Penelopa Mitchell (1991-yil 24-iyulda tavallud topgan[1]) — avstraliyalik aktrisa. Ilk bor Amerika Qoʻshma Shtatining Hemlock Grove qoʻrqinchli teleserialidagi Letha Godfrey va The Vampire Diaries filmidagi Liv Parker rollari orqali ommaga tanilgan.

Penelope Mitchell

Mitchell 2013-yilda
Tavalludi 24-iyul 1991-yil (1991-07-24) (32 yosh)
Melburn, Viktoriya, Avstraliya
Fuqaroligi Avstraliya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2009-yildan hozirgacha

Hayotining boshlangʻich davri

tahrir

Aktrisa Viktoriya shtatining Melburn shahrida fransuz oilasida tavallud topgan. Uning onasi rassom, otasi esa avstraliyalik tadbirkor edi. Mitchell bolaligining koʻp qismini Avstraliyada ikki akasi bilan oʻtkazgan[2]. U bolaligidan, 4 yoshidan boshlab 16 yoshigacha raqsning balet turi bilan shugʻullangan.

Mitchell bitiruv yilining eng yaxshi 1 foiz talabalari qatorida xalqaro bakalavr diplomi bilan oʻqishni tamomladi. U yurist boʻlish niyatida Melburn universitetida tahsil olgan. Mitchell aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun Los-Anjelesga koʻchib oʻtishdan oldin Sanʼat: Media aloqasi boʻyicha bakalavr darajasini oʻqib, tamomlagan.

Penelope taniqli qishloq xoʻjaligi va siyosiy faollari Lester Mitchell, MBE va Heather Mitchell, OBElarning nabirasi edi. Heather Mitchell Milliy fermerlar federatsiyasining birinchi ayol prezidenti hisoblangan. U Viktoriya shtatining sobiq bosh vaziri Joan Kirner bilan birga Landcare Australia kompaniyasining hamkori sifatida ish faoliyatini olib borgan[3].

U taniqli aktrisa Radha Mitchellning amakivachchasi ham edi[4][5].

Karyerasi

tahrir

Penelope Hemlock Grove -da oʻz rolini ijro etishdan bir necha yil avvalroq oʻzining aktyorlik faoliyatini boshlagan, shu jumladan Toon Time, Avstraliya bolalar shousi, ABC (Avstraliya) koʻrsatuvi Next Stop Hollywood, Holliwoodga koʻchib kelgan oltita avstraliyalik aktyor (jumladan, Penelopa) ortidan shoularda ilk bor namoyon boʻla boshlagan.

Qoʻshma Shtatlarda Mitchell oʻzining The Vampire Diaries[6] va Hemlok Grove teleserialidagi rollari bilan mashhur boʻlgan[7]. Shuningdek, Hellboy va Fermuar nomli filmlarda ham rol ijro etgan[8]. U yaqinda Star Trek: Picard teleserialida Renée Picard sifatida ekranlarda namoyon boʻldi.

Filmografiyasi

tahrir
Filmdagi rollari
Yili Sarlavhasi Rollari Izohlar
2011 The Fat Lady Swings Sherry Qisqa hajmli film
Nightshift of the Vampire Sofia Qisqa hajmli film
The Grace of Others Grace Qisqa hajmli film
Meth to Madness Zoe Qisqa hajmli film
2012 The Wishful Lula Doe / Princess Lula Qisqa hajmli film
6 Plots Jules Freeman Six Graves
Green Eyed Sarah Qisqa hajmli film
2013 The Joe Manifesto Sue
2014 The Fear of Darkness Skye Williams
2015 Zipper Laci/Jennifer
The Curse of Downers Grove Tracy
The Waiting Game Erica Qisqa hajmli film
Curve Ella Rutledge
2017 Gnaw (Apartment 212) Jennifer
2018 The Midwifeʼs Deception Jina
Between Worlds Billi
2018 Look Away Lily
2019 Hellboy Ganeida the Witch
2020 Becoming Lisa Corrigan
2022 The Hyperions Vista Mandulbaum
R. I. P. D. 2: Rise of the Damned Jeanne
2023 Muzzle Mia
2024 Sting Heather
What You Wish For Alice
Oh, Canada Sloan/Amy
Televizion rollari
Yili Sarlavhasi Rollari Izohlar
2009-yil Rush Sarah 1-qism
2011-yil Offspring Chrissy Epizod: „Cheating on Your Test“
2013-yil Hemlock Grove Letha Godfrey Asosiy tarkib (1-fasl)
2014-15 The Vampire Diaries Olivia „Liv“ Parker Takroriy rol (5-6-fasl)
2018 The Time Capsule Lauren Televizion film
2022 Star Trek: Picard Renée Picard Takroriy rol (2-fasl)
Musiqaviy video rollari
Yili Sarlavhasi Rassom Izohlar
2015 yil Lonely Town Brandon Flowers

Manbalar

tahrir
  1. Penelope Mitchell [@pfhmitchell]. „Thanks for all the Bday yesterday friends! As much as I love stealing @paulwesley 's thunder, it's really today. ox“ (2015-yil 24-iyul). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  2. "Slideshow - Penelope Mitchell Shares 10 of Her Favorite Things". Interview Magazine. http://www.interviewmagazine.com/templates/slideshow_consumption_view.php?id=66.1&KeepThis=true#consumption_66.2. 
  3. Campbell. „Joan Kirner united farmers and conservationists to care for the land“. The Conversation (2015-yil 3-iyun).
  4. "Penelope Mitchell: 'Hemlock Groveʼ Exclusive Interview!", Just Jared, 27 March 2013.
  5. Miller. „Hemlock Grove's Freya Tingley and Penelope Mitchell on Their "Intense" New Netflix Series“. PopSugar (2013-yil 1-may). 2013-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Ng, Philiana. „'Vampire Diaries' Boss Tackles 10 Season 6 Mysteries“. The Hollywood Reporter (2014-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  7. Andreeva, Nellie. „Series 'Hemlock Grove', Pilots 'Malibu Country' & Louis CK/Feresten Add To Casts“. Deadline Hollywood (2012-yil 4-aprel). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  8. She also appeared in the UPtv movie „The Time Capsule.“„'Hemlock Grove's Penelope Mitchell Cast In Two Films; Joanna Cassidy Joins 'Visions'; Leslie Hope Added To 'Crimson Peak'“. Deadline Hollywood (2014-yil 13-fevral). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.

Havolalar

tahrir