Power Horse stadioni
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Power Horse stadioni[2] — Ispaniyaning Almería hududida joylashgan koʻp funksiyali stadion. Mazkur maydon UD Almería jamoasining uy maydoni hisoblanadi va 17,400 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdiradi[3].
Oldingi nomlari | Estadio de los Juegos Mediterráneos (2004–2022) |
---|---|
Manzili | Almería, Ispaniya |
Operator | UD Almería |
Sigʻimi |
21,350 (atletikada) 17,400 (futbolda)[1] |
Maydon oʻlchami | 105 metr (115 yd) x 68 metr (74 yd) |
Ochilgan | 2004 |
Ijarachilar | |
UD Almería (2004–hozirgacha) Ispaniya milliy futbol terma jamoasi (tanlangan oʻyinlar) |
Tarixi
tahrir2005-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlari uchun qurilgan stadion 2004-yil 31-iyul kunidan ishga tushirilgan, stadionning umumiy narxi 21 million yevroni tashkil qilgan va unga Ayuntamiento de Almería tomonidan mablagʻ ajratilgan[4]. Stadiondan keyinchalik ikkinchi jamoa ishlatadigan maydon sifatida foydalanila boshlangan va u Estadio Municipal Juan Rojas oʻrniga UD Almería jamoasining uy maydoniga aylangan[5].
Stadionning sigʻimi Almería jamoasining La Ligaga oʻtganligi munosabati bilan 15,000 dan 21,350 tagacha kengaytirilgan. 2012-yildan buyon jamoa uni darvozalar ortidagi keng hududga qoʻshimcha oʻrindiqlar oʻrnatib ishlatib kelmoqda. Bunday tuzilish bilan maydon sigʻimi 15,274 tagacha qisqartirildi. 2021-yil avgust oyida, Ayuntamiento de Almería UD Almería jamoasiga madonga 25 yil davomida egalik qilish huquqini berdi[6].
Kelish transporti
tahrirPower Horse stadioni shaharning asosiy temir yoʻl stansiyasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan va bu shahardan biroz uzoqroq hudud, u yerga mashinalar orqali emas, faqat temir yoʻl stansiyasi yoki Line 7 avtobus yoʻnalishi orqali kelish mumkin[7].
Ispaniya milliy futbol terma jamoasi oʻyinlari
tahrirStadion 2005-yil 9-fevral sanasida, 2006-yilgi Jahon chempionati saralash doirasida Ispaniya va San Marino jamoalari oʻrtasidagi bahsga mezbonlik qilgan va yakunda Ispaniya 5—0 hisobida gʻalabaga erishgan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Estadio Juegos del Mediterráneo | Almería - Web Oficial“. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Power Horse y el Almería firman un convenio de patrocinio | Almería - Web Oficial“ (es). Power Horse y el Almería firman un convenio de patrocinio | Almería - Web Oficial. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Estadio Juegos del Mediterráneo | Almería - Web Oficial“ (es). Estadio Juegos del Mediterráneo | Almería - Web Oficial. 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „X Aniversario del Estadio de los Juegos Mediterráneos“ [10th anniversary of Estadio de los Juegos Mediterráneos] (es). Vavel (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Estadio de los Juegos Mediterráneos“ (es). Ideal. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „La UD Almería da el primer paso para la construcción de su estadio "Champions"“. Cadena COPE (2021-yil 9-avgust).
- ↑ „Estadio de los Juegos Mediterráneos“. The Stadium Guide. Qaraldi: 2024-yil 6-may.
- ↑ „Estadio de los Juegos Mediterráneos“. EU Football. Qaraldi: 2024-yil 6-may.