Józef Piłsudski
Józef Klemens Piłsudski (polakcha: ˈjuzɛf piwˈsutski ( tinglang), 5-dekabr 1867 – 12-may 1935) Polsha davlat arbobi, prezidenti (1918–22), marshali (1920-yildan) boʻlgan. Birinchi jahon urushi oʻrtalaridan u Polsha siyosatiga katta taʼsir koʻrsatib, Yevropa siyosiy sahnasining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.[1] U 1918-yili Ikkinchi Polsha Respublikasi yaratilishiga masʼul boʻlgan.[2][3][4] Żeligowski isyonidan keyin Polsha Piłsudski boshchiligida Vilnusni bosib oldi, biroq Litvaning katta qismini yangi Polsha davlatiga qoʻsha olmadi.[5]
| |
Mansabda boʻlgan yillari 14-noyabr 1918 – 11-dekabr 1922 | |
Yordamchi(lar) | Ignacy Daszyński, Jędrzej Moraczewski, Ignacy Jan Paderewski, Leopold Skulski, Władysław Grabski, Wincenty Witos, Antoni Ponikowski, Artur Śliwiński, Julian Nowak |
---|---|
Keyingi prezident | Gabriel Narutowicz |
Tavalludi |
5-dekabr 1867-yil Zułów (litovcha: Zalavas), Litva, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti | 12-may 1935-yil (67 yoshda) Varshava, Polsha |
Siyosiy partiya | PPS yoʻq |
Turmush oʻrtogʻi | Maria Piłsudska; Aleksandra Piłsudska |
Imzo |
Faoliyati boshida Piłsudski Polsha sotsialist partiyasi rahnamosi boʻlgan. Biroq Polsha mustaqilligi uchun nafaqat siyosiy, balki harbiy kurash ham olib borish kerakligini tushungani tufayli Polsha legionlarini tuzgan. 1914-yili u Yevropa urushi boshlanishini, Rossiya Imperiyasining Markaziy davlatlar tomonidan, Markaziy davlatlarning esa gʻarb kuchlari tomonidan yengilishini kutgan edi.[6][7] Birinchi jahon urushi boshlanganida u va uning legionlari Avstriya-Mojariston va Olmon Imperiyasi tomonida Rossiyaga qarshi jang qildi. 1917-yili Markaziy davlatlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi.
1918-yil noyabrida Polsha mustaqil boʻlganidan to 1922-yilgacha Piłsudski Davlat Raisi (polyakcha: Naczelnik Państwa) boʻlgan. 1919–21-yillarda u Polsha qoʻshinlarini Polsha-Sovet urushida boshqardi. 1923-yili Polsha hukumatida Milliy demokratlar boshliq muxolifatlar yigʻilishi bilan u faol siyosatdan chiqdi. Uch yil oʻtib, 1926-yil mayidagi toʻntarilish ketidan yana mansabga oʻtirdi va de facto Polsha yetakchisiga aylandi. Varshavadagi Italiya elchisi unga „qadimgi ritsarlar kiyimidagi liberal demokrat“ deb baho bergan.[8] Shundan soʻng Piłsudski vafotigacha (1935) asosan harbiy va tashqi siyosiy ishlar bilan shugʻullangan.
Oʻlimiga qadar oʻttiz yil davomida Piłsudski bir-birini toʻldiruvchi ikki strategiya: "Prometeizm", Rossiya Imperiyasi va Sovet Ittifoqini parchalashga harakat; hamda Polsha va qoʻshni mamlakatlardan iborat Dengizlararo federatsiya qurishga intilish bilan ish olib borgan. Ayrim siyosiy amallari ziddiyatlarga sabab boʻlgan esa-da, Piłsudski xotirasi Polsha vatanparvarlari tomonidan qadrlanib keladi.[9][10][11][12]
Manbalar
tahrir- ↑ Plach, Eva. The Clash of Moral Nations: Cultural Politics in Pilsudski's Poland, 1926–1935. Athens, Ohio: Ohio University Press, 2006. ISBN 978-0-8214-1695-2.
- ↑ p. 159.
- ↑ p. 249.
- ↑ Norman J.G. Pounds, "Poland," Encyclopedia Americana, vol. 22, Danbury, Connecticut, 1986, p. 318.
- ↑ Jozef Piłsudski and the Polish Independence – The Myth of the Commander
- ↑ Roos, Hans. A History of Modern Poland, from the Foundation of the State in the First World War to the Present Day, 1st American, New York: Knopf, 1966. OCLC 396836.
- ↑ Rothschild, Joseph. East Central Europe Between the Two World Wars. Seattle: University of Washington Press, 1990. ISBN 978-0-295-95357-1.
- ↑ National identity and foreign policy: nationalism and leadership in Poland, Russia and Ukraine Ilya Prizel, Cambridge University Press, 1998, p. 60
- ↑ Torbus, Tomasz. Nelles Guide Poland. Munich: Hunter Publishing, 1999. ISBN 978-3-88618-088-2.
- ↑ Goldfarb, Jeffrey C.. Beyond Glasnost: The Post-Totalitarian Mind. Chicago: University of Chicago Press, 1991. ISBN 978-0-226-30098-6.
- ↑ Drozdowski, Marian Marek; Szwankowska, Hanna „Przedmowa“, . Pożegnanie Marszałka: Antologia tekstów historycznych i literackich (Polish). Warsaw: Towarzystwo Miłośników Historii—Komisja Badań Dziejów Warszawy Instytutu Historii PAN: Oficyna Wydawnicza "Typografika", 1995. ISBN 978-83-86417-18-6.
- ↑ Roshwald, Aviel; Stites, Richard. European Culture in the Great War: The Arts, Entertainment and Propaganda, 1914–1918. Cambridge, U.K.; New York: Cambridge University Press, 2002. ISBN 978-0-521-01324-6.
Havolalar
tahrir- Józef Piłsudski'ga bagʻishlangan sayt (Wayback Machine saytida 2015-08-17 sanasida arxivlangan)
Wikimedia Commonsda Józef Piłsudski mavzusiga oid fayllar bor. |