Ganira Pashayeva
Ganira Pashayeva (ozarbayjoncha: Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı; 1975-yil 24-mart, Düz Qırıqlı,Tovuz – 28-sentyabr 2023-yil, Boku, Ozarbayjon) — ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati[1].
Ganira Pashayeva | |
---|---|
ozarb. Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı | |
Milliy Majlisning Madaniyat qo‘mitasi raisi | |
Mansab davri 2005-yil – 2023-yil | |
Haydar Aliyev jamgʻarmasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi | |
Mansab davri 2005-yil – 2023-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-dekabr 1975-yil Tovuz tumani, Düz Qırıqlı qishlogʻi, Ozarbayjon SSR, SSSR |
Vafoti |
28-sentyabr 2023-yil (47 yoshda) Boku, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Siyosiy partiyasi | Partiyasiz |
Bolalari | qizi: Firuza |
Taʼlim | Ozarbayjon tibbiyot universiteti |
Mukofotlari | |
Imzosi |
Tarjimai holi
tahrirGanira Pashayeva 1975-yil 24-martda Tovuz tumanining Düz Qırıqlı qishlogʻida tugʻilgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetining Pediatriya fakultetini va Boku davlat universitetining Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.
Oʻlimi
tahrirGanira Pashayeva 23-sentyabr kuni sogʻligʻida yuz bergan jiddiy muammolar tufayli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan edi. Kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan gipotonik xastalik tashxisi qoʻyilgan Ganira Pashayevaning sogʻligʻi ogʻirligi sababli Markaziy klinik shifoxona tibbiyot xodimlari va Turkiyadan jalb etilgan tibbiyot mutaxassislari tomonidan barcha zarur choralar koʻrildi. 2023-yil 28-senytabr kuni Ganira Pashayeva 48 yoshida vafot etdi. Pashayeva 2023-yil 29-sentabrda İkinci Fəxri Xiyabanga dafn etilgan[2].
Vasiyatnoma
tahrirPashayeva oʻlimidan soʻng oʻz tana aʼzolarini muxtoj bemorlarga topshirishni vasiyat qilib qoldirgan[3]
Oilasi
tahrirGanira Pashayevaning Firuza ismli qizi bor[4].
Jurnalistlik faoliyati
tahrir1998-yildan ANS (Azerbaijan News Service) telekompaniyasida reportyor, muxbir, muharrir, katta muharrir, bosh muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, yangiliklar boʻlimi bosh muharriri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2005-yilda u Haydar Aliyev jamgʻarmasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirGanira Pashayeva Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining III, IV, V va VI chaqiriqlari deputati. Milliy Majlisning Madaniyat qoʻmitasi raisi.
Somalidagi shifokorlik faoliyati
tahrir2012-yilda Somalida ikki hafta pediatr sifatida faoliyat yuritgan va mahalliy aholiga yordam bergan.
Mukofotlari
tahrirGanira Pashayeva Gurjistonning faxriy fuqarosi[5]. Oshiq Alasgar 200 yilligi yubiley medali bilan taqdirlangan (29.12.2021). 2011-yil 30-sentabrda „İslahatçı Gənclər“ ijtimoiy birligi tomonidan Ganira Pashayeva „Xəzər“ milliy mukofoti bilan taqdirlangan[6].
Kitoblari
tahrir- „Nobel mükafatlı qadınlar“. Boku: „Elm və təhsil“ nashriyoti. 2009-yil. 456 sahifa. 1000 nusxa.
- „Tarixə adını yazan qadınlar“ 3 jild. Boku: Ozan, 2011.
- „Xocalı soyqırımı (26-fevral 1992): şahidlərin dilindən (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)“. H. Mammadova bilan birga. Boku. „Elm və təhsil“ nashriyoti, 2011.
- „Səndən sonra“. Tabriz. 2020[7].
- „Türk ruhunun söz bayrağı Əhməd Cavad“[8].
Filmografiyasi
tahrir- „Apreldən əvvəl may… Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti“ (film, 2001)
- „Erməni soyqırımı. Türkün sözü“ (film, 2001)
- „Mənə inanın!“ (film, 2007)
- „Ruhum qarabağlıdır“ (film, 2012)
Manbalar
tahrir- ↑ „Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı“. www.meclis.gov.az. 2020-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Qənirə Paşayeva dəfn edildi - YENİLƏNİB“ (az). Oxu.Az (2023-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Сўнгги яхшилик. Ганира Пашаеванинг васиятномаси эълон қилинди“. Qaraldi: 4-dekabr.
- ↑ „Qənirə Paşayeva Somalidə həkimlik edəcək“. 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
- ↑ „Qənirə Paşayeva "Gürcüstanın Fəxri Vətəndaşı" oldu“. 2010-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-mart.
- ↑ „Qənirə Paşayeva kimdir?“.
- ↑ Real TV. „Millət vəkili Qənirə Paşayevanın kitabı Təbrizdə nəşr edilib“ (az). Youtube.com (2020-yil 30-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
- ↑ ATV. „"Türk ruhunun söz bayrağı Əhməd Cavad" kitabının təqdimatı olub“ (az). Youtube.com (2022-yil 15-avgust). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
Havolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |