Paul Sabatier (kimyogar)
Paul Sabatier (1854.5.11, Karkasson — 1941.14.8) — fransuz kimyogari. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1913-yildan). Tuluzadagi Oliy pedagogika institutini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878—80), Bordo (1881), Tuluza (1882—90) universitetlari xodimi (1884-yildan professor). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar oʻrniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt va temirdan foydalangan. Nobel mukofoti laureati (1912).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |