Pomir-Olay togʻlari
Pomir-Olay — (Pomiro-Olay deb ham ataladi, ruscha: Памиро-Алай) Oʻrta Osiyoning janubi-sharqidagi togʻli oʻlka. Fargʻona vodiysidan janubida, Tojikiston (shim.-sharqsa), Oʻzbekiston Respublikasi (gʻarbda) va Turkmenistan (jan,gʻarbda) hududlarida joylashgan. HisorOlay togʻlari, Tojikiston depressiyasi va Pomir kabi 3 asosiy qismdan iborat.[1] Tyan-Shan togʻlaridan gʻarbga choʻzilgan toʻrtta asosiy togʻ tizmalarini oʻz ichiga oladi va Pomirning asosiy tizmasidan shimolda joylashgan. Ular turlicha Tyan-Shan[2], Pomir[3] yoki alohida togʻlar tizimi tarkibiga[4] kiradi. „Pomiro-Oloy“ atamasi, shuningdek, Pomir, Pomir-Oloy (keyinchalik „Hissaro-Oloy“ deb yuritilgan)ni oʻz ichiga olgan togʻli hududga nisbatan ham qoʻllanadi[5][6].
Pomir-Olay ruscha: Памиро-Алай | |
---|---|
Anzob dovoni yaqinidagi Zarafshon tizmasi koʻrinishi | |
Joylashuvi | Tojikiston |
Togʻ tizmasi | Pomir |
Eni | 150 E/W |
Choʻqqisi | Pik Skalisty |
Balandligi | 5621 m. |
Eng qulay yoʻl | yoʻq |
Pomir-Oloy shimolda Sirdaryo (Fargʻona vodiysi) va janubda Vaxsh daryosi oraligʻida joylashgan[3]. Uning eng baland choʻqqisi — Pik Skalisty, 5621 metrdir[7]. Pomir-Oloyning uzunligi gʻarbiy-sharqiy yoʻnalishda taxminan 900 km, gʻarbiy qismida esa 150 km gacha[6].
Asosiy tizmalar
tahrirPomir-Oloy quyidagi togʻ tizmalariga boʻlinadi:[2]
- Turkiston tizmasi (5,621 m)
- Olay tizmasi (5,544 m)
- Zarafshon tizmasi (5,489 m), Fon togʻlarini ham oʻz ichiga oladi
- Hisor tizmasi (4,643 m), Koʻhitang tizmasini ham oʻz ichiga oladi
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 V.S. Burtman (2000). "Cenozoic crustal shortening between the Pamir and Tien Shan and a reconstruction of the Pamir–Tien Shan transition zone for the Cretaceous and Palaeogene". Tectonophysics 319 (2): 69–92. doi:10.1016/S0040-1951(00)00022-6. http://ginras.ru/struct/21/10/files/B-2000a-E.pdf.
- ↑ 3,0 3,1 Irina Merzlyakova „16 The Mountains of Central Asia and Kazakhstan“, . The Physical Geography of Northern Eurasia, 2002 — 377–402-bet. ISBN 978-0-19-823384-8.
- ↑ Magdalena Opała-Owczarek; Tadeusz Niedźwiedź (2019). "Last 1100 yr of precipitation variability in western central Asia as revealed by tree-ring data from the Pamir-Alay". Quaternary Research 91: 81–95. doi:10.1017/qua.2018.21.
- ↑ Памиро-Алай, Great Soviet Encyclopedia
- ↑ 6,0 6,1 Гиссаро-Алай, Great Soviet Encyclopedia
- ↑ Sovet Ittifoqi harbiy xaritasi 1:500.000 J-42-Б
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |