Bukmeyker
Bukmeyker – sport va boshqa tadbirlarda tikilgan pullarni yigʻadigan va belgilangan miqdordagi pullarni tadbirdagi yutgan shaxslarga qaytaradigan inson yoki tashkilot.
Tarix
tahrirBirinchi bukmeyker 1795-yildagi Nyumarketdagi Ogden boʻlgan[1].
Tadbirlar doirasi
tahrirKoʻpgina mamlakatlardagi bukmeykerlar professional sport turlariga, ayniqsa ot poygalariga va katta futbol oʻyinlari yoki Hind Premyer Ligasi kabi musobaqa va tadbirlarda tikilgan garov pullarini qabul qilishga katta eʼtibor berishadi. Biroq, faqatgina baʼzi mamlakatlarda siyosiy saylovlar, Oscar marosimlari kabi tadbirlardagi garov pullari bukmeykerlar tomonidan qabul qilinadi.
Buyuk Britaniyaning qimor oʻyinlari sanoati
tahrirBuyuk Britaniyadagi birinchi bukmeyker Harry Ogden deb hisoblanadi, u 1790-yillarda bu biznesini yoʻlga qoʻygan. Yaʼni bunday ''biznes''lar 18-asrlarda boshlangan[2][3].
1845-yilgi oʻyinlar toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, Buyuk Britaniyada faqat poyga musobaqalaridagina pul tikishga ruhsat berildi. Oʻyinlarda juda koplab odamlar tomoshaga kelishar edi, shu sababli bukmeykerlarga pullar ''oqib kela boshladi''. Ular havfsizlik uchun olomon ichida faoliyat yurituvchi tan soqchilarni yollashar edi. Qonunga xilof tashkilotlar politsiya tarafidan jarimaga tortilsada, Bella Tomasson kabi politsiya koʻz yumgan bukmeykerlar ham bor edi.
1961-yilda Harold Makmillan qimor oʻyinlarini qonuniylashtirdi va qimor oʻyinlarini haqqoniy va halol boʻlishi uchun qatʼiy choralar korildi. Oʻsha vaqtlardan beri bukmeykerlik (qimor) sanoati rivojlandi. Bir vaqtlar 15 mingdan ortiq qimoq oʻyinlari mavjud edi. Qonunlar sababli esa 2013-yilda qimor oʻyinlari 9100-9200 gacha qisqardi[4]. Bu maʼlumotlar 2022-yil mart oyidagi koʻrsatkichlariga binoan 6219 gacha kamaydi[5], asosan Covid-19 va Buyuk Britaniyadagi bunday kompaniyalarning majburiy yopilishi tufayli koʻrsatkichlar pasayib ketgan. Mamlakatning eng yirik bukmeykerlar guruhi, „Buyuk uchlik“ deb tanilgan boʻlib, Uilyam Xil, Ladbrokes va Coraldan iborat[6].
Germaniya
tahrirOtlar poygalari va lotoreyalarga pul tikish togʻrisidagi qonun Germaniya qonun chiqaruvchi organi tomonida qabul qilingan va 2012-yilning 1-iyulida kuchga kirgan[7]. Oʻshandan beri barcha sport oʻyinlariga tikilgan garov pullarining 5% miqdori soliq sifatida olinadi (onlayn va offline). Bu butun Germaniya bukmeykerlik bisnesiga katta taʼsir qiladi.
Qoʻshma Shtatlar
tahrirOliy Sud 2018-yilda onlayn qimor oʻyinlariga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Biroq, onlayn qimor va kazinolarda qonuniy boʻlsa-da, har bir shtatning oʻz qoidalari mavjud. Pensilvaniya va Nyu-Jersi shtatlarida qonuniy bukmeykerlar DraftKings, FanDuel, va Pointsbet hisoblanadi. Missisipi, Nyu-Jersi, Delaver, Nevada va Gʻarbiy Virjiniya bu oʻyinlarni qonuniylashtirish jarayonida, ammo Nevada va Nyu-Jersi allaqachon qonunlarni qabul qildi. Koʻpchlab tahlilchilarning fikricha, onlayn qimor oʻyinlarini qonuniylashtirish tendensiyasi AQShning yana ham koʻproq shtatlarida davomiylashyabdi.
Manbalar
tahrir- ↑ The Daily Telegraph Chronicle of Horse Racing Barrett: . Enfield, Middlesex: Guinness Publishing, 1995 — 10-bet.
- ↑ Munting, Roger (1996). An Economic and Social History of Gambling in Britain and the USA. Manchester University Press. p. 89.
- ↑ Vamplew, Wray; Kay, Joyce. (2005). Encyclopedia of British Horseracing. Routledge. p. 50.
- ↑ Gambling Commission Gambling industry statistics April 2009 to September 2012
- ↑ „Betting shop statistics - Bookmakers Near Me“ (en-GB) (2023-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
- ↑ Vamplew and Kay, p. 51.
- ↑ „A general introduction to gambling law in Germany“. lexology.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.