Qarasopi gumbazi
Qarasopi gumbazi — XVIII XIX asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorlik. Qiziloʻrda viloyati, Jangaqoʻrgʻon tumanining markazidan janubiy-sharqqa tomon 5 kilometr yerda, Sirdayoning sohilida joylashgan[1].
Qarasopi gumbazi | |
---|---|
qozoqcha: Қарасопы Күмбезі | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Joylashuvi | Qirmoq viloyati, Jangiqoʻrgʻon tumani |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Balandligi | 9 m |
Oʻlchamlari | |
Boshqa oʻlchamlari | 14x9 m (tashqi maydon) |
Tavsifi
tahrirMaqbara pishirilgan g‘ishtdan qurilgan. Asosiy jabhasi janubi-gʻarbiy tomon yoʻnaltirilgan, portal shaklida bezatilgan. Jabhasining asosi janubi-gʻarbiy tomonga qaratilib, portal shaklida jihozlangan. Maqbaraning sakkiz xochli, peshonaning tepasi asosiy devordan balandroq koʻtarilib, gumbazi va devor karnizlari ham bezatilgan. Loyihadagi oʻlchami 14x9 m, balandligi 9 m, tepasida 8 derazasi bor, ikkita kichik xonadan iborat[2]. Qabr joylashgan xonaning maydoni 12,34x8,70 m, qoʻshimcha xona maydoni 6,50x5,00 m. Eshigi qiblaga qaragan, qarshisida Qorasopi qabristoni joylashgan. Qorasopiy maqbarasi islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Bu hududda Xuroson ota, Qilishti ota, Aygʻoja va boshqa tarixiy yodgorliklar ularning ko‘chmanchi o‘zbeklar davriga aloqadorligini ko‘rsatadi. Karasopi gumbazi maxsus oʻrganilmagan. Maqbara Buyuk ipak yoʻli hududida joylashgan meʼmoriy yodgorliklardan biridir. Qorasopi Ayg‘oja eshonning shogirdi, avliyo kishi boʻlgan. Ayg‘oja eshon Qarasopini koʻzining ochiqligida Qarajan deb atagan. Shamoldek uchib tez tez yurdigan Qarasopini Aygʻoja eshon uzoq-yaqin xalqlar o‘rtasida dinni targ‘ib qilish, nizolarga raislik qilishga aytib oʻtirgan[3].
Tarixi
tahrirMahalliy xalq xabarlarga koʻra, Qarasopi 5 yoshar Aygʻojani asrab olgan, Buxoro, Makka tomonga olib borgan. Keyinchalik Aygʻojaning oʻgʻli Ataqoja Qarasopi qabrni qurdirgan (XVIII asrning oxiri). 1980-yili "Kazproekrestavratsiya" instituti arxitektorlari tadqiqot ishlarini olib borishdi. Yodgorlik 1982-yili Qozogʻiston SSR tarixiy va madaniy ahamiyatga ega yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Davlat himoyasiga olingan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Кара Сопы мавзолей.“ (ruscha).
- ↑ „МАВЗОЛЕЙ КАРА СОПЫ“ (ruscha).
- ↑ „Қарасопы кесенесі, ХҮІІІ-ХІХ ғасырлар“ (qozoqcha) (2017-yil 28-iyul). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
- ↑ Postanovlenie Soveta Ministrov Kazaxskoy SSR ot 26 yanvarya 1982 goda N 38 „O pamyatnikax istorii i kulturi Kazaxskoy SSR Respublikanskogo znacheniya“