PlayerUnknown’s Battlegrounds Mobile
PUBG Mobile - Oʻyin ekshin yaʼni qurol bilan otish janrida yaratilgan. Tuzuvchi — Tencent Gamesga tegishli LightSpeed & Quantum Studio. O'yin PUBG korporatsiyasi (hozirgi PUBG Studios) tomonidan ishlab chiqilgan original PUBG: Battlegrounds-ning mobil versiyasidir. iOS va Android uchun 2018-yil 19-martda chiqarilgan.
![]() |
Oʻyin jarayoniTahrirlash
PUBG Mobile oʻyinida 100 tagacha boʻlgan oʻyinchilar bir-birlari bilan jang qilishlari uchun orolga parashutda tushadilar. Oʻyin soʻnggida faqat bir oʻyinchi yoki jamoa omon qoladi. Oʻyinni boshlashdan oldin jamoada necha kishi oʻynashi va jang qilinadigan xarita tanlab oliladi. Shuningdek, reyting uchun yoki reytingsiz oʻyinni tanlash imkoni ham mavjud.
Tuzib chiqilishiTahrirlash
Tencent Games maʼlumotlariga koʻra, PUBG Mobile toʻrt oy ichida yaratilgan.
YuklashlarTahrirlash
PUBG Mobile 2018-yilda 300 million yuklanishlar bilan dunyoning eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyinlar ichida ikkinchi oʻrinnni oldi. Oʻyinni yuklab olishlarning 29 % Xitoyliklar hisobiga toʻgʻri kelsa, Keyingi oʻrinlarni Hindiston va AQSh egallaydi, ikkalasi ham yuklab olishlarning taxminan 10 % (30 million) ni tashkil qiladi. 2021-yilning mart oyida PUBG Mobile chiqqanidan beri Xitoydan tashqarida 1 milliard yuklab olingani haqida xabar berilgan edi.
DaromadTahrirlash
2018-yilda PUBG Mobile Yaponiyada 3,58 milliard yena (32,42 million dollar) yigʻdi. 2020-yil avgust oyida oʻyin allaqachon 3,5 milliard dollardan koʻproq daromad toʻplagan. U 2020-yilda 2,6 milliard dollar ishlab topdi va bu yilning eng yuqori daromad keltiruvchi oʻyiniga aylandi va dekabr oyiga kelib jami daromad 4,3 milliard dollarga yetdi. 2021-yil martiga kelib, PUBG Mobile 5,1 milliard dollar yigʻdi. 2021-yil avgust oyi holatiga koʻra, oʻyinning butun dunyo boʻylab umumiy daromadi 6,2 milliard dollarni tashkil etadi.
Yil | Sovrin | Yutuq | Natija |
---|---|---|---|
2018-yil | Google Play mukofoti | Gʻolib | |
36-Oltin joystik mukofotlari | Gʻolib | ||
The Game Awards 2018 | Gʻolib | ||
Gamer’s Choice Awards | Nominatsiya | ||
2019-yil | 37-Oltin joystik mukofoti | Nominatsiya | |
Italian Video Game Awards 2019 | Nominatsiya |