Patrick Twumasi (talaffuzi: Patrik Tvumasi) (1994-yil 9-mayda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Isroilning „Makkabi Netanya“ klubida oʻng qanot himoyachisi ampulasida oʻynyadi. U 2017-yilda Gana terma jamoasi safida ikkita o‘yinda maydonga tushgan.

Patrick Twumasi
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-may 1994-yil (1994-05-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Obuasi, Gana
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Maccabi Netanya
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Red Bull Ghana
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Spartaks Jūrmala 31 (16)
2013Astana (Ijara) 11 (6)
2014Amkar Perm (Ijara) 6 (0)
2014Astana (Ijara) 11 (10)
2015—2018 Astana 101 (32)
2018—2020 Alavés 11 (0)
2019—2020Gaziantep (Ijara) 26 (6)
2020—2022 Hannover 96 22 (3)
2022- Maccabi Netanya 20 (8)
Milliy terma jamoa
2017- Gana 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-iyun uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Spartaks Jūrmala tahrir

Obuasi shahrida tugʻilgan Patrik Twumasi Latviya Oliy Ligasining 2012-yilgi mavsumi oldidan Red Bull Ghanadan Latviya Oliy Ligasining „Spartaks Jurmala“ klubiga qoʻshilgan. Koʻp oʻtmay u oʻzini asosiy oʻn bir futbolchidan biri sifatida koʻrsatgan. U 22 liga oʻyinida 10 gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan va chempionatning yettinchi toʻpurari boʻlgan. 2013-yilgi mavsum boshida Twumasi dastlabki toʻqqizta oʻyinda oltita gol urgan va 2013-yil may oyida Latviya Oliy Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[1].

Ijara mavsumlari tahrir

2013-yilning iyul oyida Twumasi „Spartaks Jurmala“dan ijara asosida Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubiga oʻtgan[2]. U ijara vaqtida 11 oʻyinda 6 ta gol urgan va keyinroq Jurmalaning „Spartaks“ jamoasiga qaytgan.

2014-yilgi mavsum oldidan Twumasi Rossiya Premyer-ligasining „Amkar Perm“ klubiga ijaraga berilgan. U Rossiya Premyer-ligasida debyutini 2014-yilning 10-martida Nijniy Novgorodning „Volga“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[3].

2014-yilning 9-iyulida Twumasi 2014-yilgi mavsumning qolgan qismini ijara asosida „Astana“ klubida oʻtkzgan[4]. 11 oʻyinda 10 ta gol urib, klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va „Astana“ga chempion boʻlishiga yordam bergan.

Astana tahrir

Twumasi boshqa Yevropa klublarining eʼtiborini tortganiga qaramay, 2015-yilgi mavsum oldidan „Astana“ bilan doimiy shartnoma imzolagan[5],

2017-yilning 27-iyulida Twumasi „Astana“ bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan[6].

Alaves tahrir

2018-yilning 27-iyulida Twumasi La Liga vakili Deportivo Alaves bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[7].

Gaziantep tahrir

2019-yilning 16-avgustida Twumasi Turkiya Superligasining „Gaziantep“ klubi bilan bir yillik ijara shartnomasini imzolagan[8][9].

Hannover 96 tahrir

2020-yil 4-sentabr kuni Twumasi Bundesliga klubi Gannover 96 bilan uch yillik shartnoma imzolagan[10][11][12].

Maccabi Netanya tahrir

2022-yil 3-fevralda Twumasi Isroilning Premyer-liga klubi Makkabi Netanya bilan shartnoma imzolagan[13].

Xalqaro faoliyati tahrir

Twumasi 2016-yil iyun oyida Mavrikiyga qarshi Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralash o‘yinida Avram Grant tomonidan Gana terma jamoasiga chaqirilgan[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Spartaks Jūrmala 2012 Latviya oliy Ligasi 22 10 0 0 - - 22 10
2013 9 6 1 0 - - 10 6
2014 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 31 16 1 0 - - 32 16
Astana (Ijara) 2013 Qozogʻiston Premyer Ligasi 11 6 0 0 - - 11 6
Amkar Perm (Ijara) 2013—2014 Rossiya Premyer Ligasi 6 0 0 0 - - 6 0
Astana (Ijara) 2014 Qozogʻiston Premyer Ligasi 11 10 1 0 5 0 - 17 10
Astana 2015 Qozogʻiston Premyer Ligasi 28 6 5 6 6 4 1 0 40 16
2016 28 5 2 0 10 1 1 0 41 6
2017 30 13 1 0 12 9 1 0 44 22
2018 15 8 0 0 2 1 1 0 18 9
Jami 101 32 8 6 30 15 4 0 143 53
Alavés 2018—2019 La Liga 11 0 2 0 - - 13 0
2019—2020 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 11 0 2 0 - - 11 0
Gaziantep (Ijara) 2019—2020 Süper Lig 26 6 1 0 - - 27 6
Hannover 96 2020—2021 2. Bundesliga 22 3 2 0 - - 24 3
2021—2022 0 0 0 0 - - 0 0
Jami 22 3 2 0 - - 24 3
Maccabi Netanya 2021—2022 Isroil Premyer Ligasi 15 7 0 0 - 0 0 15 7
Karyerada jami 237 79 17 6 35 15 4 0 293 101

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Gana 2017-yil 2 0
Jami 2 0

Manbalar tahrir

  1. „Maija labākais spēlētājs Virslīgā - Tvumasi“ (lv). sportacentrs.com (2013-yil 5-iyun). Qaraldi: 2015-yil 15-fevral.
  2. „EXCLUSIVE: Ghanaian youngster Patrick Twumasi joins Kazakh side FK Astana on loan“. ghanasoccernet.com. Ghanasoccernet (2013-yil 21-iyul). Qaraldi: 2014-yil 7-iyul.
  3. „Match Report“. Russian Premier League (2014-yil 10-mart). 2014-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „http://fca.kz/rus/news/3821/“ (ru). fca.kz. FC Astana. Qaraldi: 2014-yil 9-iyul.
  5. „Patrick Twumasi: Ghanaian youth forward confirms Astana stay“. ghanasoccernet.com. Ghanasoccernet (2015-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 15-fevral.
  6. „Патрик Твумаси и Джуниор Кабананга продлили контракты с Астаной“ (ru). fca.kz. FC Astana (2017-yil 27-iyul). Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  7. „El Deportivo Alavés incorpora al extremo diestro Patrick Twumasi“ (es). Deportivo Alavés (2018-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  8. „TRANSFER - PATRICK TWUMASI GAZİŞEHİR'DE!“. GFK (2019-yil 16-avgust). 2019-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  9. „Patrick Twumasi sale cedido al Gazisehir Gaziantep“ (es). deportivoalaves.com/. Deportivo Alavés (2019-yil 16-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  10. „"Davon geträumt, in Deutschland zu spielen": Twumasi schließt sich Hannover 96 an“ (de). kicker.de. kicker (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  11. Deportivo Alavés (2020-yil 4-sentyabr). „Twumasi, traspasado al Hannover“ (es). Press-reliz.
  12. Hannover 96 (2020-yil 4-sentyabr). „NÄCHSTER NEUER FÜR DIE OFFENSIVE: TWUMASI UNTERSCHREIBT FÜR DREI JAHRE“ (de). Press-reliz.
  13. „Twumasi verlässt Hannover doch noch“ (de). kicker.de. kicker (2022-yil 3-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-fevral.
  14. „Breaking News: Partey, Twumasi among trio handed debut Ghana call-ups for Mauritius AFCON clash“. ghanasoccernet.com (2016-yil 26-may). Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.