Peshkash
(Pishkashdan yoʻnaltirildi)
Peshkash, pishkash (fors. — tuhfa, inʼom) — oʻrta asrlarda mahalliy hokimlar, badavlat shaxslar tomonidan xonlar, sultonlar va oliy darajali davlat mansabdorlariga tortiq qilinadigan sovgʻa. P. qimmatbaho zebu ziynat, asbob-anjom, mato, kiyim-kechak, baʼzan argʻumoq otlar, kitob va qullardan iborat boʻlgan. Roʻzbehxon Isfahoniyning "Mehmonnomayi Buxoro" asarida koʻrsatilishicha, xon huzu-riga toʻplangan P. 3 qismga boʻlinar, soʻng uning bir qismi mashhur sultonlardan biriga berilib, 2-qismi xonning yaqinlari oʻrtasida taqsimlanar edi. Qolgan qismi boʻlsa xonning oʻziga tegishli boʻlgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |