Pattangachali karrak (lotincha: Cousinia pterolepida) — ikki urugʻpallalilar sinfi, murakkabguldoshlar oilasi, karrak turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati, Ugom tizmasi, Qurushyo‘l dovoni va Teparsoyda tarqalgan[1]

Pattangachali karrak
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Karrak
Oila: Murakkabguldoshlar
Binar nomi
Cousinia pterolepida

Tavsifi

tahrir

Balandligi 35-45 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. O‘q ildiz sistemasiga ega, yog‘ochlashadi. Poyasi ko‘p, shoxlangan, yuzasi qalin tuklar bilan qoplangan. Barglari qisqa bandli, charmsimon, yuzasi qalin kulrang tuklar bilan qoplanganligi sababli kulrang yashil tusda ko'rinadi. Poyaning pastki qismida joylashgan barglarning uzunligi 14-25 sm, butun, eng yuqori qismidagi barglari tikanli bo‘laklarga ajralgan. Gullari, bir jinsli, naysimon, poya uchidagi savatcha to‘pgulda yig‘ilgan. Savatchasi silindrsimon, tuksiz, silliq. Gultojibarglari pushti yoki och qizil tusda. To‘pgulining osti tikansimon o‘rama bargchalar bilan o‘ralgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Avgust oyida gullab, mevasi sentabrda pishib yetiladi. Mevasi bir urug‘li quruq pista meva. Urugʻi teskari tuxumsimon shaklda, yuzasi silliq. Urug‘i va ildizpoyasi orqali ko‘payadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda kam uchraydi. Toshkent viloyati Ugom tizmasi, Qurushyoʻl dovoni va Teparsoy hududida tarqalgan. Togʻlarning yuqori qismida quyosh nuri tik tushmaydigan pana joylarda, mayda jinsli tuproqlarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ugom-Chatqol davlat milliy tabiat bog'i hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Cousinia pterolepida Kult.“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.