Pyotr Mixaylovich Kulakov (1964-yil 21-mart, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Qoʻqon shahri) — teleyevangelist, sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqidagi birinchi Xristian Media Markazi asoschisi, pastor va xorijdagi missioner.

Pyotr Mixaylovich Kulakov
Tavalludi 1964-yil 21-mart
Kasbi teleyevangelist, pastor, xorijdagi missioner
Otasi Mixail Kulakov
Onasi Anna Kulakova
Veb-sayti https://www.lightofhopetv.com/

Biografiyasi

tahrir

Pyotr Kulakov 1964-yil 21-martda SSSR O‘zbekiston SSR (hozirgi O‘zbekiston) Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Bolalik yillari, asosan, Rossiyaning markaziy shaharlarida o‘tgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

1990-yilda Kulakov 26 yoshda ikkita milliy kommunistik radio tarmogʻida muntazam ravishda jonli efirga chiqqan birinchi teleyevangelist hisoblanadi. U 900 FM radiosida faoliyat yuritgan va ushbu toʻlqinlardagi chiqishlari 11 ta vaqt zonasida efirga uzatilgan. Moskva davlat universiteti olib borgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Kulakov faoliyat yuritgan „Voice of Hope“ („Umid ovozi“) radio dasturi boshqa barcha diniy eshittirishlar orasida eng mashhur dastur hisoblangan.

1992-yilda Kulakov Kreml madaniyat saroyida 12 kun davomida amerikalik yevangelist Mark Finleyga rus tilidan tarjimonlik qiladi[1], shuningdek, 1993-yilda Moskva Olimpiya stadionida[2] ham oʻz chiqishlari bilan paydo boʻladi.

2005-yilga kelib Pyotr Kulakov ikki tilda, rus va ingliz tillarida haftalik „Light of Hope“ („Umid nuri“) televizion dasturini efirga qoʻyishni boshlaydi. Rus tilidagi „Light of Hope“ dasturi CNL yevangelist sunʼiy yoʻldosh tarmogʻida[3], shuningdek „Hope Europe“ dasturi sunʼiy yoʻldosh kanalida, ingliz tilidagi dastur esa har hafta Metro Atlantadagi 5-Comcast kanalida efirga uzatiladi.

2007 va 2010-yillarda Kulakov Kiyev, Ukraina, Kishinyov va Moldovadan jonli ravishda sunʼiy yoʻldosh orqali ikkita yirik yevangelistlar uchrashuvini taqdim etadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir