„Prekrasnoye dalyoko“
qoʻshigʻi
Til ruscha
Chiqarilgan sanasi 1985
Janr qoʻshiq
Matn muallif(lar)i Yuriy Entin
Bastakor(lar) Yevgeniy Krilatov

„Prekrasnoye dalyoko“ (ruscha: Прекрасное далёко) – shoir Yuriy Entin sheʼri asosida bastakor Yevgeniy Krilatov tomonidan yozilgan qoʻshiq. Bu qoʻshiq birinchi marta 1985-yildagiKelajakdan kelgan mehmon“ filmi[1] chiqqandan keyin mashhurlikka erishdi.

Tarixi

tahrir

1985-yil mart oyining bahorgi maktab taʼtili kunlarida SSSR markaziy televideniyesi bolalar uchun „Kelajakdan kelgan mehmon“ telefilmini namoyish qila boshladi. Film yakunida Yuriy Entinning sheʼri asosida Yevgeniy Krilatovning „Prekrasnoye dalyoko“ soʻzlari bilan boshlanuvchi qoʻshigʻi yangragan. Qoʻshiq ijro etilayotgan kuyning maʼlum qismlari filmda boshida ham qoʻyilgan. Filmdagi qoʻshiq Tatyana Daskovskaya tomonidan ijro etilgan. Ammo uning ijrosi bastakor Yevgeniy Krilatovga maʼqul kelmadi va bastakor Meridian triosiga oʻz versiyasini yozishni taklif qilgan. Ivanovoda bir oylik repetitsiyalardan soʻng „Meridian“ Moskvaga kelib, Krilatovga oʻzlarining versiyasini koʻrsatishgan. Bastakorga bu versiya maʼqul keladi va shaxsan qoʻshiq kuyining yozilishida shaxsan ishtirok etgan va mualliflik tuzatmalarini kiritgan. 1985-yil sentyabr oyida qoʻshiq „Pesnya goda-85“ festivalining oylik sonida yangradi. Birinchi namoyishdan soʻng markaziy televideniyega „Meridian triosi Pesnya goda-85 gʻolibi“ mazmunidagi koʻplab xatlar kela boshlagan. Tomoshabinlarning fikrlarini inobatga olgan holda bu qoʻshiq ijrochilar bilan birgalikda „Pesnya goda-85“ festivali laureati boʻldi.

Krilatov 2002-yilda „Bu farzandlarimiz bizdan yaxshiroq hayot kechirishi uchun qilingan chaqiriq, ibodat va iltijodur“ deb taʼkidlagan[2].

Teleserialda ishlatilgan qoʻshiqning asl matnida „On [golos] zovyot menya ne v rayskiye kraya“[3] satrlari kuylangan. Katta bolalar xori tomonidan kuylangan keyingi versiyada esa bu satrlar „On zovyot menya v chudesniye kraya“ga[4] oʻzgartirildi.

Matbuotda qoʻshiq nomi „Prekrasnoye dalyoko“ bilan koʻpincha yorqin kelajakni, Alisa Seleznyova haqidagi serialda va boshqa asarlarda tasvirlangan koinot nazarda tutilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Sevimli Alisa — Natalya Gusyeva nega to‘satdan ekranlardan g‘oyib bo‘lgan va uning keyingi hayoti qanday kechgan?“ (2024-yil 19-aprel).
  2. Кожемякин Владимир. Евгений Крылатов. На качелях судьбы // Аргументы и факты : газ.. — 2002. — 17 апреля (№ 16(458)). Архивировано 14 mart 2019 года.
  3. „«Прекрасное далёко»: написать этот хит поэту помог Набоков. Вспоминаем историю песни“ (ru). minsknews.by. Агентство «Минск-Новости» (2020-yil 15-noyabr). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-sentyabr.
  4. „"Прекрасное Далёко". Большой детский хор ЦТ и ВР (1990)“ (ru). Советское телевидение. Гостелерадиофонд. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.

Adabiyotlar

tahrir
  • Крылатов Е. П.. Прекрасное далеко. Песни для детей и юношества. Для пения (соло, ансамбль, хор) в сопровождении фортепиано. М.: Советский композитор, 1988. 

Havolalar

tahrir