Pavlovskiy koliyasi (lat. Kohlia pavlowskii ) — Yerkovlov(Crabronidae)  arilar oilasiga mansub qum arining noyob choʻl turi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Pavlovskiy koliyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Crabronidae
Urugʻ: Kohlia
Turlari: Pavlovskiy koliyasi
Xalqaro ilmiy nomi
Kohlia pavlowskii (Gussakovskij, 1952)

Tarqalishi

tahrir

Markaziy Osiyo: Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston. Qumli va tuproqli joylarda yashaydi. Oʻzbekistonda Qizilqumning janubiy qismlarida, Tolimarjon qishlogʻi yaqinida, Qarshi dashtidagi Olovuddin tepaliklarida qayd etilgan.

Tavsif

tahrir

Oʻrtacha kattalikdagi (taxminan 1 sm) bunday arilarning qorni asosan sargʻish (birinchi tergiti odatda qora) boʻladi. Klipeusi oldinga chiqqan. Old qanotlarida uchta yopiq kubital hujayradan iborat. Urgʻochilari sikadalarni (Cicadinea) ovlaydilar, ular falaj boʻlgandan soʻng, ular tuxum qoʻyadigan iniga sudrab ketadilar. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qoʻyishi iyun-avgust oylariga toʻgʻri keladi. 

Bu tur ilk marta 1952-yilda sovet gimenopterologi Vsevolod Vladimirovich Gussakovskiy (1904-1948; Moskva davlat universiteti zoologiya muzeyi, Moskva) tomonidan Stizobembex pavlovskii nomi bilan qayd etilgan. Arilarning soni hamma joyda kam. Yakka nusxasi uchraydi. Turlarning yashash joylarida xoʻjalik maqsadlarida choʻl zonasidagi qoʻriqlarning oʻzlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari koʻp foydalanish sababli bu tur kamayib bormoqda.

Muhofaza choralari

tahrir

Yashash joylari va sonini mukammal oʻrganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.

Adabiyotlar

tahrir
  • Красная книга Республики Узбекистан. — Т. II — Животные. Ташкент: Chinor ENK, 2009. 
  • Немков П. Г. 1990. Роющие осы трибы Gorytini (Hymenoptera, Sphecidae) фауны СССР. Роды Gorytes Latreille, Pseudoplisus Ashmead, Kohlia Handlirsch. — Энтомологическое обозрение. 69 (3): 675-690.

Havolalar

tahrir