Peter Sarnak (talaffuzi: Piter Sarnak) (1953-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — janubiy afrikalik-amerikalik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Peter Sarnak
Tavalludi 18-dekabr 1953-yil (1953-12-18) (71 yosh)
Johannesburg, Janubiy Afrika
Fuqaroligi Janubiy Afrika
AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Courant matematika fanlari instituti
New York universiteti
Stanford universiteti
Princeton universiteti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Taʼlimi Witwatersrand universiteti (BSc)
Stanford universiteti (PhD)
Akademik rahbarlari Paul Cohen
Mashhur shogirdlari William Duke
Alex Eskin
Alexandru Zaharescu
Harald Helfgott
Jacob Tsimerman
Jonathan Pila
Kannan Soundararajan
Akshay Venkatesh
Steven Miller
Mashhur ishlari Hafner–Sarnak–McCurley konstantasi
Taʼsir olgan Carl Siegel
Juergen Moser
Mukofotlari George Pólya mukofoti (1998)
Ostrovskiy mukofoti (2001)
Levi L. Conant mukofoti (2003)
Cole mukofoti (2005)
Wolf mukofoti (2014)
Sylvester medali (2019)

Sarnak 1976-yil Witwatersrand universitetidan BSc darajasini olgan. 1980-yil Stanford universitetidan Paul Cohen rahbarligida PhD darajasini olgan. Olim ish faoliyati davomida Courant matematika fanlari instituti, New York, Stanford, Princeton universitetlarida hamda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishladi.

Sarnak matematik analiz hamda sonlar nazariyasi sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Oʻz zamonasining sonlar nazariyasi boʻyicha eng yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanadi. Rankin–Selberg metodi boʻyicha ishlari Hilberning 11-masalasi yechilishiga olib keldi.