Qadimgi Hindiston meʼmorchilik sanʼati
Oʻrta sharqda asrlar davomida arxitektura sanʼati oʻzining ulugʻvorligi va keng tarixi bilan boshqa hududlardagi arxitektura sanʼati vakillaridan farqlanib turgan. Ayniqsa Xitoy hamda Hindistonda anchagina asrlar davomida arxitektura sanʼati rivojlanib kelgan[1].
Meʼmorchilik sanʼati
tahrirIlk feodalizm davri VI asrda Gupta sulolasi hokimiyati koʻchmanchi qabilalar tazyiqida halokatga uchradi. Uning shirnoliy tomonlarining anchagina qismini eftalitlar oʻz yerlariga qoʻshib oldilar. Qolgan qismi esa qator knyazliklarga ajralib ketdi. Hindistonda feodalizm rivojlanib bordi. Shu davrga kelib, Hindistonga tashqi hujumlar ham kamaydi va Hindiston iqtisodiy rivojlanish, tashqi mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borish imkoniyatiga ega boʻldi. Bu davrga kelib braxman dini buddizmni siqib chiqardi. Agar buddaviylikda sanʼatni koʻtarinki ruhda odamlar, qahramonlami goʻzal tabiat qoʻynida tasvirlasalar, endilikda Vishnu va Shiva qiyofalari va ularga atab qurilgan ibodatxonalar yetakchi oʻrinni egallay boshladi.Ularga atab katta meʼmoriy majmualar barpo etila boshlandi. Qurilish ishlarida ham oʻzgarishlar sezilarli boʻldi. Chaytya va vixara(monastir yotoqxonasi) xonalari kengaydi, bezak ishlarida esa haykaltaroshlik yetakchi oʻringa chiqib oldi va deyarli meʼmorchilik bilan uygʻunlashib ketdi. Hindistonda oʻrta asrchilik uzoq davom etdi. Gupta davrida rivojlanaboshlagan bu ijtimoiy tuzum XVIII asrgacha davom etdi. Shu davmi ikkiga — VII—XII asrlami ilk davr va XIII—XVIII asrlami rivojlangan davriga kiritiladi. Ilk davr VII asr meʼmorchiligi, asosan, Madoras yaqinidagi Maxabalipurama (Mamallapurama) shaharchasida toʻplangan. Bu yodgorliklar kompleksi katta qoyalami yoʻnish asosida yaratilgan hamda gʻorga ishlangan ibodatxonalardan, qoya sathida ishlangan „Gangning pastga tushishi“ boʻrtma tasviridan tashkil topgan. Qoyaga yoʻnib ishlangan ibodatxona — rathlar balandligi 14 metrdan, gʻor ichiga ishlangan ibodatxonalarning eni va uzunligi esa 8 metr dan oshmaydi. Koʻp hollarda qoyaga yoʻnib ishlangan ibodatxonalaming ichki xonasi yoʻq. Ularning tashqi shakllarida oʻsha davrda mavjud boʻlgan ibodatxonalar shakli qaytariladi. VIII asr meʼmorchiligida haykaltaroshlik sanʼati muhim oʻrinni egallaydi. Bu xususiyat turdagi Kaylasanʼat ibodatxonasida yaqqol seziladi. Yaxlit qoyani yoʻnib yaratilgan bu ibodatxonaning uzunligi 60 metr, balandligi 70 metr boʻlib, ramziy xarakterga ega, goʻyo u Shiva yashagan muqaddas togʻ ramziy koʻrinishini bildiradi. Ibodatxona devorlari boʻrtma tasvirlar (barelyef va gorelyef) bilan qoplangan. Unda Shiva va uning yoʻldoshi Parvati hayoiiga bagʻishlangan voqealar, braxmanizm bilan bogʻliq lavhalar tasvirlangan. Ibodatxonaning ichki xonalari hajm jihatdan uncha katta boʻlmay, ulami bezashda ham haykaltaroshlik sanʼati yetakchi oʻrinni egallaydi. Devoriy rassomlik sanʼati ikkinchi darajali rol oʻynagan. VIII asrga kelib, ibodatxonalarning, asosan, ikki tipi odat tusiga kirdi. Bulardan birinchisi, shimoliy Hindiston yerlarida qurilgan boclib, bu tipdagi ibodatxonalarning tepa tomani uchi biroz qayrilgan baland minorali, ikkinchisi esa zinali, piramida shakldagi ibodatxonalar boʻlib, ular koʻproq janubiy Hindiston yerlarida keng tarqaldi. Bxubanesvaredagi Lingardja ibodatxonasi hamda Kadjuraxodagi Kandarya Maxadeo ibodatxonasi shu davr hind meʼmorchiligining birinchi tipiga misoldir. Bxubanesvaredagi ibodatxona minorasi mayin egilgan vertikai chiziqlar bilan boʻlib chiqilgan, shakli nilufar mevasini eslatadi. Ibodatxonaning qolgan qurilmalari shu asosiy minora shaklini kichik hajmlarda qaytaradi va butun kompozitsiya dinamikasini oshiradi. Ibodatxona kompleksi 140x160 metr maydon oʻrtasida joylashgan boʻlib, uning atrofi devor bilan ajratilib chiqilgan. Ibodatxona toʻrt bolim dan iborat, ular asosiy oʻq boʻyicha sharqdan gʻarbga qarab joylashadi. Balandligi 40 metrdan ortiq ibodatxona minorasi kompozitsiyaning badiiy tugal boʻlishiga xizmat qiladi. Tanjordagi Shivaning katta ibodatxonasi janubiy Hindiston oʻrta asr meʼmorchiligining nodir yodgorligi hisoblanadi. Katta maydon oʻrtasiga oʻrnatilgan meʼmorchilik ansambli kompozitsiyasining markaziy qismi 63 metrli minora bilan tugallanadi. Minora uchta katta hajmdan tashkil topgan boʻlib, pastdagi hajm kvadrat, undan keyin kesik piramida va dumaloq gumbaz uning kompozitsiyasini tashkil etadi. Bu hajmlar dekorativ bezakka boy, lekin ular minoraning yaxlit va ulugʻvor boʻlib koʻfinishiga xalaqit bermaydi[2].
Tasviriy sanʼat
tahrirHind haykaltaroshligi gʻor va qoyalarga ibodatxonalar ishlash sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Yaratilgan haykaltaroshlik asarlarida (relyef, dumaloq haykal) umuman, shartlilik yetakchilik qiladi. Hayotiy voqealar afsonaviy voqealar bilan aralashib kelsa ham, ayrim obrazlar hayotiy, his-tuygʻularga boy va toʻlaqonliligi bilan katta taassurot qoldiradi, Bu oʻrinda uch yuzli Shiva haykali (VIII asr) diqqatga sazovor. Katta uchboshli Shiva byusti (balandligi 6 m) oʻzining fantastik koʻrinishi bilan kishini hayajonlantiradi. Unda Shivaning uch karomati — markaziy qismda Shiva — yaratuvchi, oʻng tomonda Shiva homiy chap tomonda esa Shiva — borliqni yoʻq qiluvchi kuch sifatida namoyon boʻladi. „Gangning pastga tushishi“ boʻrtma tasviri hind sanʼatining nodir yodgorligidir. Unda monumental shakllarda xalq sanʼatiga yaqin boʻlgan realistik xislatlar yaqqol namoyon boladi. Balandligi 9 m, kengligi 27 metr boʻlgan yuzada ishlangan bu boʻrtma tasvirda muqaddas Gang suvining pastga tushishi va unga tomon intilayotgan jonzot aks ettirilgan. Obrazlar koʻp hollarda nihoyatda umumlashma va yaxlit shakllarda ishlangan boʻlishiga qaramay, kompozitsiya hayotiy va xattiharakatga toʻla. Ayrim obrazlar yechimining ifodali va tomashabobligi esa asar taʼsir kuchini yanada oshiradi. Hind haykaltaroshligida realizmning oʻziga xos tomoni ayollarga bagʻishlangan asarlarda, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻladi. „Xat yozayotgan ayol“, „Koptok oʻynayotgan ayol“ kabi haykaltaroshlik asarlarida magoʻzalnaviy va jismoniy goʻzallik qoʻshilib, ajoyib tugal, katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan sanʼat namunasi vujudga kelgan[3].
Boburiylar sulolasi davrida meʼmorchilik
tahrirXIII asrdan boshlab, Hindiston siyosiy va madaniy hayotida muhim davr boshlandi. Mamlakat siyosiy munosabatlarning yangi davriga qadam qoʻydi. Hind yerlarining turkiylar tomonidan bosib olinishi, musulmon feodallarining hukmronligi Hindistonda yirik markazlashgan davlatlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Bobur va uning vorislari hukmronlik qilgan Hindiston XVI—XVII asdarda oʻzining eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Musulmonlar bilan kirib kelgan yangi Islom dini davlat diniga aylandi. Uning taʼsiri esa meʼmorchilik va tasviriy sanʼatda oʻz ifodasini topdi. Shimoliy Hindistonda Oʻrta Sharq meʼmorchiligi anʼanalari asosida yaratilgan masjid, minora, maqbaralar yuzaga kela boshladi. Meʼmorchilikda keng ishlatilgan haykaltaroshlik sanʼati oʻrnini oʻyma va chizma naqshlar egalladi, jonli narsalar tasvirini ishlash kamaydi. Shunga qaramay, hind sanʼati anʼanalari oʻz umrini yangi davrda ham davom ettirdi. XIII asrda Dehlida qurilgan „Quvvatul islom“ masjidi minorasi bunga misoldir. Hind ustalari yangi davr m eʼmorchiligi kompozitsiyasini qadimgi hind sanʼati anʼanalari bilan boyitdilar. Bu xususiyat minoraning ochiq ayvonchalar bilan bir necha qavatga ajratilishida, minora yuzasining burma qilib bezatilishida va nur-soya oʻyinining boyligida seziladi. Bu minora oʻz prototiplaridan keskin ajralib turadi. Hind ibodatxonalari tipi oʻrniga musulmon masjidlari qurildi. islom dini bilan bogʻliq boʻlgan hind masjidlari ham tarh, ham tuzilish jihatidan sodda va ratsionaldir.Uch tomoni ustunli ayvonchalar, toʻrtinchi tomoni ustunli nomozgoh boʻlib uning gʻarb tomonida mehrob joylashgan. Hindistonda qurilgan dastlabki masjidlar badiiy jihatdan sodda boʻlgan. Boburiylar hukmronlik qilgan XVI—XVII asrlarda hind sanʼati va madaniyati yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. Keyinchalik markazlashgan boburiylar davlatida yangi shaharlar vujudga keldi. Mustahkam devorlar bilan oʻralgan masjid, maqbara, saroy va bogʻlari bolgan katta qal’alar yaratiídi. Bu davrda hind oʻrta asr meʼmorchiligi oʻzining soʻnggi taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi. Boburning nabirasi Akbar hukmronlik qilgan davrda (1556— 1605) qurilish yanada rivojlandi. U Agra shahri qurilishiga, ayniqsa, katta eʼtibor berdi. Zamondoshlarining fikriga koʻra, bu shahar oʻsha davrda dunyodagi eng goʻzal shaharlardan biri boʻlgan. XVII asr meʼmorchiligida serhashamlikka intilish kuchaydi, oq marmar quruvchilarning sevimli materiali boʻlib qoldi.Shohjahonning buyrugʻi bilan uning marhuma rafiqasi xotirasiga qurilgan Agradagi Toj Mahal masjid-maqbarasi (1632— 1650) oq marmardan qurilgan muhim yodgorlik, hind sanʼati ning nodir durdonasi hisoblanadi. Bu binoni qurishda Hindiston, Turkiya, Eron, Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston ustalari qatnashgan. Keng va koʻrkam gumbaz atrofiga qurilgan toʻrt minora Tojmahalga tugallik va koʻrkamlik baxsh etadi. Uni yengil, goʻyo yuqoriga, fazoga intilayotgandekqilib koʻrsatishga xizmat qiladi. Binodagi arka va ustunlar bu yengillikni yanada oshiradi. Tojmahalning aksi uning qarshisidagi hovuz suvida tovlanib, butun majmua jozibasini yanada kuchaytiradi. Dehlida Shohjahon davrida qurilgan Jome masjidi ham oq marmardan ishlangan, m inoralari esa qizil m arm ar bilan pardozlangan. Agradagi Rimad ul-Daul, Akbarshoh maqbaralari, Fatexpur — Sikridagi baland darvoza, Dehlidagi Jome masjidi(1644— 1658-y.) ham hind va musulmon meʼmorchiligi uygʻunligida barpo etilgan. Fuqaro meʼmorchiligi ichida Dehlidagi „Qizil Fort“ qoʻrgʻoni mashhurdir. Tasviriy sanʼat. Bu davrga kelib gʻorga ishlangan ibodatxonalarning kamayishi va toʻxtashi monumental devoriy rassomlik sanʼatining ham unutilishiga sabab boʻidi. Endilikda oʻrta asr hind sanʼatida rassomlik kitoblar uchun miniaturalar ishlashda namoyon boʻldi[4].
Dastlabki hind miniaturalari kitoblarga ishlangan illustrasiyalar shaklida paydo boʻldi. Ilk oʻrta asr hind miniatura sanʼati namunalari Gudjeratada saqlanib qolgan. Gudjerata maktabi (XIII—XV asrlar) miniaturalarida voqelikni shartli va yassi, yorqin boʻyoqlarda ishlash tendensiyasi seziladi. Uning oʻziga xos tomoni odam tasvirini ishlashda ham koʻrinadi. Gudjerata maktabi rassomlari tomonidan odam tasviri koʻp holda yon tomondan, koʻz esa old tomonga qaratilib ishlanadi. Miniatyura sanʼati taraqqiyotining yangi bosqichi boburiylar davri bilan bogʻliq. Koʻpgina Oʻrta Sharq miniaturachilari Hindistonga taklif qilindi. Bular ichida Samarqand, Tabrizdan kelgan miniatyurachilar o ʻz ijodlari bilan hind miniatura sanʼatining ravnaqiga katta taʼsir oʻtkazdilar. Boburiylar davri miniatura sanʼatining dastlabki davri bevosita Oʻrta Sharq miniatura sanʼati taʼsirida shakllangan boʻlsa ham, lekin uning oʻziga xos tomonlari mavjudligini inkor etib b o lmaydi. Bu xususiyat hind miniaturachilarining tasvirida fazoviy kenglikni koʻrsatish, borliqni hajmli qilib tasvirlashga intilishlari seziladi. Bu davr miniatura maktabining xarakterli tomonlari, ayniqsa, Akbarshoh hayotini aks ettiruvchi suratlarda yaqqol koʻrinadi. Boburiylar davri miniatura sanʼatida asta-sekin portret sanʼati keng yoyila boshlagani ham shu davr rassomlik sanʼati realistik anʼanalarining kengayib, Yevropa realistik sanʼati taʼsiri kuchayib borayotganligidan dalolat beradi. Bu xususiyat Hind miniatura sanʼatining keyingi bosqichi Jahongir podsholik qilgan davrda (1605—1627) yanada rivojlandi, portret sanʼati esa yanada kamol topdi. Shu davrdan boshlab, hayotiy maishiy janrda, ishq-muhabbat mavzusida koʻpgina suratlar ishlandi. Tabiat, turli qush, hasharot va hayvonlar tasviri rassomlarni oʻziga jalb etdi. oʻrta asr hind miniaturasi haqida gapirilganda Rajput miniatura maktabi ustida to ʻxtalmay boʻlmaydi. Bu maktab boburiylar miniatura maktabi taʼsirida boʻlsa ham, ularda shartlilik saqlanib qoldi. Shakllarning tekis yuzada talqini, yorqin rang tizimi, chiziqlarning ritmik koʻrinishi uning asarlariga oʻziga xos joziba kiritadi va uni qadimgi hind devoriy rassomligiga yaqinlashtiradi. Rajput knyazligida (Rojiston va Markaziy Hindiston) XVI— XIX asrlarda mavjud boʻlgan bu maktab sanʼatida Krishna bilan bogʻliq diniy mifologik sujetlar keng o ʻrinni egallaydi. Oʻrta asr amaliy-bezak sanʼati boy va rang-barang. Turli zargarlik, yogʻoch, suyak oʻymakorligi borasidagi ajoyib namunalar hind xalqining yuksak did va boy fantaziyasidan dalolat beradi. oʻrta asr hind sanʼati, deyarli ming yildan ortiq vaqt davom etdi. Shu davrda yaratilgan sanʼat yodgorliklarining nodir namunalari insoniyat tafakkuri va aql-zakovatiga, did-farosatiga oʻrnatilgan haykaldir[5].
Yana qarang
tahrirGalareya
tahrir-
Jama_Masjid,_Dehli
-
Toj Mahal devoridagi naqshlar
-
Agradagi masjid
-
Toj Mahal
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Asqarov.Sh.J. Arxitektura tarixi. — Toshkent: 2009-yil
- ↑ Vseobщaya istoriya arxitekturi /red. kollegiya/V 12 tomax. — M: 1970.
- ↑ George, A.. The Rise of Islamic Calligraphy. Saqi, 2010 — 60-bet. ISBN 978-0-86356-673-8. „The answer to this question begins with the oldest surviving Islamic monument“
- ↑ Sanʼat, arxitektura va shaharsozlik tarixi. Oʻquv qoʻllanma. Mualif: S.A.Masharipova.Toshkent Arxitektura-qurilish instituti, 2013-yil