida oʻqituvchi sifatida sanʼat tarixi va dizayndan dars bergan. Keyin Bishop sakkiz yil davomida UWIning Mona va St. Augustine universitetlarida maʼruzachi sifatida sanʼat va Gʻarbiy Hindiston tarixidan dars bergan[7].
Musiqani aranjirovka qilishdan tashqari, Bishop Trinidad xalq anʼanalari asosida ikkita toʻliq metrajli xalq operasi va bir nechta xor asarlarini yaratdi. „Dalinda and The Swam“, "Voice and Steel " nomli operalarida baraban va goboyni (musiqa asbobi) birlashtirgan. 1981-yilda u Schools Steelband musiqa festivalining asoschilaridan biri boʻlgan va koʻp yillar davomida festivalda hakam sifatida ishlagan[9].
2004-yilda Bishop anʼanalarni saqlash va yangi isteʼdodlarni rivojlantirish, musiqiy mahorat va musiqani oʻrgatish bilan shugʻullanadigan „Music Literacy Trust“ tashkilotining asoschilaridan biriga aylandi. Trinidad va Tobago anʼanalarini saqlab qolish uchun musiqa toʻplamlarining raqamli va bosma formatdagi aranjirovkalari yigʻilib, oliy oʻquv yurtlariga topshirildi[10]. Bishop vafotigacha UWIda dars bergan. Uning soʻnggi sinfi, 2011-yilda Ispaniya Port shahri muzeyi va Tobago tarixiy muzeyida oʻzining tarixiy tadqiqot loyihalarini namoyish etgan[4].
Vafoti va hotirasi
tahrirBishop 2011-yil 20-avgustda[4] milliy madaniy taqdimotlarni muhokama qilish uchun rasmiylar bilan uchrashuvda insultdan vafot etdi[11]. Oʻlimidan soʻng Music Literacy Trust talabalari va aranjirovkachilarga oʻz bilimlarini oshirishda yordam berish uchun Pat Bishop stipendiya dasturi ishlab chiqildi[10].
2012-yil yanvar oyida Panorama tanlovida Boogsie Sharpe boshchiligidagi Phase II Pan Groove guruhi taqdimoti boʻlib oʻtdi, taqdimotda Gregori „GB“ Ballantyne tomonidan Bishopga bagʻishlangan qoʻshiq soʻzlari yozilgan. Dastlab, qoʻshiq „The Bishop of Pan“ deb nomlangan, ammo boshqa musiqachilarning tavsiyasiga koʻra, bu nom „The Archbishop of Pan“ deb oʻzgartirilgan[12].
Oʻlimidan toʻrt yil oʻtgach, Bishopning singlisi Gillian Bishop oʻzining yakuniy sanʼat koʻrgazmasini oʻtkazdi. Koʻrgazma „She Sells Sea Shells by the Sea Shore“ (U dengiz boʻyida chigʻanoqlar sotadi) deb nomlangan shaxsiy koʻrgazma boʻlib, unda dengiz tasviriga asoslangan 20 ta sanʼat asari namoyish etilgan. Koʻk, oq va oltin ranglardan foydalangan holda, Bishopning asarlari okean, quyosh, qum va plyajda topish mumkin boʻlgan narsalarga qaratilgan[2]. Bishop Trinidad va Tobago Markaziy bankining doimiy kolleksiyasiga kiruvchi badiiy asarlarga ega. Ularning kollektsiyasi Trinidaddagi eng yirik shaxsiy sanʼat kollektsiyalaridan biridir[13].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Emrit 2002.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Andrews 2015.
- ↑ Dudley 2008.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Crichlow 2011.
- ↑ Ministry of the Arts and Multiculturalism 2015.
- ↑ Maes-Jelinek 2002.
- ↑ 7,0 7,1 Trinidad Guardian 2011.
- ↑ The Alma Jordan Library 2008.
- ↑ Blake 1995.
- ↑ 10,0 10,1 Charles-Farray 2014.
- ↑ Cooper 2011.
- ↑ Walcott 2012.
- ↑ Central Bank of Trinidad and Tobago 2017.