Sinchalaklar, penochkalar (Phylloscopus) — chumchuqsimonlar turkumi, moyqutlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Mayda qushlar, 10—14,5 sm, vazni 6—12 g. Patlari kulrang yoki koʻkimtir tovlanadi. Yevrosiyoda tarkalgan 30 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 12 turi baxrrda va kuzda qushlar uchish davrida uchraydi. Yerga, daraxt va butalarga uya quradi, 4—8 ta tuxum qoʻyadi; 13—15 kun tuxum bosadi. Bolalarini 15—18 kun boqadi. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, mevalar bilan oziqlanadi.