Politika (Aristotel)
"Politika", yoki "Siyosat" (yunoncha Πολιτικά) - Qadimgi Yunoniston faylasufi Aristotelning davlat to'g'risidagi asari bo'lib, unda ijtimoiy va siyosiy falsafa fanlarining asoslari yaratilgan. Risola Aristotelning Makedoniyada qo'l ostidagi Afinada yashagan eng so'nggi yillarida (miloddan avvalgi 335-322-yillar) yozilgan.[1] Kitobda davlat bo'g'ini sifatidagi oila, qullik, fuqarolik, davlat belgilari, shuningdek, uni boshlarish shakllari va maqsadlari muhokama qilinadi. Tadqiqotchilarning fikricha, Aristotelning "Politika" assarini yozishdan bosh maqsadi - ideal Polisning nazariy asoslarini ishlab chiqishdir.[2]
Asl nomi | Πολιτικά |
---|---|
Muallif(lar) | Aristotel |
Mamlakat | Qadimgi Yunoniston |
Til | Qadimgi yunoncha |
Janr(lar)i | Traktat |
Mazmuni
tahrirBirinchi kitob
tahrirAristotel davlatni (yunoncha πόλις) umumiy farovonlikni ko'zlab tashkil qilingan jamoa (yunoncha κοινωνία) deb ataydi[3]. Bu bilan davlat insonlarning kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy yo'l bilan paydo boʻlgan oilaga (yunoncha οἰκία) qarshi qo'yiladi. Qishloqlarga birlashtirilgan oilalar davlatning ajralmas qismini tashkil qiladi. Aristotel oila deganda o'z qullariga ega boʻlgan patrirarxal oilani nazarda tutadi va unda oila boshlig'i monarxga qiyoslanadi. Keyinroq yuzaga kelgan ijtimoiy shartnoma nazariyalaridan farqli o'laroq, Aristotel davlatni tabiiy birikma, insonni esa siyosiy hayvon deb ataydi[4].
Aristotel urushlarni mulkka, avvalo qullarga ega bo'lish vositasi deb hisoblaydi, qullar esa varvarlardan - "tabiatan bo'ysunishga mahkum boʻlgan, lekin buni xohlamaydigan" insonlardan yollanadi. Oila xo'jaligi (yunoncha Οικονομικά — Iqtisodiyot) o'z ichiga uch fan: o'zlashtirish, tasarruf etish va boshqarishni oladi[4].
Ikkinchi kitob
tahrirAristotel Platonning Ideal shahar nazariyasini tanqid qiladi va oila hamda davlatda xususiy mulkning saqlanib qolishini zaruriyatini ilgari suradi. Uning asosiy dalili quyidagida o'z ifodasini topadi: "Egalari ko'p boʻlgan narsa eng kam g'amxo'rlikka sazovor bo'ladi". Aristotel fikricha, hokimiyat "og'ir qurollarga ega boʻlganlarga" tegishli bo'lishi kerak.[4]
Uchinchi kitob
tahrirAristotel fuqarolik masalasini ko'rib chiqadi. Fuqaro - bu davlat ishtirokchisi, ya'ni qasamyod qilgan sud vakillari va xalq kengashi ishtirokchisidir. Aristotel qullarga, meteklarga (ajnabiylarga), hunarmandlarga, Yettinchi kitobda esa - dehqonlarga ham fuqarolik berilishini inkor qiladi. Boshqaruvda ishtirok etuvchi fuqarolar soni bo'yicha u uch turdagi "to'g'ri" (ya'ni umumiy farovonlikka erishish uchun qaratilgan) boshqaruv ko'rinishlarini farqlaydi:[4]
- Podsho hokimiyati - mazkur boshqaruv shaklida hokimiyatni o'zidan oldingi hukmdordan me'ros qilib olgan hukmdor, yoki Spartada boʻlganidek, saylangan vakil hokimiyatga ega bo'ladi. Podsho hokimiyatining buzilishi Tiraniya hisoblanadi.
- Aristokratiya - mazkur boshqaruv shaklida hokimiyat mulkka ega boʻlgan va davlatning farovonligi haqida qayg'uruvchi fuqarolarga tegishli bo'ladi. Aristokratiyaning buzilgan ko'rinishi oligarxiyadir (hokimiyat mulkka ega boʻlgan va mulkdorlar farovonligi haqida qayg'uruvchi fuqarolarga tegishli bo'ladi).
- Politiya - bu boshqaruv shaklida ko'pchilik umumiy farovonlikni ko'zlab hokimiyatni amalga oshiradi. Politiyada oliy hokimiyat o'z hisobidan qurollanuvchi jangchilar qo'lida bo'ladi. Politiyaning buzilgan ko'rinishi Demokratiya (umumiy farovonlikni emas, balki mulksizlar, ya'ni kambag'allar farovonligini ko'zlovchi hokimiyat shakli) hisoblanadi. Keyingi bobda u politiyani oligarxiya va demokratiyaning aralashuvi, deb ataydi.[4]
To'rtinchi kitob
tahrirAristotel davlatni tashkil qiluvchi 5 elementlarni sanab o'tadi:
- Xalq - iste'mol uchun mahsulotlar yetishtiruvchi dehqonlar;
- Hunarmandlar - mehnat qurollarini ishlab chiqarishadi;
- Savdogarlar - tovarlar almashinuvi va taqsimoti bilan shug'ullanishadi;
- Amaldorlar - davlatni oqilona boshqarish bilan shug'ullanishadi;
- Harbiylar - davlatni himoya qilishadi.[4]
Yuqorida keltirilgan tasnifdan tashqari davlat aholisi mulkga ega bo'lmagan ko'pchilik va mulkdor ozchilikdan iborat bo'ladi. Bulardan birinchisi demokratiyaga, ikkinchisi esa oligarxiyaga intiladi. Aristotel jamiyatdagi turli isyonlar va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun o'rta qatlamni kuchaytirish, ya'ni "O'rtacha, lekin yetarli mulkka ega boʻlgan fuqarolarni ko'paytirish"ni taklif qiladi. Aristotel, shuningdek, davlat hokimiyatining uchga bo'linish tamoyilini ham ilgari suradi:
- Qonun chiqaruvchi organ - urush, tinchlik, ittifoq va qatl masalalari bilan shug'ullanadi;
- Mansabdor organ;
- Sud organi.
Beshinchi kitob
tahrirAristotel davlatdagi nizolarning sabablarini ko'rib chiqadi. Beqarorlikning sabablari sifatida u davlatdagi "aholining xilma-xilligi", hukmron qatlam vakillari orasidagi ichki nizolar, shuningdek demagoglar faoliyatini, ya'ni bir kishining demagogiya bilan barcha hokimiyatni o'z qo'liga olib, tiran ya'ni zolim hukmdorga aylanishini keltiradi. Barqarorlikni mustahkamlash uchun Aristotel qonun ustuvorligini ta'minlash, mas'uliyatlarni taqsimlash, shuningdek o'zib kelayotgan avlodning tarbiyasi to'g'risida qayg'urish kerak ekanligini aytadi.[4]
Oltinchi kitob
tahrirAristotel demokratiya va oligarxiya orasidagi farqlarni tahlil qiladi.[4]
Yettinchi kitob
tahrirAristotel bu kitobda yunoncha vatanparvarlik namoyish qiladi va faqat yunonlardagina jasorat va zakovat o'zaro uyg'unlikda namoyon bo'ladi, deb yozadi. Uning fikricha, Yevropaliklarda jasorat mavjud, lekin zakovat yetishmaydi, Osiyoliklarda esa zakovat mavjud, lekin jasorat yetishmaydi.
Aristotel baxtni eng oliy ezgulik, deb ataydi. Davlatning vazifasi quyidagilardir deb hisoblaydi:
- Ozuqa bilan ta'minlash;
- Qulaylik yaratish;
- Himoya;
- Ta'minot;
- Diniy an'analar;
- Adolat.
Aristotel fuqarolarning aqliy mehnat bilan shug'ullanishlari va davlat ishlarida ishtirok etishlari uchun ular kundalik yumushlardan ozod bo'lishlari va bo'sh vaqtga ega bo'lishlari kerak, deb hisoblaydi.[4]
Sakkizinchi kitob
tahrirAristotel "yoshlar tarbiyasi" masalasini ko'taradi va "bu mavjud bo'lmagan joyda davlatning asoslariga putur yetadi" deb hisoblaydi. Uning fikricha, to'rtta asosiy o'quv fanlari mavjud:
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Политика Аристотеля. Философская библиотека
- ↑ Доватур А. И. «Политика» Аристотеля // Аристотель. Сочинения: В 4-х т. Т. 4 / Пер. с древнегреч.; Общ. ред. А. И. Доватура. — М.: Мысль, 1983. — С.38-57. — 830 с. — (Филос. наследие. Т, 90).
- ↑ М. Дементьев. О понятии κοινωνία у Платона, Аристотеля, в Новом завете и у свв. отцов-каппадокийцев. — XX Сретенские чтения, секция богословия и философии.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 Аристотель. Политика // Сочинения в 4-х томах. М., Мысль, 1983. Т.4. Перевод С. А. Жебелева