Peter Scholze

germaniyalik matematik

Peter Scholze (talaffuzi:  Peter Sholtse) (1987-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — germaniyalik matematik. Scholze sonlar nazariyasi va algebraik geometriyaga qoʻshgan hissalari bilan tanilgan. 2018-yili Fields medali bilan taqdirlangan.

Peter Scholze
Tavalludi 11-dekabr 1987-yil (1987-12-11) (37 yosh)
Drezden, Germaniya
Fuqaroligi Germaniya
Sohasi Matematika
Institutlar Bonn universiteti
Max Planck matematika instituti
Leopoldina fanlar akademiyasi
California universiteti, Berkeley
Clay matematika instituti
Akademik rahbarlari Michael Rapoport
Mashhur ishlari perfektoid fazolar
Mukofotlari Prix va Peccot kurslari (2012)
SASTRA Ramanujan mukofoti (2013)
Clay Research mukofoti (2014)
Cole mukofoti (2015)
Fermat mukofoti (2015)
Ostrovskiy mukofoti (2015)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2016)
Leibniz mukofoti (2016)
Berlin-Brandenburg akademiyasi mukofoti (2016)
Fields medali (2018)

Scholze Drezdenda tugʻilgan, Berlinda ulgʻaygan. U Germaniya terma jamoasi tarkibida Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib, uchta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Scholze Bonn universitetida matematika boʻyicha tahsil olgan va Michael Rapoport rahbarligida doktorlik ilmiy ishini yoqlagan.

Scholze 2011-yil iyun oyidan Clay matematika instituti ilmiy xodimi va 2012-yildan beri Bonn universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2018-yil Max Planck matematika instituti direktori etib tayinlangan. Scholze aksar manbalarda dunyodagi eng yetuk matematiklar qatorida tilga olingan.

Havolalar

tahrir