Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati — Oʻzbekiston Respublikasidagi tarixiy obidalar hamda rekreatsion resurslar imkoniyatlariga ega boʻlgan hudud, respublikaning janubiy hududida joylashgan.

xarita
Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati haqida tahrir

Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Qashqadaryo viloyati 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan[1]. Viloyat chegarasining umumiy uzinligi 795 kmni tashkil etadi, shundan 405 km togʻlar orqali qolgan 390 km esa tekislik hududlaridan oʻtadi. Qashqadaryo viloyati shimoldan janubga 195 km masofada, gʻarbdan sharqga esa 293 km masofaga choʻzilgan. Viloyat Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida joylashgan boʻlib, okrug Kitob-Shahrisabz botigʻi, Hisor togʻlari va Zarafshon togʻ tizmasini hamda Qarshi dashtini oʻz ichiga oladi. Qashqadaryo viloyati geografik kenglik jihatdan Turkiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya va AQSh mamlakatlarining oʻrta qismlari bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan. Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqi hamda janubi sharqiy qismlari togʻlar bilan oʻralgan. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 ming km kvadratni tashkil etadi va Oʻzbekiston hududining 6,4% ni tashkil etadi. Aholi soni 2022-yil 1-yanvar holatida 3408,3 ming kishi, shahar aholisi 1460,0 ming kishi, qishloq aholisi esa 1948,3 ming kishini tashkil etadi[2].

Qashqadaryoda turizmning rivojlanishi tahrir

Qashqadaryo viloyatida Respublikadagi jami tarixiy obidalarning 17,76% joylashgan. Qashqadaryo viloyatda bugungi kunda 1 ming 468 madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 1 ming 189 tasi arxeologiya, 208 tasi arxitektura, 43 ta monumental yodgorliklar, 34 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. „Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora tadbirlari“ toʻgʻrisidagi 2021-yil 9-fevral sanasidagi Pf-6165 son Farmoning 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshiliash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi byudjetdan tashqari 200 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan[3].

 
Langar ota qishlogʻi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida joylashgan
 
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Langar ota qishlogʻida joylashgan masjid

Turistik imkoniyatlari tahrir

Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni asosan Shahrisabz, Qarshi va Kitob tumanlarida koʻp uchraydi. Shahrisabz shahri UNESCO butun jahon maʼdaniy merosligiga kiritilgan[4]. Qashqadaryo viloyatida oʻzining uzoq oʻtmishiga ega ekanligi sabab tarixiy obidalar soni va ilmiy yangiligi turfa xillikni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida tarixiy obidalar soni hududlar kesimida turlicha hisoblanadi[5].

  • Qarshi shahar — Arxeologik yodgorliklar 28 ta, Arxitektura yodgorliklari 25 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 6 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.
  • Shahrisabz tumani — Arxeologik yodgorliklar 138 ta, Arxitektura yodgorliklari 22 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 5 ta.
  • Yakkabogʻ tumani — Arxeologik yodgorliklar 195 ta, Arxitektura yodgorliklari 38 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.
  • Kitob tumani — Arxeologik yodgorliklar 281 ta, Arxitektura yodgorliklari 16 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 5 ta.
  • Gʻuzor tumani — Arxeologik yodgorliklar 94 ta, Arxitektura yodgorliklari 9 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 3 ta.
  • Koson tumani — Arxeologik yodgorliklar 76 ta, Arxitektura yodgorliklari 11 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 4 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.
  • Chiroqchi tumani — Arxeologik yodgorliklar 58 ta, Arxitektura yodgorliklari 16 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 3 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.
  • Shahrisabz shahri — Arxeologik yodgorliklar 29 ta, Arxitektura yodgorliklari 28 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 5 ta.
  • Qarshi tumani — Arxeologik yodgorliklar 58 ta, Arxitektura yodgorliklari 29 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 28 ta, diqqatga sazovor joylar 5 ta.
  • Kasbi tumani — Arxeologik yodgorliklar 79 ta, Arxitektura yodgorliklari 11 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 2 ta.
  • Nishon tumani — Arxeologik yodgorliklar 3 ta, Arxitektura yodgorliklari 1 ta, diqqatga sazovor joylar 3 ta.
  • Mirishkor tumani — Arxeologik yodgorliklar 9 ta, Arxitektura yodgorliklari 6 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.
  • Muborak tumani — Arxeologik yodgorliklar 2 ta, Arxitektura yodgorliklari 3 ta, monumental sanʼat yodgorliklari 2 ta, diqqatga sazovor joylar 1 ta.

Qashqadaryo viloyati rekreatsion jihatdan shifobaxsh buloqlari, dam olish maskanlari, sanatoriyalar, sohil hududlari mavjud.

Dam olish maskanlari tahrir

Viloyat hududdagi dam olish maskanlari togʻ oldi va togʻli hududlarda joylashgan. Jumladan, Miroqi shaharchasi, Kitob Milliy Tabiat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Koʻl, Varganza, Xazora, Gʻilon qishloqlarida salomatlikni tiklash uchun qulay iqlimiy sharoitlar mavjud.

Shifobaxsh buloqlar tahrir

Shifobaxsh buloqlar asosan viloyatning togʻ oldi va togʻi qismlarida koʻp uchraydi. Hzoirda viloyat hududida 20 ga yaqin shifobaxsh buloqlar mavjud. Ulardan Zevardi, Maymanoq, Qarliq, Oʻrta buloq, Muborak, Xoʻjaxayron buloqlari xalq xoʻjaligida muhim sanaladi. Buloqlarda gidrokarbanat natriy, brom, yod, brom oksidi, sulfat natriy, vododrod sulfit kabi kimyoviy elementlar mavjud.

Miroqi shaharchasi tahrir

Shahrisabz tumanidagi kurort, rekreatsion resurslarga ega boʻlgan shaharcha hisoblanadi[6]. Miroqi shaharchasi dengiz sathidan 980 metr balandlikda joylashgan boʻlib, 1986-yilda shaharcha maqomini olgan. Shaharcha turizm va rekreatsiya uchun xizmat koʻrsatish negizida paydo boʻlgan shaharcha hisoblanadi. Shaharcha hududida sanatoriya, mahalliy ishlab chiqarish, savdo majmualari, sanoat korxonalari va oromgohlar mavjud. Respublika boʻylab kelgan mahalliy sayyohlarga asosan apreldan sentyabr oyigacha xizmat koʻrsatadi.

Koʻl qishlogʻi tahrir

Shahrsabz tumanining baland togʻ mintaqa hududlarida joylashgan qishloq sanaladi. Koʻl qishlogʻiga olib boruvchi yoʻl juda uzoq hisoblanadi va yoʻl asosan qoyatoshlar, chuqur daralar oralab oʻtiladi. Koʻl qishlogʻida 1500 ga yaqin aholi isteʼqomat qiladi. Aholining asosiy turmush faoliyati esa mahalliy dehqonchilik, chorvachilik hamda sayyohlarga xizmat koʻrsatish hisoblanadi[7]. Koʻl qishlogʻiga yogʻingarchilik miqdori yuqori, qish juda sovuq va yoz nisbatan salqin boʻladi. Yil davomida faqatgina 4 oy davomida quyosh nur sochib turadi qolgan vaqtlarda esa yomgʻir va qor yogʻadi. Qishloqga olib boruvchi yoʻllar asosan bir tamonlama harakatlanuvchi yoʻllar sanaladi. Qishloq hududida etnografiya va ekoturizm obyektlari mavjud.

Gʻilon qishlogʻi tahrir

Hisor togʻ etaklarida joylashgan qishloq hisoblanadi. Mahalliy aholi chorvachilik, dehqonchilik bilan shugʻullandi. Qishloq hududida bir qancha ekoturizm obyektlari, rekreatsion shifobaxsh suvlari mavjud[8]. Qishloqda 7000 ga yaqin aholi isteʼqomat qiladi. Qishloq yoʻllari tosh qoyalar oralab borilganligi sabab tez-tez sel natijasida yoʻllar yopilib qoladi. Qishloq shuningdek sayyohlarga xizmat koʻrsatish faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, hududda 6 ta oilaviy mexmonxonalar mavjud. Qishloqda qish nisbatan uzoq davom etishi sabab sayyohlik mavsumiylik xususiyatiga ega.

Galeriya tahrir

 
Qashqadaryo viloyati togʻ manzarasi
 
Qashqadaryo viloyati baland togʻ hududlarida qor koʻchki hodisalari
 
Qashqadaryo viloyati qor va muz erishidan hosil boʻlgan chuchuk suvli koʻl
 
Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi
 
Shahrisabz tumani togʻ manzaralari

Manbalar tahrir

  1. Qashqadaryo viloyati (Wayback Machine saytida 21-iyul 2022-yil sanasida arxivlangan). 21-iyul 2022-yil
  2. Qashqadaryo doimiy aholi soni. 21-iyul 2022-yil
  3. Qashqadaryoda turizmni rivojlantirishga 200 mlrd soʻm ajratiladi 21-iyul 2022-yil
  4. Qashqadaryo viloyati. 21-iyul 2022-yil
  5. [Oʻzbekiston Milliy atlasi II tom] 21-iyul 2022-yil
  6. Miroqi[sayt ishlamaydi] 21-iyul 2022-yil
  7. Cho‘qqi ostonasidagi go‘sha — Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘idan reportaj 21-iyul 2022-yil
  8. Gʻilon qishlogʻi manzaralari 21-iyul 2022-yil