Ashot Petrosyans
(Petrosyans Ashot Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Ashot Ivanovich Petrosyans (1910.10.5, Mari — 1976.2.3, Moskva, Toshkentda dafn etilgan) — dirijyor, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1954). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1936—49), Toshkent konservatoriyasida xalq cholgʻu asboblari kafedrasining tashkilotchisi va mudiri (1948-yildan), professor (1970). 1935-yildan oʻzbek (shuningdek, qirgʻiz, qoraqalpoq va boshqalar) anʼanaviy cholgʻulari rekonstruksiyasi ustida ish olib borgan. Petrosyans Oʻzbek davlat filarmoniyasining re-konstruksiyalangan oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining asoschilaridan va badiiy rahbari, bosh dirijyor (1938—41, 1943—58). Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar muallifi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |