Peter Ware Higgs (talaffuzi: Piter Uer Higgs; 1929 — yil 29-may, Nyukasl-apon Tayn, Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik nazariy fizik va Edinburg universiteti professori. Higgs bozonini bashorat qilgani uchun fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori (2013).

Piter Uer Higgs
Tavalludi 29-may 1929-yil
Nyukasl-apon Tayn, Buyuk Britaniyada
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Sohasi Fizika
Ish joylari London universitet kollejida Edinburg universiteti
Moshan universiteti
La Trobe universiteti
Kertin universiteti
Taʼlimi London King's College
Mukofotlari Fizikadan Nobel mukofoti (2013)
Volf mukofoti (2004)

Yutuqlari tahrir

London Qirollik kollejida tahsil olgan. Edinburg hududida tog ' sayri paytida Higgs mexanizmini ixtiro qilgan; undan keyin laboratoriyaga qaytib, Higgs unda „ulkan gʻoya“ paydo boʻlganligi aytgan.

U oʻtgan asrning 60-yillarida elementar zarralar massalarini kelib chiqishini, xususan, vektorli W va Z-bozonlar massalarini kelib chiqishini tushuntiruvchi elektrozaif simmetriyaning oʻz-oʻzidan buzilishi mexanizmini taklif qilganligi tufayli mashhur boʻlgan. Nomi uning familiyasiga ega mexanizm yangi zarracha, Higgs bozonining mavjudligini bashorat qiladi. Zarrachaning kashfiyoti 2012-yilning 4-iyulida CERN matbuot anjumanida eʼlon qilindi (Higgsning oʻzi shu munosabat bilan oʻz nazariyasi hayoti davomida eksperimental tasdiqlanishini kutmaganligini aytdi)[1]. Higgs bozonining kashf etilishi 2012-yilda ilmiy yutuq sifatida tan olingan. Higgs mexanizmi endi standart modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Tan olinishi tahrir

Nazariy fizika sohasidagi yutuqlari uchun P. Higgs koʻplab mukofot va medallarga sazovor boʻlgan. Xususan, u Fizika instituti (London) tomonidan berilgan Dirak medali, shuningdek, 1997-yilda Yevropa fizika jamiyati tomonidan berilgan zarrachalar fizikasi va yuqori energiya fizikasi boʻyicha mukofot sohibidir. 2013-yilda Piter Higgs va belgiyalik fizik Fransua Engler Higgs bozonining mavjudligini nazariy asoslaganliklari uchun fizika boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. „Bu yilgi mukofot bizning dunyomizdagi hamma narsani tushuntirib beradigan juda kichik narsaga bagʻishlangan“, dedi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasining doimiy kotibi Staffan Normark[en][2].

Edinburg Qirollik jamiyati aʼzosi (1974)[3], London Qirollik jamiyati aʼzosi (1983)[4].

Mukofotlar roʻyxati

1981 yil — Xyuz medali, "For their international contributions about the spontaneous breaking of fundamental symmetries in elementary-particle theory.
1984 yil — Rezerford medali va Britaniya fizika instituti mukofoti
1997 yil — Dirak medali
1997 yil — Zarrachalar fizikasi va yuqori energiya fizikasi boʻyicha mukofot, “For formulating for the first time a self-consistent theory of charged massive vector bosons which became the foundation of the electroweak theory of elementary particles."
2004 yil — Fizika boʻyicha Volf mukofoti, „For pioneering work that has led to the insight of mass generation whenever a local gauge symmetry is realized asymmetrically in the world of sub-atomic particles.“
2009 yil — Oskar Klein medali
2010 yil — Sakurai mukofoti, „For elucidation of the properties of spontaneous symmetry breaking in four-dimensional relativistic gauge theory and of the mechanism for the consistent generation of vector boson masses.“
2013 yil — Asturiya shahzodasi mukofoti
2013 yil — Fizika boʻyicha Nobel mukofoti, „For the theoretical discovery of a mechanism that contributes to our understanding of the origin of mass of subatomic particles, and which recently was confirmed through the discovery of the predicted fundamental particle, by the ATLAS and CMS experiments at CERNʼs Large Hadron Collider.“
2013 yil — Edinburgh Medal[en]
2015 yil — Kopli medali, "For his fundamental and revolutionary contributions to the development of electron microscopy of biological materials, enabling their atomic structures to be deduced"

Manbalar tahrir

  1. Дмитриенко Д. „Коллайдер за $8 млрд позволил обнаружить новую частицу“. vedomosti.ru. 2012-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2012-yil.
  2. Нобелевскую премию по физике-2013 дали за бозон Хиггса // Русская служба Би-би-си, 8 октября 2013
  3. Professor Peter Ware Higgs CH, FRS, FRSE(ingl.)
  4. Peter Higgs(ingl.)

Havolalar tahrir

P. Higgs Surati
Peter Higgs: the man behind the boson — Piter Higgs haqidagi PhysicsWeb saytidagi maqola.
Higgs v Hawking: a battle of the heavyweights that has shaken the world of theoretical physics —  P. Higgs va Stiven Xoking oʻrtasidagi Higgs bozonining mavjudligi haqidagi munozara maqola.
Nobel veb-saytida maʼlumot(ingl.)