Qahvali jele
Qahvali jele (yaponcha: コーヒーゼリ ) — qahva taʼmi va iforili shirin jele[1][2]. Qahvali jele bir vaqtlar Britaniya va Amerika pazandachilik kitoblarida keng tarqalgan edi, ammo hozirda u Yaponiyada juda mashhur va uni koʻpchilik restoran va doʻkonlardan topish mumkin.Bundan tashqari, qahvali jele baʼzan Yaponiyadagi davlat maktablari oshxonalarida maktab tushliklari menyusiga kiritilgan.
Tarixi
tahrirQahvali jeli uchun retseptlar Angliyada 1817-yilda nashr etilgan oshxona kitoblarida paydo boʻlgan[3][4]. Dastlabki retseptlarda qahvani buzoqdan tayyorlanadigan dildiroq jele va isinglass[en] bilan aralashtirishni taklif qilingan[5]. Qadoqlangan jelatin paydo boʻlganidan soʻng, koʻpchilik retseptlarda jelatinni issiq qahvalarda eritib, keyin qolipga quyish kerakligi aytilgan[6].
XX-asrning boshlarida qahvali jeleni issiq qahvaga nisbatan sogʻlom muqobil sifatida tavsiya etilgan, bunda jelatin ortiqcha oshqozon kislotasini yoʻqota oladi[7].
Jell-O[en] kompaniyasi 1918-yilda[8] qahvali jele liniyasini ishga tushirdi, ammo shirinlik Yangi Angliyadan tashqarida keng mashhurlikka hech erisha olmadi. Bugungi kunda qahvali jelini hali ham Rhode Island, Massachusets va boshqa Nyu-England shtatlarida topish mumkin. 1827-yilda ochilgan Bostondagi Durgin-Park restoranida hali ham avvalgi kundan qolgan qahvadan tayyorlangan qahvali jeli taqdim qilinadi[9].
Yapon qahvali jelesi Taysho davrida (1912-1926)[10] Yevropa jelesi turlariga taqlid sifatida ishlab chiqilgan. U Gʻarb modasi didiga ega boʻlgan zamonaviy yoshlarni oʻziga tortdi va qahva madaniyati bilan birga mashhur boʻldi[10]. Qahvali jele Yaponiyada oʻz oʻrnini yoʻqotmayapti va butun mamlakat boʻylab keng tarqalgan. 2016-yilda Starbucks Yaponiyada frappuchino uchun qahvali jeli variantini ishga tushirdi[11][12].
Tavsifi
tahrirYapon qahvali jelesi agar-agarga qoʻshilgan shirin qahvadan tayyorlanadi, bu suvoʻtlaridan olingan jelatinga oʻxshash moddadir[10]. Bundan tashqari, Yaponiyada qahvali jelening ustini koʻpirtirilgan qaymoq bilan bezatish mashhur. Yevropa va Amerika retseptlarida agar-agar oʻrniga anʼanaviy jelatin ishlatiladi.
Qahvali jele koʻpincha kubcha shaklda kesilib, turli shirinliklar, taomlar va ichimliklar bilan tortiladi. Qahvali jele kubchalari baʼzan sutli kokteyllar, alkogolsiz ichimliklar yoki sandey muzqaymoqlariga qoʻshiladi. Qahvali jele koʻpincha bir chashka issiq yoki yaxna qahvaga qoʻshiladi, taʼbga koʻra qaymoq va sirop qoʻshilishi mumkin. Quyultirilgan sutni idishdagi sovutilgan qahvali jele kublari ustiga quyiladi va qoshiq bilan isteʼmol qilinadi[13].
Madaniyat va sanʼatda
tahrirSaiki K ning halokatli hayoti nomli manga va anime serialida bosh qahramon Saiki Kusuo hayotida faqat bitta zaif tomoni — bu qahvali jelega boʻlgan muxabbatidir[14].
Manbalar
tahrir- ↑ Journal of Taste, 1904 — 42-bet.
- ↑ About Ices Jellies & Creams, Kegan Paul library of culinary arts. Taylor & Francis, 2013 — 81-bet. ISBN 978-1-136-18425-3.
- ↑ Hughson, D.. The New Family Receipt Book. L.: W. Pritchard and J. Bysh, 1817 — 204-bet.
- ↑ Thomson, Julie R. „Coffee Jelly Is The Dessert That Just Won't Die“. The Huffington Post (2016-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-may.
- ↑ Jarrin, G.A.. The Italian Confectioner, Third, L.: William A. Ainsworth, 1827 — 141-bet.
- ↑ Kander, Simon. The Settlement Cookbook, Eleventh, Milwuakee: The Settlement Cookbook Company, 1921 — 371-bet.
- ↑ Coffee After Dinner.Этот шаблон использует устаревший параметр «название». Пожалуйста, отредактируйте эту статью, заменив «название» на «заглавие».
- ↑ „10 Food Products That (Thankfully) Flopped“. Mental Floss. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Boston Uncommon“. Saveur. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 White 2012.
- ↑ „Starbucks Unveils Coffee Jelly Frappuccino“. Time (2016-yil 27-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-may.
- ↑ „People Are Going Crazy for Starbucks Japan's Coffee Jelly Frappuccinos“. Eater. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
- ↑ „The Delicious Road: a Japanese Dessert Journey“. Tofugu. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
- ↑ The Disastrous Life of Saiki K. Ch. 27. — „Ch.“ is shortened form for chapter and refers to a chapter number of The Disastrous Life of Saiki K. manga. Chapters preceded with a P refer to the one-shots that were later collected in Volume 0.
Adabiyotlar
tahrir- White, Merry I.. Coffee Life in Japan. University of California Press, 2012. ISBN 978-0-520-25933-1.