Aleksandr Petrovich Perov (1935.7.1, Chimkent shahri, Qozogʻiston) – rang-tasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (2002). Perov Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1955) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1965)ni tugatgan. 1974-yildan xrz. Respublika tasviriy sanʼat litsey-internatida pedagog. Perov asarlarining ranglar uygʻunligida taʼsirchanlik, obrazlilik, kompozitsiya yechimida yuksak mahorat koʻzga tashlanadi; ijodidan qishloq mehnatkashlari, zamondosh ziyolilar, oʻlkaning tarixiy manzaralari keng oʻrin olgan: „Zamondosh“, „Yoshlar“, „Mehmonda“, „Qish“, „Ona“, „Matluba“, „Obi hayot“, „20-yillar“, „Qoʻriq yer“, „Samarqand. Amir Temur maqbarasi“, „Xiva“ turkum asarlari, „Dala gullari“ va boshqa 1965-yildan respublika va xorijdagi badiiy koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil