Qarqunoqlar
Qarqunoqlar — chumchuqsimonlar turkumiga mansub sayroqi qushlar oilasi. Uz. 16—36 sm. Tumshugʻi ikki yondan siqilgan, uchi yirtqich qushlarniki singari ilmoqqa oʻxshash qayrilgan. Dumi uzun, ingichka. 12 urugʻi, 72 turi maʼlum. Shim. Amerika, Yevropa, Afrika va Osiyoda tarqalgan. Butalar va siyrak daraxtlar oʻsadigan joylarda, yalangliklarda yashaydi. Hasharotlar va mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqdanadi. Boshqa qushlarning ovoziga taqlid qila oladi. Daraxt va butalarga uya quradi. Ayrim turlari oʻz oʻljasini mayda butoqlarga qadab qoʻyib, oziq gʻamlaydi. Oʻzbekistonda Q.ning 4 turi tarqalgan. Qora peshona Q. (. гшпог) togʻ etaklarida, uzun dumli Q. (. 8спасп) Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryoning oʻrta oqimi va Sirdaryoning yuqori oqimida; olatoʻngʻiz (. сшШиз) va kulrang, yaʼni katta Q. qushlar uchib oʻtishi davrida uchraydi. Zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi.
Qarqunoqlar | |
---|---|
Lanius collurio | |
Biologik klassifikatsiya | |
| |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |