Putin's People
Toʻliq nomi: Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) — britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rossiyalik milliarderlar haqida yozilgan kitob. 2020-yil aprelda HarperCollins nashriyotida chop etilgan.
Muallif(lar) | Catherine Belton |
---|---|
Til | inglizcha |
Nashr etilgan sanasi | 2020-yil aprel |
Nashriyot | HarperCollins |
Sahifalar soni | 640 |
ISBN | 978-0-374-71278-5 |
Tavsifi
tahrirAsar 16 yil davomida Financial Timesning Moskvadagi korrespondenti boʻlgan va Rossiyada yashagan britaniyalik jurnalist Catherine Belton tomonidan yozilgan. U Moskvada korrespondentlik qilish davomida oligarxlar, amaldorlar, maxsus xizmat vakillari va Kremlda ishlovchi insayderlar bilan yaqindan tanishgan[1]. Kitob „Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin odamlari, KGB (DXB) ning sobiq ofitserlari va kuchishlatarlar postsovet iqtisodiyoti va davlat institutlarining yogʻli sohalarini oʻz taʼsir doirasida tutib turgani“ haqida hikoya qiladi[2]. Kitob jurnalistik surishtiruv shaklida yozilgan boʻlib, Kremldagi insayderlar, diplomatlar, razvedkachilar, prokurorlar, kriminal shaxslar va oligarxlardan, asosan anonim tarzda[1][2] olingan sharhlardan iboratdir[1][2].
Sud
tahrir2021-yil mart, aprel va iyul oylarida Putin's People kitobini chop etgani uchun HarperCollins nashriyotini yolgʻon maʼlumotlarni tarqatishda ayblab bir necha marotaba sudga berishgan. Sudga berganlar:
- Roman Abramovich[3] — milliarder, „Chelsea“ futbol klubi sobiq egasi;
- Mixail Fridman — „Alfa Grupp“ egalaridan biri;
- Pyotr Aven — Alfa-bank direktorlar kengashi raisi;
- Shalva Chigirinskiy — biznesmen;
- Rosneft kompaniyasi[2].
Londonda sudgacha boʻlgan kelishuv shartlariga koʻra kitobni chop etgan HarperCollins nashriyoti kitobda keltirilgan maʼlumotlar boʻyicha muallif milliarderlar bilan gaplashmasdan, ushbu maʼlumotlarni chop ettirgani uchun uzr soʻradi va kitobning keyingi nashlarida bahslarga sabab boʻlgan maʼlumotlar chop etilmasligini maʼlum qildi[4][5].
Mukofotlari
tahrir2020-yil „The Times“, „The Sunday Times“ va „The Daily Telegraph“ nashrlari „Putin's People“ kitobini yil kitobi deb eʼlon qildilar.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 «Люди Путина»: одиссея офицера КГБ, который навсегда остался в Дрездене // BBC, 10 июня 2020
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Два миллиардера и «Роснефть» подали в суд на издателя книги «Люди Путина» // РБК, 2 мая 2021
- ↑ „Роман Абрамович «Путиннинг одамлари» номли китобни нашр этган компанияни судга берди“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 1 июль.
- ↑ „«Путиннинг одамлари» китобини чиқарган компания россиялик миллиардерларнинг талабига рози бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль. (Wayback Machine saytida 2021-07-30 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Издатель книги "Люди Путина" удалит фрагменты, из-за которых Фридман и Авен подали иск“. ТАСС. Qaraldi: 28 июля 2021.
Havolalar
tahrir- A KGB Man to the End. The origins of Putin’s worldview—and the rise of Russia’s new ruling class // The Atlantic
- Breakingviews — Review: Russian capitalism binds «Putin’s People» // Reuters
- How Putin pushed aside the oligarchs and made Russia his own // The Washington Post
- Moscow rules in London: how Putin’s agents corrupted the British elite // The Spectator
- Putin’s People by Catherine Belton review — a groundbreaking study that follows the money // The Guardian
- Putin’s People by Catherine Belton review: the book that reveals the truth about Russia // The Daily Telegraph
- Putin’s People by Catherine Belton review — the most important book on modern Russia // The Times
- ʻPutin’s People’ Documents the Ruthless and Relentless Reach of Kremlin Corruption // The New York Times
- Putin’s People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West // Financial Times