Qaraqiya (tuman)
Qaraqiya tuman — Mangʻistau viloyatining janubida joylashgan maʼmuriy hudud. 1973-yil tashkil topgan. 1997-yilgacha Yeraliev tumani deb nomlandi. Maydoni 65,8 ming km2. Aholisi 32,638 kishi (2013). Tuman markazi — Quryq qishlogʻi.
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Mangʻistau viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Quryq | |
Asos solingan sanasi | 1973-yil | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 32,638[1] | |
Zichligi | 0,5 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar | |
Maydoni | 65,8 ming km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 72937 [2] | |
Pochta indeksi | 130300-130306[3] | |
Avtomobil raqami kodi | R, 12 | |
Xaritada | ||
43°11′0″N 51°41′0″E / 43.18333°N 51.68333°E |
Geografiyasi
tahrirTumanda Qozogʻistondagi dengiz sathidan past barcha pasttekisliklar joylashgan. Tumanning gʻarbida Ashisor (-39 m) va Qaraqiya (-132). Tumanning eng baland joyi Gʻarbiy Usyurtdagi Qaraman choʻqqisi (340 m).
Aholisi
tahrirAholisi juda siyrak joylashgan. Tuman aholisi 32,638 kishi, 1 km2-ga 0,5 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Qishloq aholisi 8 ta qishloqdagina istiqomat qilishadi. Katta qishloqlari: Quruq qishlogʻi (7,2 ming kishi), Jetibay (9,1), Munayshi (3,6) kentlari va Bostan (1,4), Senek (1,8) qishloqlari. Aholisining asosiy qismini (99 %) qozoqlar tashkil qiladi, suningdek ruslar, tatarlar, ukrainlar va boshqa millat vakillari istiqomat qilishadi.
Iqlimi
tahrirYanvar oyining oʻrtacha harorati −7 °C, iyulda 26 °C. Qishqa qor juda kam yogʻadi va yogʻsa ham tezda erib ketadi. Yogʻingarchilik ham juda kam yogʻadi, yillik oʻrtacha miqdori 75 – 100 mm. Yil davomida shamol esib turadi.
Ijtimoiy soha
tahrirTuman taʼlim sohasi boʻyicha 13 oʻrta, 5 boshlangʻich, 1 yoshlar maktabi, hunar maktabi, bolalar va yoshoʻspirinlar maktablari bor. Tibbiyot sohada: tuman kasalxonasi va shifoxona, oʻpka va yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 4 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 2 feldsh. punkt va tuman san-epidemiol. st., 3 feldsher-akusherlik punkt, mineral issiq suv bilan davolovchi joy va boshqa mahkamalar faoliyat yuritmoqda. Tuman hududi orqali Quriq — Aqtau — Janaoʻzen, Janaoʻzen — Marata (Turkmaniston), shuningdek Aqtau — Janaoʻzen temir yoʻli oʻtadi.