Ponsod

oʻzbek xonliklarida qoʻllanilgan harbiy unvon
(Ponsaddan yoʻnaltirildi)

Ponsod, ponsad, ponsadboshi (forscha ponsad — besh yuz) — Oʻzbek xonliklarida qoʻllangan harbiy unvon. Baʼzan "dastaboshi" ("otryad boshligʻi") deb ham yuritilgan. Ponsod 500 kishidan iborat harbiy qismga boshchilik qilgan. Ponsod, odatda, xon yoki bek tomonidan tayinlanib, baʼzi soliqlardan (masalan, oʻziga tegishli mulkdan olinadigan) qisman yoki butunlay ozod qilingan hamda unga xar yili ikki marta maʼlum miqdorda gʻalla, pul va sarpolar berilgan. Qoʻqon xonligidagi harbiy unvonlar orasida ponsadboshi mingboshidan keyingi yuqori unvon sanalgan. Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash olib borgan guruhlarning rahbarlari ham Ponsod deyilgan. (masalan, Toʻxtasin Ponsod). [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil