Postmodern davrida feminizm
Postmodern davrida feminizm poststrukturalizm, postmodernizm va fransuz feminizmining aralashmasi hisoblanadi[1]. Postmodern feminizmning maqsadi gender tengsizligiga koʻnikkan jamiyatda mustahkam oʻrnashgan patriarxal meʼyorlarni yoʻqotishdir[2]. Postmodern feministlar essensializm, falsafa va umuminsoniy qabul qilingan normalarni inkor etish orqali ayollar oʻrtasida mavjud boʻlgan tafovutlarni va barcha ayollar bir xil emasligini koʻrsatishga intilishadi[3]. Yuqorida keltirilgan mafkuralarni postmodern feministlari tomonidan inkor etilishiga sabablar bor. Jumladan, ularning fikricha, umumbashariy normalar jamiyatdagi barcha ayollarga nisbatan qoʻllanilsa, bu ayollarning mustaqil hayotdagi tajribalarini oʻsishiga yoʻl bermaydi. Shuning uchun, ular ayollarni jamiyatda norma sifatida namoyon boʻlayotgan gʻoyalardan doimiy xabardor boʻlib turishlari kerakligi haqida bong urishadi. Chunki bu normalar faqat erkaklar tarafidan yozilishi va jamiyatga tatbiq etilishi mumkin[4].
Postmodern feministlari jamiyatda gender tengsizligiga olib keladigan har qanday holatlarni tahlil qilishga intilishadi. Shuningdek, logosentrizmni ham tanqid qilishadi, koʻplab nutqlar qilishadi, subyektivlikni ommalashtirishadi va shu orqali gender tengligini targʻib etishga harakat qilishadi.
Bu nazariyaning feministik nazariyalar qatoriga kiritilishi hamma feministlar tomonidan ham osonlikcha qabul qilinmaydi, baʼzilar ushbu nazariyani yaratishga urinayotganlarga qarshilik koʻrsat-sa, boshqalar esa bu gʻoyani qoʻllab-quvvatlaydi[1].
Tarixi
tahrirButler
tahrirPostmodern feminizmining boshqa feministik tarmoqlaridan asosiy farqi shundaki, bunda jinsning belgilanishi jinsiy aloqa qila olishi yoki hech boʻlmaganda jinsning oʻz nutqi orqali ijtimoiy holatini tushuntirib berishiga asoslanadi. Bu fikr Judith Butlerning 1990-yildagi Gender Trouble kitobida ilgari surilgan. Ular Simone de Beauvoir, Michel Foucault va Jacques Lacan asarlarini, shuningdek, Luce Irigarayning biz anʼanaviy ravishda „ayol“ deb hisoblagan narsa faqat erkak sifatida yaratilgan narsaning aksi, degan argumentiga tayanadi va shunga koʻra, boshqalar fikrini tanqid qiladi[5][6].
Butler oldingi feminizm tarafdorlari tomonidan oʻrganilgan (biologik) jins va (ijtimoiy qurilgan) jins oʻrtasidagi farqni tahlil qiladi. Butlerning taʼkidlashicha, essenizmni yetarlicha tanqid qilishga imkon bermaydi: gender ijtimoiy tuzilish ekanligi tan olinsa ham, feministlar u har doim bir xil tarzda qurilgan deb taxmin qilishadi. Butlerning argumenti shuni anglatadiki, ayollarning boʻysunishi yagona sabab yoki yagona yechimga ega emas. Shunday qilib, postmodern feminizmi harakatga aniq yoʻl taklif qilmaganligi uchun ham tanqid qilinadi. Butler „postmodernizm“ atamasini maʼnoli deb hisoblash uchun juda noaniq tushuncha deb hisoblaydi[7].
Fransuz feminizmi
tahrirFransuz feminizmi 1980-yillarda Fransiyadagi postmodernizmning kengroq harakatining bir qismi boʻlish uchun Elis Jardin tomonidan yaratilgan Angliya-Amerika ixtirosi hisoblanadi. U modernistik loyihaning muvaffaqiyatsizlikka uchragan nazariyasidir[8]. Bu atama feministik nazariyaga eʼtibor qaratgan akademik Toril Moi tomonidan 1986-yilda Sexual/Textual Politics (Jinsiy/matn siyosati) kitobiga kiritilgan. Ushbu kitobda u fransuz feminizmi faqat Hélène Cixous, Luce Irigaray va Julia Kristeva kabi bir nechta mualliflar fikrlarini oʻz ichiga olishi, shu bilan birga fransuz feminizmi va Angliya-Amerika feminizmi oʻrtasida turli farqlar mavjudligi aytib oʻtiladi[9]. Uning fikricha bu ikkalasi oʻrtasidagi farq shundaki, anglo-amerikalik feministlar „ayolga qaratilgan istiqbol“ va ayol oʻziga xosligini aniqlashni xohlashadi, chunki ularga oʻtmishda bunday imkoniyat berilmagan. Fransuz feministlari ayolning oʻziga xosligi yoʻqligiga ishonishadi[8]. Ayollar tadqiqotlari sohasida akademik Elaine Marks fransuz va amerikalik feministlar oʻrtasidagi yana bir farqni qayd etgan. Fransuz feministlari, xususan, radikal feministlar amerikalik hamkasblariga qaraganda erkaklarga foyda keltiradigan tizimlarni, shuningdek, keng tarqalgan misoginiyani qattiq tanqid qilishgan[10].
Tanqidlar
tahrirPostmodern feminizm 1990-yillarda paydo boʻlganidan beri koʻplab tanqidlarga uchragan. Tanqidlarning aksariyati modernistik fikrni qoʻllab-quvvatlovchi modernistlar va feministlar tomonidan amalga oshirilgan. Ular postmodernizm tomonidan belgilangan relyativizm va nigilizm mavzulariga alohida eʼtibor qaratadilar. Modernist tanqidchilar maʼrifatparvarlik tafakkurning qadriyatlardan voz kechish orqali postmodern feminizmi „siyosiy harakatlarni erkin amalga oshirish imkoniyatini toʻsib qoʻyadi“ deb hisoblashadi[11]. Ushbu holatni Meaghan Morris kabi tanqidchilar faoliyatida ham koʻrish mumkin, ular postmodern feminizmi oʻzining antiessensializm faoliyati orqali gender siyosatining asosini buzish xavfini paydo qiladi, deb taʼkidlaydilar[12]. Alison Assiter postmodernistlarni ham, postmodern feministlarni ham tanqid qilish maqsadida „Enlightened Women (Maʼrifatli ayollar)“ (1995) kitobini nashr etib, maʼrifatparvarlik qadriyatlari va modernistik feminizmga qaytish kerakligini uqtiradi[13]. Gloria Steinem feministik nazariyani va postmodernizm feministik nazariyasini haddan tashqari akademik tarzda yoritilgan, deya tanqid qiladi[14].
Nutqqa eʼtibor berish
tahrirUmuman olganda, postmodern feminizmini tanqid qilish holatlarida odatda tilda seksizmga katta eʼtibor qaratilishi bilan bogʻliq boʻladi. Yang Fengning taʼkidlashicha, bu ayollar duch keladigan aniq muammolar, masalan, uydagi zoʻravonlik va jinsiy zoʻravonlik holatlariga mavhum deb qaraladigan nuqtai nazarning shakllanishiga sabab boʻladi[15].
„Postmodernizm“ atamasi oʻzlarini postmodern feministlari deb ataydigan baʼzi nazariyotchilar tomonidan tanqidlarga uchragan[7][16].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Sands, Roberta. „Postmodern Feminist Theory and Social Work: A Deconstruction“. Social Work.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ Ebert, Teresa L. „The "Difference" of Postmodern Feminism“. College English.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ Tong, Rosemarie. Feminist thought : a comprehensive introduction, 1st, Westview Press. Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
- ↑ Wallin, Dawn C. Postmodern Feminism and Educational Policy Development.
- ↑ Gutting, G. (ed.), The Cambridge Companion to Foucault (2002), p. 389.
- ↑ Digeser, Peter (September 1994). "Performativity Trouble: Postmodern Feminism and Essential Subjects". Political Research Quarterly 47 (3): 655–673. doi:10.1177/106591299404700305. https://archive.org/details/sim_political-research-quarterly_1994-09_47_3/page/655.
- ↑ 7,0 7,1 Butler, Judith, „Contingent Foundations“, in Seyla Benhabib et al., Feminist Contentions: A Philosophical Exchange (New York: Routledge, 1995), pp. 35–58.
- ↑ 8,0 8,1 Gambaudo, Sylvie A. (May 2007). "French Feminism vs Anglo-American Feminism: A Reconstruction". European Journal of Women's Studies 14 (2): 93–108. doi:10.1177/1350506807075816. https://hal.archives-ouvertes.fr/hal-00571299/file/PEER_stage2_10.1177%252F1350506807075816.pdf.
- ↑ Moi, Toril. Sexual/textual politics: feminist literary theory, 2nd, London: Routledge, 2002. ISBN 978-0415280112. OCLC 49959398.
- ↑ New French feminisms : an anthology Marks: . Amherst: University of Massachusetts Press, 1980. ISBN 978-0870232800. OCLC 5051713.
- ↑ Hekman, Susan J.. Gender and Knowledge. Boston: Northeastern University Press, 1990 — 152–153-bet.
- ↑ Schmidt, K.. The Theater of Transformation, 2005 — 129–130-bet.
- ↑ Assiter, Alison. Enlightened Women. London: Routledge, 1995.
- ↑ Denes, Melissa. „'Feminism? It's hardly begun'“ (en-GB). The Guardian (2005-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ „Studies On Contemporary Chinese Woman Development“ (en). www.wikidata.org. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
- ↑ Butler, Judith, „Contingent Foundations“, in Seyla Benhabib et al., Feminist Contentions: A Philosophical Exchange (New York: Routledge, 1995), pp. 35–58.
Adabiyotlar
tahrir- Assiter, Alison. Enlightened women modernist feminism in a postmodern age. London New York: Routledge, 1996. ISBN 9780415083386.
- Kottiswari, W. S.. Postmodern feminist writers. New Delhi: Sarup & Sons, 2008. ISBN 9788176258210.
- Williams, Susan; Williams, David (1 January 1996). "A Feminist Theory of Malebashing". Michigan Journal of Gender & Law 4 (1): 35–127. https://repository.law.umich.edu/mjgl/vol4/iss1/2/.
Havolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |