Prudentópolis Braziliyaning Parana shtatida joylashgan munitsipalitetdir. 2020-yil holatiga koʻra, uning aholisi 52,513 kishi bo‘lgan.

Prudentópolis

Prudentópolis
Munitsipalitet
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
25°12′46″S 50°58′40″W / 25.21278°S 50.97778°W / -25.21278; -50.97778 G OKoordinatalari: 25°12′46″S 50°58′40″W / 25.21278°S 50.97778°W / -25.21278; -50.97778 G O
Mamlakat Braziliya
Mintaqa Janubiy Amerika
Hukumat
Vilson Santini
Ilk eslatilishi 1906-yil
Maydon 307.897 km2 (118.880 mi²)
Rasmiy til(lar)i Ukrain tili
Aholisi
 (2020 [1])
52,513
Zichligi 19,9 kishi/km2
Milliy tarkib Ukrainlar (75%), italyanlar, polyaklar, nemislar
Vaqt mintaqasi UTCBRT
Telefon kodi +5542
Pochta indeks(lar)i 84400-000
Prudentópolis xaritada

Bu Braziliyadagi Ukraina jamiyatining markazi. Ukrainaning Ternopil shahri Prudentopolis bilan qardosh shahardir.

Bundan tashqari, shahar 100 ta sharsharalar bilan oʻralgan, bu esa koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qiladi[2].

Tarixi tahrir

1882-yilda Parana markazida yoʻllar qurish loyihasi mintaqaga birinchi oilalarni jalb qildi. Firmo Mendes de Keyrush bandeirantes naslidan boʻlib, u yerda yashab, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. Keyrush cherkov qurgan va uning aholisi tomonidan „Vilinha“ (Kichik qishloq) deb nomlangan joyni vujudga keltirgan. 1894-yilda hukumat San-Juau-du-Kapanema mintaqasini mustamlaka qilishga qaror qildi. Ushbu koloniyaning egasi Kandido Ferreyra de Abreu oʻz nomini Braziliya prezidenti Prudente de Morais sharafiga Prudentopolisga oʻzgartirishga qaror qildi. 1895-yilda ushbu mintaqaga joylashtirish uchun Prudentopolisga 1500 ukrainalik oila, taxminan 8000 kishi keldi. Bu immigratsiya 1920-yillargacha davom etgan.

Muhojirlarning aksariyati Ukrainaning Ternopol viloyatidan bo‘lgan va bugungi kunda Ukrainaning Ternopil shahri Prudentopolis bilan qardosh shahar hisoblanadi.

Aholi tahrir

Hozirgi vaqtda Prudentopolisda Braziliyadagi eng koʻp ukrain millatiga mansub aholi yashaydi (munitsipalitet aholisining 75 foizi ukrainaliklar). Shahar aholisini tashki ti hali ham uning aholisi tomonidan saqlanib qolgan: ukrain tili mahalliy maktablarda oʻqitiladi va liturgik tildan foydalaniladi va odatda ukraincha uslundagi inshootlar mavjud.

Iqlimi tahrir

Iqlimi oʻrtacha issiq. Yogʻingarchilik koʻp (yiliga 1446 mm). Yillik oʻrtacha harorat 18,4 °C.

Mahalliy boshqaruv tahrir

2020-yilgi munitsipal saylovlarda Osney Stadler demokratlar tomonidan 2021-2024-yillar uchun shahar prefekti (meri) etib saylangan.

Qonun chiqaruvchi organ 13 aʼzodan iborat shahar kengashiga, Camara munitsipalitetiga tegishli.

Munitsipalitet uchta tumanga boʻlingan: Distrito de Prudentopolis, Distrito de Jaciaba va Distrito de Patos Velhos.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir