Pinotsitoz (yun. pino — ichaman, shi-mib olaman va ...sit) — suyuklikning hujayra membranasi tomonidan qamrab olinishi va hujayraga soʻrilishi (qarang Fagotsitoz). P.da suyuklikni plazmatik membrana qamrab olib, mayda tomchilar holida hujayra ichiga oʻtkazadi. P. orqali suvda eriydigan makromolekulalar (oqsillar, lipidlar, glikoproteidlar) hujayra ichiga oʻtadi (bevosita P., yaʼni endotsitoz) va hujayradan chiqariladi (teskari P., yaʼni ekzotsitoz). Birinchi holda P. pufakcha hujayraning bir (ichki) yuzasidan ikkinchi (tashqi) yuza-siga oʻtib, uning ichidagi moddasi atrof muhit (sitoplazma)ga chiqariladi. Ikkinchi holda P. pufakcha ichidagi modda — sitoplazmada mezosomalar bilan qoʻshilib, fermentlar taʼsiriga uchraydi. P. amyobalarda, ichak va buyrak epiteliysi hujayralari, qon tomirlari endoteliysi, oʻsayotgan ootsitlarda ayniqsa faol kechadi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil