Qadam Sharif (Dehli)
Dehlining Paharganj shahridagi Qadam Sharif Dargohi 1375–1376-yillarda qurilgan kichik maqbara majmuasidan iborat boʻlib, unda masjid, madrasa va ziyoratgoh („dargoh“) joylashgan. Uning atrofi katta darvoza va devor bilan oʻralgan[1][2].
Qadam Sharif dargohi | |
---|---|
Qabr joylashgan qism | |
Joylashuvi | Dehli |
Koordinatalar | 28°38′59″N 77°12′43″E / 28.6498°N 77.2119°E |
Asosiy sanalar | 1376-yil |
Holati | faol |
Qadam Sharif (Dehli) |
Tarixi
tahrirDastlab Firuzshoh Tugʻloq (1309–1388) oʻzi uchun asosi katta toʻrtburchak shakldagi maqbara qurdirgan va uni odatdagi Tugʻloq uslubida ulkan devorlar va darvozalar bilan oʻrab olgan. Biroq, 1376-yilda uning oʻgʻli Fatehxon vafot etgach, u maqbaraga oʻgʻlini dafn ettiradi. Bundan tashqari, Firuzshohning ruhiy yoʻlboshchisi Hazrati Sayid Jaloliddin Husayn Buxoriy Makkadan olib kelgan Muhammadning oyoq izi tushirilgan tosh ham shu yerga qoʻyiladi. Ushbu oyoq izi („Qadam Sharif“ = "Paygʻambarning izi") butun majmuaga Qadam Sharif nomi berilishiga sabab boʻladi Maqbara majmuasi tarkibida masjid va madrasa mavjud.
Oʻshandan beri koʻp asrlar davomida butun hududdagi uy-joy va tijorat binolari qurilishi hisobiga majmuaga zarar yetgan boʻlsa-da, qabr, devorlarning aksariyati va bir nechta darvoza hali ham yaxshi saqlanib qolingan. Bundan tashqari, qabr qoshidagi madrasa va masjiddan hamon foydalanilmoqda, oyoq izi esa bu inshootni muhim ahamiyatga ega boʻlgan ziyoratgohga aylantirgan.
Joylashuvi
tahrirMajmua Yangi Dehli temir yoʻl vokzalining shimoli-gʻarbiy qismida, aholi zich joylashgan shahar hududida bunyod etilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Smith, R.V.. „Aurangzeb and the thieves“. The Hindu (2011-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 4-noyabr.
- ↑ James L. Wescoat. Mughal gardens: sources, places, representations, and prospects. Dumbarton Oaks, 1996 — 89-bet. ISBN 0-88402-235-8.
- ↑ Lucy Peck. Delhi - A thousand years of Building. New Delhi: Roli Books Pvt Ltd., 2005. ISBN 81-7436-354-8.
Havolalar
tahrir- Sadia Dehlvi. The Sufi Courtyard: Dargahs of Delhi. Harper Collins, 2012. ISBN 978-93-5029-095-8.
- The Shrine of the Holy Footprint in Delhi by A Welch.Muqarnas. Vol. 14, (1997), pp. 166–178