Futbolda Futbol toʻpi ishlatiladi

Futbol (inglizcha: football; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad-toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .

Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi. (Full article...)