Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Qarshi Muxandislik Iqtisodiyot Instituti

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti — Iqtisodchi, qishloq xoʻjaligi, neft va gaz sanoati, elektr va issiqlik energetikasi, oziqovqat sanoati, kimyoviy texnologiya va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari hamda taʼlim sohasi uchun yuqori malakali muhandislar, iqtisodchi va muhandispedagog bakalavrlar va mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. U Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Qarshi filiali negizida 1992-yilda tashkil etilgan. Institutda 28 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar va doktaranturada 7 ixtisoslik boʻyicha ilmiypedagogik xodimlar tayyorlanadi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Xalqaro nomi
ingl. KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE[1]
rus. КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ
Turi Institut
Asos solingan sanasi 1975-yil
Rektori Orifjon Shodiyevich Bozorov [2]
Fakultetlar

7 ta

Iqtisodiyot,Muhandislik texnikasi,Geologiya va konchilik ishi,Elektronika va Avtomatika,Energetika,Neft va gaz ishi,Sanoat texnologiya
Talabalari 4860+[3]
Bakalavriat 28 ta yoʻnalish[3]
Magistratura 12 ta mutaxassislik[3]
Fan doktorlari 32[3]
Manzili
Veb-sayti qmii.uz
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Institutda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, xalq xoʻjiligi iqtisodiyoti, agronomiya, neft va gaz ishi, elektrotexnologiya sohalari boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. institut qoshida litseyinternat, akademik litsey, biznes maktablari, mutaxassislar malakasini oshirish boʻlimi, "Iqtidorli talabalar bilan ishlash", "Axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim" markazlari, kichik bosmaxona faoliyat koʻrsatadi. Institutda 31 ta kafedra, kutubxona 230 mingdan ortiq kitoblar mavjud. Institut tashkil etilgandan buyon 18 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis va bakalavrlar tayyorlandi. institut Rossiya, AQSH, Germaniya, Turkiya, Latviya, Gretsiya, Litva, Portugaliya, Ruminiya, Polsha va boshqalar mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan; Belorusiya Davlat Texnika Universiteti, Ispaniyadagi La Laguna universiteti va boshqalar. Institutda talabalarning dam olish oromgohi, sogʻlomlashtirish markazi, sport saroyi mavjud.

Tarixi

tahrir

Institut dastavval 1975-yilda tashkil etilgan boʻlib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali deb yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi 356-sonli farmoniga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutining Qarshi filiali negizida Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan Qarshi agrar - iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universiteti Qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil qilingan.

Oʻquv-uslubiy faoliyati

tahrir

2020—2021-oʻquv yilidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oʻquv jarayoni kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa tizimi — ECTS asosida tashkil qilingan. Davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlar (sillabuslar) ECTS tizimi talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, zamon talablariga mos yangi fanlar kiritilib, fanlarni oʻqitish soatlarining qayta koʻrib chiqilishi taʼminlangan.

Talabalar tomonidan tanlov fanlarni tanlash imkoniyati yaratilgan, ularning mustaqil oʻzlashtirishi masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, oʻquv rejalarida talabalarning mustaqil taʼlim olishiga oʻquv yuklamalarning 60% ajratilishi taʼminlangan.

Fan dasturlari (sillabuslar) xalqaro reytinglarda yuqori 300 talikda boʻlgan oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida 3 ta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) tayyorlanib, oʻquv jarayoniga joriy etilgan. Nomutaxassislik fanlari ulushi 22% dan 10% foizga kamaytirildi.

Oʻquv jarayonini tashkil qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib kelingan. Jumladan, 2020—2021-oʻquv yilidan boshlab MOODLE-obyektga yoʻnaltiriiti asosida masofaviy taʼlim platformasi ishga tushirilgan.

Xalqaro hamkorlik

tahrir

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ayni paytda universitet 110 dan ortiq xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik shartnomalari va almashinuv memorandumlari tuzib ular bilan faol ishlab kelmoqda.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bir qator yirik xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boshqalar) aʼzosi hisoblanadi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari[4]:

1   Ispaniya Del Pais Vasko

universiteti

Hamkorlik shartnomasi mavjud
2   Ispaniya "Santiago De Compostella"

universiteti

Hamkorlik shartnomasi mavjud
3   Ispaniya “Lalaguna” universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
4   Gretsiya Hellenic Xalqaro universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
5   Gretsiya Hellenic O’rta Yer universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
6   Daniya Aalborg universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
7   Chexiya Praga Texnika universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
8   Avstriya Hayotiy fanlari xususiyuniversiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
9   Shvetsiya Karlstads universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
10   Italiya L’Aquila universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
11   Niderlandiya HAS Amaliy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
12   Shimoliy Makedoniya Ss. Cyril va Methodius universiteti, Skopye Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
13   Shimoliy Makedoniya Boltiq xalqaro universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
14   Isroil Weizmann ta’lim

instituti

Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
15   Isroil Holon texnologiyalar institute Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
16   Isroil Hadassah academik kolleji Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
17   Polsha Warwick universiteti, Polsha (ALWM) Hamkorlik shartnomasi mavjud
18   Polsha Lodz universiteti Polsha Hamkorlik shartnomasi mavjud
19   Polsha Torun Nikolas Kopernikus universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
20   Polsha Rzeszów texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
21   Polsha Varshava texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
22   Polsha Silesian texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
23   Polsha Opole universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
24   Polsha Korxona va boshqaruv kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
25   Polsha Muhandislik va meditsina oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
26   Polsha Gdansk texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
27   Polsha Bidgosh iqtisodiyot  universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
28   Polsha Lyblin iqtisodiyot oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
29   Polsha Bialistok texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
30   Vengriya MATE universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
31   Vengriya Budapest texnologiya va iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
32   Vengriya Nyiregyhaza universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
33   Vengriya Debrecen universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
34   Vengriya Obuda universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
35   Portugaliya Viado-Castelo politexnika Instituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
36   Portugaliya (ISEG) Iqtisodiyot oliy maktabi, Lissabon universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
37   Portugaliya Tomar politexnika institute Hamkorlik shartnomasi mavjud
38   Portugaliya Lissabon texnika oliy maktabi Hamkorlik shartnomasi mavjud
39   Portugaliya Braganza politexnika Instituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
40   Ruminiya Stefan cel Mare University  of Suceava – Romania Hamkorlik shartnomasi mavjud
41   Ruminiya Brasov Transilvaniya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
42   Ruminiya Timisuara politexnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
43   Ruminiya Rumin-Amerika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
44   Ruminiya Buxarest politexnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
45   Ruminiya Pitesti  universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
46   Ruminiya Banat Qishloq xo’jaligi fanlari va veterenariya meditsinasi universiteti, Timisoara Hamkorlik shartnomasi mavjud
47   Ruminiya Kluj-Napoka texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
48   Ruminiya Dunarea de Jos University of Galati Hamkorlik shartnomasi mavjud
49   Ruminiya Gheorghe Asachi universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
50   Litva Litva dengiz osti Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
51   Litva Vilnius Gedminas texnika universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
52   Litva Litva biznes va tabiiy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
53   Latviya Riga texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
54   Latviya Rezekne texnologiya akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
55   Latviya Liapeya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
56   Latviya Vidzema amaliy fanlar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
57   Latviya Boltiq xalqaro Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
58   Latviya Biznes va boshqaruv Kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
59   Turkiya Kastamanu universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
60   Turkiya Bingol universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
61   Turkiya Sankiri Karatekin universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
62   Turkiya Adnan Menderes universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
63   Bolgariya D.A Tsenov nomidagi iqtisodiyot va biznes Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
64   Bolgariya Varna texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
65   Bolgariya Yangi Sofiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
66   Bolgariya Plovdiv oziq-ovqat texnologiyalari universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
67   Serbiya Prometey amaliyva yuridik fanlar kolleji Hamkorlik shartnomasi mavjud
68   Serbiya Belgrad texnika fanlari akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
69   Serbiya Kraguyevak universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
70 Kosovo Mitrovika ‘Isa Boletini’ universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
71 Kosovo Universum Kolleji Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
72 Kosovo Pristina universiteti Erasmus+ grant shartnomasi mavjud
73   Rossiya I.M Gubkin nomidagi neft va gaz Rossiya Davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
74   Rossiya K.A Timiryazev nomidagi Moskva Davlat qishloq xo’jaligi Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
75   Rossiya Rossiya Federatsiyasi birinchi Prezidenti B.Yelsin nomidagi Ural Federal universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
76   Rossiya Tabiiy suvlardan oqilona foydalanish Moskva Davlat Universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
77   Rossiya Moskva davlat avtomobilva yo'llari texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
78   Rossiya N.E Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
79   Rossiya Moskva energetika institute Hamkorlik shartnomasi mavjud
80   Rossiya G.V Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
81   Rossiya Astraxan davlat arxitektura va qurilish universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
82   Rossiya P.A Stolipina nomidagi Omsk davlat agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
83   Rossiya Ryazan Davlat radio muhandislik universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
84   Rossiya Kuban davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
85   Rossiya Sochi davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
86   Rossiya Kuban davlat texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
87   Rossiya Shimoliy  Ural orti davlat agrar universiteti (Tyumen) Hamkorlik shartnomasi mavjud
88   Rossiya Boshqir davlat agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
89   Rossiya Orenburg davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
90   Rossiya Ufa davlat neft-gaz texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
91   Rossiya Kazan davlat energetika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
92   Rossiya Lipetsk davlat texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
93   Rossiya Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
94   Belarus Belarussiya milliy texnika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
95   Belarus Polotsk davlat texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
96   Belarus Mogilev davlat sanoat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
97   Belarus Gomel davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
98   Belarus Belarussiya qishloq xo’jaligi Akademiyasi Hamkorlik shartnomasi mavjud
99   Belarus Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
100   Belarus Yanka kupala nomidagi grodnensk davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
101   Ukraina Jitomir politexnika davlat universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
102   Ukraina Jitomir agro ekologiya milliy universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
103   Ukraina Qishloq xo’jalik Iqtisodiyot iInstituti Hamkorlik shartnomasi mavjud
104   Ukraina Ukraina hayot va atrof-muhit fanlari milliy universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
105   Gruziya Gruziya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
106   Xitoy Xitoy konchilik va texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
107   Koreya Respublikasi Kyungwoon university Hamkorlik shartnomasi mavjud
108   Malayziya Petronas Texnologiya universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
109   Tunis Kairun universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
110   Tojikiston Tojik davlat moliya va iqtisodiyot universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
111   Tojikiston Shirinsho Shotemur nomidagi Tojik agrar universiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud
112   Qozogʻiston M.Auezov nomidagi Qozog’iston davlat universtiteti Hamkorlik shartnomasi mavjud

Axborot-resurs markazi

tahrir

Kutubxona oliy oʻquv yurtining alohida tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, koʻplab faoliyat sohalarini (oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy) qamrab oladi hamda universitetning taʼlim, ilmiy va madaniy jarayonlarida faol ishtirok etadi.

Manbalar

tahrir
  1. <span lang="(ingl.)" xml:lang="(ingl.)">„KARSHI ENGINEERING ECONOMIC INSTITUTE“ ((ingl.)). University Directory. Qaraldi: 17-iyul 2014.
  2. <span lang="(rus.)" xml:lang="(rus.)">„КАРШИНСКИЙ ИНЖЕНЕРНО-ЭКОНОМИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ“ ((rus.)). goldenpages.uz. Qaraldi: 17-iyul 2014.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „TIMI tarixi“. TIMI. Qaraldi: 17-iyul 2014.[sayt ishlamaydi]
  4. „Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan tuzgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari“.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir