Patrick Banggaard Jensen (talaffuzi: Patrik Bangaard; 1994-yil 4-aprelda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Patrick Banggaard
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Patrick Bangaard Jensen[1]
Tavallud sanasi 4-aprel 1994-yil (1994-04-04) (30 yosh)
Tavallud joyi Otterup, Daniya
Boʻyi 1.96 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SønderjyskE
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2007 Otterup B&IK
2007—2009 Fjordager IF/B1909
2009—2012 Vejle
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012 VB Kolding 6 (1)
2013—2017 Midtjylland 95 (3)
2017—2019 Darmstadt 98 17 (1)
2018Roda JC (ijara) 14 (0)
2018—2019Pafos (ijara) 29 (0)
2019- SønderjyskE 51 (2)
Milliy terma jamoa
2010 Daniya U16 1 (1)
2010—2011 Daniya U17 11 (0)
2011—2012 Daniya U18 9 (0)
2012—2013 Daniya U19 14 (1)
2013—2017 Daniya U21 25 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-noyabr uchun)

Banggaard oʻzi tugʻilgan Funen orolida turli yoshlar jamoalarida oʻynadi. Keyinchalik baland boʻyli va jismoniy kuchi bilan ajralib turadigan[2] Banggaard 2009-yilda Vejle Boldklub akademiyasiga oʻtdi. 2013-yilda Midtjylland bilan shartnoma imzoladi va Daniya Superligasida oʻzini yaxshi koʻrsata oldi. Bu esa Germaniya Bundesliga klubi Darmshtadt 98ga oʻtishga turtki boʻldi. 2019-yilda Daniyaga qaytib, SønderjyskE bilan shartnoma imzoladi va jamoadagi birinchi mavsumida Daniya kubogini qoʻlga kiritishdi.

Banggaard 21 yoshgacha boʻlgan Daniya milliy terma jamoasida 25 oʻyin oʻtkazgan

Faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Yoshlar darajasidagi faoliyatini Funen shahridagi Otterup B&IK klubida boshlagan[3][4]. Oʻsha paytda iqtidorli gandbolchi ham edi[4]. Keyinchalik 15 yoshida Vejle Boldklub yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi[3]. 2012-yil 5-may kuni Daniya 1-divizionida ikkinchi darajali Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi. Ligada jami toʻrtta oʻyinda qatnashdi. 2012-yilning may oyi boshida Germaniyada Bundesliganing 1.FSV Mainz 05 klubida uch kunlik sinov mashgʻulotlarini yakunladi[5]. Biroq, trasnfer amalga oshmadi.

Midtjylland tahrir

2013-yilning yanvarida Midtjylland bilan shartnoma imzoladi[6]. 2013—2014-yilgi mavsumda 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 2014-yil avgustida yangi shartnoma bilan taqdirlandi[7]

Midtjylland bilan 2014—2015-yillarda Daniya chempionligini qoʻlga kiritdi[8]. 2015—2016-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi 1/8 finaliga chiqishdi. Bangaard chet elga koʻchib oʻtishdan oldin „Midtjylland“ uchun jami 111 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Chet elda tahrir

2017-yilning 31-yanvarida Banggaard Germaniya Bundesligasining SV Darmshtadt 98 klubi bilan 600 000 yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi[9][10]. 18-mart kuni „Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Jamoa safarda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2016—2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida toʻqqizta oʻyinda oʻynadi.

Qishki transfer davri tugashiga oz vaqt qolganda, u mavsum oxirigacha ijara asosida Gollandiyaning Eredivizion klubi Roda JK Kerkradega oʻtdi[11][12]. Limburg jamoasi safida 14 oʻyinda oʻynadi[13].

2018-yil avgust oyi boshida boshqa klubga ijara asosida qoʻshildi, bu safar Kipr birinchi divizioni vakili Pafos FC ga[14]. Banggaard mavsumda 20 ta oʻyinda maydonga tushdi.

SønderjyskE tahrir

Banggaard 2019-yil 7-iyun kuni SønderjyskE bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[15]. Klubdagi debyutini 14-iyul kuni Randers jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Jamoa 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[16]. Banggaard SønderjyskE bilan 2019—2020-yilgi Daniya kubogida AaBni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Bu gʻalaba klub tarixidagi ilk sovrin boʻldi[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

12-fevral, 2021-yilgi holat boʻyicha
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
VB Kolding 2011—2012 1-Diviziya 4 0 0 0 - - 4 0
Midtjylland 2012—2013 Superligaen 5 0 0 0 - - 5 0
2013—2014 31 0 1 0 - - 32 0
2014—2015 26 0 0 0 - 2 0 28 1
2015—2016 13 1 2 0 - 2 0 17 1
2016—2017 20 1 1 0 - 8 0 29 1
Jami 95 3 4 0 0 0 12 0 111 3
Darmstadt 98 2016—2017 Bundesliga 9 0 - - - 9 0
2017—2018 2. Bundesliga 8 1 1 0 - - 9 1
Jami 17 1 1 0 0 0 0 0 18 1
Roda JC (iiara) 2017—2018 Eredivisie 16 0 - - - 16 0
Pafos (ijara) 2018—2019 Kipr birinchi diviziyasi 29 0 5 0 - - 34 0
SønderjyskE 2019—2020 Superligaen 24 1 4 0 - - 28 1
2020—2021 13 0 3 0 - 1 0 17 0
Jami 37 1 7 0 - 1 0 45 1
Jami 198 5 17 0 0 0 13 0 228 5

Terma jamoada tahrir

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2010 Daniya U16 1 1
2010—2011 Daniya U17 11 0
2011—2012 Daniya U18 9 0
2012—2013 Daniya U19 14 1
2013—2017 Daniya U21 25 2

Yutuqlari tahrir

Midtjylland

  • Daniya Superligasi: 2014—2015[8]

SønderjyskE

  • Daniya kubogi: 2019—2020[17]

Manbalar tahrir

  1. Andoza:Worldfootball.net
  2. Ravn. „Stærk forsvarsspiller til SønderjyskE“ (datcha). soenderjyske.de. SønderjyskE (9-iyun 2019-yil). 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 Rasmussen, Arne. „Otterup-knægt til Bundesligaen“ (datcha). Fyens Stiftstidende (4-fevral 2017-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  4. 4,0 4,1 Just Kristensen, Jørn. „Banggaard fravalgte håndbold“ (datcha). Herning Folkeblad (19-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  5. Helmin, Jesper. „Mainz kigger på VBK-talent“ (datcha). bold.dk (7-may 2012-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  6. Helmin, Jesper. „FCM henter VBK-talent“ (datcha). bold.dk (9-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  7. Thinesen, Niels O.. „FCM forlænger med forsvarsprofil“ (datcha). bold.dk (12-avgust 2014-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  8. 8,0 8,1 Egelund, Klaus. „Guldet er hjemme: FC Midtjylland er danske mestre“ (datcha). Ekstra Bladet (21-may 2015-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  9. „Banggaard solgt til Bundesligaen“ (datcha). fcm.dk. FC Midtjylland (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  10. „Banggaard wechselt nach Darmstadt“ (olmoncha). sv98.de. SV Darmstadt 98 (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  11. „Roda JC huurt Patrick Banggaard van SV Darmstadt'98“ (niderlandcha). rodajckerkrade.nl. Roda JC Kerkrade (31-yanvar 2018-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  12. „Banggaard leihweise nach Kerkrade“ (olmoncha). Vorsprung (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  13. „Roda JC degradeert voor tweede keer in clubhistorie, Almere City door“ (niderlandcha). Algemeen Dagblad (13-may 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  14. „Darmstädter Mall und Banggaard wechseln nach Zypern“ (olmoncha). Frankfurter Neue Presse (10-avgust 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  15. „Patrick Banggaard verlässt den SV Darmstadt 98 endgültig“ (olmoncha). Bundesliga (7-iyun 2019-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  16. „SønderjyskE - Randers FC, 14.07.2019“. superstats.dk. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
  17. 17,0 17,1 Brønd Nielsen, Jonas. „Minut for minut: SønderjyskE vinder pokalfinalen“ (datcha). JydskeVestkysten (1-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-fevral 2021-yil.