Podshohxon oyim
Podshohxon oyim — Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligi malikasi. Fargʻona beklaridan Mahmudbekning qizi edi. Manbalarda juda husnli juvon boʻlganligi taʼkidlanadi.
Podshohxon oyim | |
---|---|
Qoʻqon xonligi malikasi | |
Hukmdor |
Umarxon (1809—1822) Muhammad Alixon (1822—1841) |
Buxoro amirligi malikasi | |
Hukmdor | Amir Nasrulloh (1827—1860) |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
XIX asr Qoʻqon xonligi |
Vafoti |
XIX asr Buxoro, Buxoro amirligi |
Fuqaroligi |
Qoʻqon xonligi → Buxoro amirligi |
Turmush oʻrtogʻi |
Umarxon Muhammad Alixon Amir Nasrulloh |
Bolalari | 1 ta farzand (Muhammad Alixondan) |
Otasi | Mahmudbek |
Podshohxon oyim avvaldan Qoʻqon xonligi hukmdori Umarxonning (1809—1822) kanizagi boʻlgan. Xonning oʻlimidan soʻng taxtga koʻtarilgan Muhammad Alixon (1822—1841) Podshohxon oyimga, yaʼni oʻzining oʻgay onasiga uylangan va undan farzand koʻrgan[1]. Manbalarga koʻra, Muhammad Alixon bu ayolni otasi tirikligida yaxshi koʻrib qolgan[2].
Qoʻqon ulamolari Muhammad Alixonning bunday kufrona ishlaridan gʻazablanib va raʼiyatga (fuqarolarga) qilayotgan jabr-zulmidan sabr kosalari toʻlib[sharh 1][3], Buxoro amirligi hukmdori (amir ul-umaro) Amir Nasrullohga (1827—1860) islom dinining Turkistondagi himoyachisi sifatida murojaat qilishgan va 1842-yil amir Qoʻqon ustiga harbiy yurish qilib uni ishgʻol etgan. Soʻng Podshohxon oyimni oʻz nikohiga olgan[2].
Zamondosh muarrixlarning yozishicha, u hukmdorlar boshini yegan oyim hisoblangan. Tarixchilarning fikricha, har uchala hukmdorning bevaqt oʻlimiga aynan shu ayol sababchi boʻlgan ekan[2].
Manbalar
tahrir- Sharhlar
- ↑ Muhammad Alixon 1841-yil Shohista ismli balogʻatga yetmagan qizni zoʻrlagani hodisasi qoʻqonliklarning sabr kosasini toʻldirib yuborgan
- Manbalar
- ↑ Бабаджанов 2010, s. 174.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Rajabov 2011, s. 21.
- ↑ Bobobekov 1996, s. 47.
Adabiyotlar
tahrir- Bobobekov H. N.. Qoʻqon tarixi. Toshkent: Fan, 1996 — 238-bet. ISBN 5-648-02374-X.
- Rajabov Q. K.. Nasrullohxon (risola). Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2011 — 47-bet. ISBN 978-9943-336-63-6.
- Бабаджанов Б. М.. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио — Ташкент: TIAS, 2010 — 744-bet. ISBN 978-9943-330-50-4.