Qalʼai Mir
Qalʼai mir — koʻp qatlamli yirik shahar xarobasi. Tojikistonning Shahrituz tumanidagi Qubodiyon shaharchasida joylashgan. Kofarnihon daryosining quyi oqimida. Maydoni 275×270 m. Q.M. hududidan 1950—51 yillarda Baqtriya usuliga xos inshoot qoldiqlari va miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalaridan milodiy 1-asrlargacha boʻlgan moddiy madaniyat ashyolari topilgan. Q.M. va unga yaqin boʻlgan Kayqubodshoh shahri xarobalarini tekshirish natijasida Shim. Baqtriya yodgorliklarining dastlabki stratigrafik jadvali ishlab chiqilgan (M.M.Dyakonov). Keyinchalik stratigrafiyaga birmuncha aniklik va tuzatish kiritildi. QM. miloddan av. 6— 4-asrlarga oidligi aniqlandi, 5 tarixiymadaniy davrga boʻlindi (Qubodiyon I—V). Qubodiyon 1 va QubodiyonP bosqichlari oʻrtasidagi katta xronologik uzilish oʻrganildi. Q.M.dan koʻplab sopol idishlar va temir buyumlar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |