Ternopil
Ternopil (sobiq Tarnopol) — Ukrainaning Ternopil viloyatidagi shahar. Viloyat markazi. Seret (Dnestr irmogʻi) daryosi boʻyida. Transport yoʻli va shosse yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Aholisi 235 ming kishi (1997).
Ternopil | |
---|---|
| |
Ternopil Gerb | |
49°34′0″N 25°36′0″E / 49.56667°N 25.60000°E G OKoordinatalari: 49°34′0″N 25°36′0″E / 49.56667°N 25.60000°E G O | |
Mamlakat | Ukraina |
Hukumat | |
• mer | Serhiy Nadal |
|
Ternopil 1540-yildan Rech Pospolita tarkibida maʼlum. 1772-yildan Avstriya, 1809—15 yillarda Rossiya imperiyasi, keyinchalik Avstriya va Avstriya Vengriya, 1919—39 yillarda Polsha tarkibida, 1939-yil dekabrdan Ukrainaning Ternopil viloyati markazi. 1941-yil 30 iyundan 1944-yil 15 aprelgacha nemis fashistlari qoʻlida boʻldi. Respublikaning sanoat markazlaridan biri. Yengil (ip gazlama kombinati, sunʼiy koʻn zavodi), oziq-ovqat (goʻsht, shakarqand, sut va boshqalar), mashinasozlik (shu jumladan, kombaynlar ishlab chiqarish.) sanoatlari mavjud. Farmatsevtika fabrikasi, chinni zavodi, mebel kombinati faoliyat koʻrsatadi. 3 oliy oʻquv yurti (tibbiyot, ped., moliyaiqtisodiyot institutlari), 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi (kartinalar galereyasi bilan birgalikda) ishlab turibdi. Meʼmoriy yodgorliklaridan Voskreseniye (17-asr), Xristorojdestvenskaya (16-asr oxiri), Vozdvijeniye (16-asr) cherkovlari, dominika kostyoli (18-asr) saklangan.[1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |