Pixie Davies

britaniyalik aktrisa

Pixie Love Davies[2] (9-dekabr, 2006-yil, Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. Angliyada tugʻilib oʻsgan aktrisa oʻz faoliyatini 2012-yilda BBCning The Secret of Crickley Hall teleserialida bosh rolni ijro etgan. Nativity 2: Danger in the Manger (2012) filmida debyutini amalga oshirgan soʻng, u boshqa filmlarda, jumladan, Out of the Dark (2014) hamda Miss Peregrine's Home for Peculiar Children (2016) filmlarida suratga tushgan. 2018-yilda u Disneyning Mary Poppins Returns filmida Annabel Banks rolini oʻynadi. Davies, shuningdek, Netflixning The Magician's Elephant filmida Adel obraziga dublyaj uchun ovoz beradi.

Pixie Davies
Tavalludi 9-dekabr 2006-yil (2006-12-09) (17 yosh)[1]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2012-hozirgacha

Hayoti va faoliyati tahrir

Pixie Love Davies Angliyada tugʻilib oʻsgan. U oʻzining birinchi rolini 2012-yilda BBCning The Secret of Crickley Hall teleserialida kenja qizi Cally Caleigh rolida oʻynagan[3][4]. Oʻsha yili aktrisa Nativity 2: Danger in the Manger komediya filmida debyut qildi. Keyinchalik, u yetti yoshida Out of the Dark filmida Hannah Harriman rolini oʻynashdan oldin maxsus mehmon rollarini ijro etgan. Film odatda salbiy qabul qilingan boʻlsa-da, Daviesning ijrosi maqtovga sazovor boʻldi. RogerEbert.com aktrisa haqida shunday deydi: „Davies juda yoqimtoy qiz, uning tabassumdan boshqa koʻp imkoniyatlari yoʻqligi tushunarli.[5].

2016-yilda u Tim Burtonning Miss Peregrine's Home for Peculiar Children filmiga moslashtirilgan filmida gʻayritabiiy kuchga ega boʻlgan qiz Bronwyn Bruntley rolini oʻynaydi[6]. Film 2016-yil 30-sentabrda chiqarilgan va asosan, tanqidchilardan ijobiy baholarni olgan. Common Sense Media uchun maqola yozgan S. Jhoanna Robledo aktyorlarni „juda kuchli“ deb ataydi[7]. 2018-yilda Davies Mary Poppinsning davomi, Mary Poppins Returns filmida Annabel Banks rolini oʻynaydi. Film kassada 349,5 million dollar ishlab topdi va tanqidchilar tomonidan olqishlandi. Bolalar chiqishlari tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi.

The Times of India gazetasi muxbiri Rachit Gupta ularni „mukammal yoqimli“ deb ataydi[8] va The Hollywood Reporter David Rooney ular namunali ekanligini yozdi[9]. Oʻz ishlari uchun u va Mary Poppins Returns filmining aktyorlari 2019-yilda Palm Springs xalqaro kinofestivalida Ansambl aktyorlari mukofotiga sazovor boʻlishdi[10]. 2020-yilda Davies Netflix kompaniyasining The Magician's Elephant animatsion filmi aktyorlari tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilindi. U bosh qahramon Peterning uzoq vaqtdan beri yoʻqolgan singlisi Adelning ovozini ijro etadi[11].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2012 The Secret of Crickley Hall Cally Caleigh TV miniserial[12][13]
Nativity 2: Danger in the Manger Pixie [1]
2013 The White Queen Princess Elizabeth TV miniserial[12][13]
2014 Utopia Amanda Epizod: 2.2[13][14]
Out of the Dark Hannah Harriman [12][15]
Nativity 3: Dude, Whereʼs My Donkey? Pixie [16]
2015 Esio Trot Roberta TV Film[17][13]
2015-2018 Humans Sophie Hawkins TV Serial, 3ta qism[12][18]
2016 Miss Peregrineʼs Home for Peculiar Children Bronwyn Bruntley [17][12][19]
2018 Mary Poppins Returns Annabel Banks Palm Springs International Film Festival[17][13][20]
2019 101 Dalmatian Street Big Fee Takroriy[21]
Anons The Magicianʼs Elephant Adel (ovoz) [11]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Pixie Davies“ (en). Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.
  2. Davies. „Pixie Love Davies (@pixie.davies)“. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  3. „The Secret of Crickley Hall: Meet the Characters“. BBC. Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  4. Stuart. „The Secret Of Crickley Hall 1.02 REVIEW“ (en). GamesRadar+ (26-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  5. Abrams. „Out of the Dark movie review & film summary (2015)“ (en). RogerEbert.com (27-fevral 2015-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  6. Grant. „Miss Peregrine's Home For Peculiar Children: Meet The Extraordinary Cast, Complete With Invisible Boy“ (en). MTV News (4-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  7. Robledo. „Miss Peregrine's Home for Peculiar Children“ (en) (10-mart 2016-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  8. Gupta. „Mary Poppins Returns“. The Times of India (4-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  9. Rooney. „ʻMary Poppins Returns’: Film Review“. The Hollywood Reporter (12-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  10. McNary, Dave (28–dekabr 2018–yil). 'Mary Poppins Returns' Cast Tapped for Palm Springs Film Festival Honor“. Variety. Qaraldi: 14–yanvar 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  11. 11,0 11,1 McNary. „Noah Jupe, Pixie Davies, Sian Clifford Board Animated Film 'Magician's Elephant' for Netflix“. Variety (15-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 Donald, Claudia (9–oktabr 2017–yil). „Humans • Geschaffen, um zu dienen?“. Hörzu (German). 2022-09-27da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14–yanvar 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „Meet the cast of Humans series 3“. Radio Times. 13–iyul 2018–yil. Qaraldi: 14–yanvar 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  14. Batchelor, Kim. „The robot theory of 'Humans'“. The Michigan Daily (1-iyul 2015-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  15. Moore, Roger. „'Out of the Dark' has few chances to shine“. Detroit Free Press. Tribune News Service (27-fevral 2015-yil), s. C2.
  16. „Nativity 3 Dude, Where's My Donkey?! (2014)“ (en). British Film Institute. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  17. 17,0 17,1 17,2 „11 up-and-coming kid actors you'll soon be seeing everywhere“. This Insider (5-mart 2018-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  18. „Best Bets“. Democrat and Chronicle (3-iyun 2018-yil), s. M14. Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  19. Saunders, Tristram Fane. „Humans: who are the characters, and what's happened in the story so far?“. The Telegraph (28-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  20. Newell, Shane; Pena, Xochitl; DiPierro, Amy. „Chants and pantsuits: Celebrities come in waves — and style — at PSIFF red carpet“. Desert Sun (3-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  21. „Pixie Davies Credits“ (en). TV Guide. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.

Havolalar tahrir