Qasim Awezov (qozoqcha: Qasım Áwezov; 1897-yil, Besjap[1] (Bessarıjap[2]), Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1938-yil 13-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – Qoraqalpoq[3], ishanning oʻgʻli, davlat arbobi, shoir, dramaturg[4][5]. „Tong nuri“ („Tań nurı“) Qoraqalpoq xalq teatri asoschisi. Qoraqalpoq dramaturgiyasi janrining rivojlanishiga Qasim Awezov asos solgan[4].

Hayoti

tahrir

Qasim Awezov 1897-yilda kambagʻal oilada tugʻilgan. 13 yoshidan boshlab ota-onasi uni madrasaga „Maxtum-oxun“ga oʻqishga yuborishadi, ota-onasi oʻqish uchun pul toʻlay olmagani uchun u madrasa egasiga mardikor boʻlib ishlaydi[2][5]. 1915-yilda Rahmatulloh Oxun madrasasida oʻqishni davom ettirdi[2].

Sovet hokimiyatining kelishi bilan Qasim Awezov ixtiyoriy ravishda yangi sotsialistik jamiyatni barpo etishda faol ishtirok eta boshladi[4].

1921-yilda qishloq ijroiya qoʻmitasida kotib, maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[1].

1921-yilda Qasim Awezov oʻqituvchilar tayyorlash kursini (To‘rtko‘lda[1]) tugatdi. Chimboy tumanidagi[4] bolalar internatining mudiri boʻlib ishladi[1].

1922–1924-yillarda Qosim Avezov oʻz safdoshlari Qozi Maulik va Seyfulg‘abit Majitov bilan birgalikda yangi maktab ochdi, xalqqa tushunarli tilda yangi darsliklar yaratishga kirishdi[2].

1923-yilda[1] Qasim Awezov Samarqand viloyat partiya xodimlari maktabida oʻqishni tugatdi[4].

Uni 1924-yilda tugatib[1], u yerda dastlab inspektor[4], 1924-yil dekabrdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi boʻlib ishladi[1][4]. Teatr sanʼati rivojiga har tomonlama hissa qoʻshgan[4].

1924–1925-yillarda Qoraqalpoq davlat xalq maorifi boʻlimi mudiri[2], 1925-yil apreldan 1929-yil martgacha[1] Qoraqalpoq davlat Ijroiya qoʻmitasi raisi[4], 1929-yil apreldan[1] Qozogʻiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari[4], Markaziy maʼmuriy boshqarmasi boshligʻi[1], 1929-yil avgustdan 1930-yil sentyabrgacha KASSR Ichki ishlar xalq komissarligi[1]; 1930-yil sentyabrdan[1] 1931-yilgacha Qoraqalpogʻistonning SSSR hukumatidagi doimiy vakili[4](Moskvada[1]), 1931-1932-yillarda – Qoraqalpogʻiston davlat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi[1], 1932-yil 20-martda Qoraqalpogʻiston Muxtor okrugi Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasiga (Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) aylantirildi[6] va Qasim Awezov Qoraqalpogʻiston Sotsialistik respublikasi (1932-yildan 1934-yilgacha) Muxtor Soveti Xalq Komissarlari Sovetining birinchi raisi etib tayinlandi[4][1][7]. 1933-yil 25-aprelda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy byurosi va Oʻlka partiya qoʻmitasi qarori bilan Qasim Awezov oʻz lavozimidan chetlashtirildi[5].

1935-yildan 1936-yil apreligacha – Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi huzuridagi Qoraqalpogʻistonning Moskvadagi doimiy vakili[1], 1936-yil apreldan 1937-yil aprelgacha – SSSR Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi Sanʼat qoʻmitasining KAASSR boʻyicha komissari[1], 1937-yil aprel oyida Qoraqalpogʻiston Xalq Komissarlari Soveti qoshidagi sanʼat boʻlimiga rais etib tayinlanadi[8].

1937-yil sentyabr oyida[8][1] u millatchi-burjua partiyasi tashkilotchisi sifatida hibsga olindi va „xalq dushmani“ sifatida qatagʻon qilindi[5].

1938-yil oktyabr oyida u oʻlimga hukm qilindi[8]. 1958-yilda vafotidan keyin toʻliq reabilitatsiya qilingan[4].

Oilasi

tahrir

Xotini Fotima Awezova[4].

Xotirasini abadiylashtirish

tahrir

Quyidagilar Qasim Awezov nomi bilan atalgan:

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 „| TsentrAziya“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „ДУХОВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В КАРАКАЛПАКСТАНЕ И ФОРМИРОВАНИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ И ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЭЛИТЫ“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  3. „13 наркомов НКВД: Касым Авезов, Лев Залин и Станислав Реденс / История Казахстана / Блоги.Казах.ру — блоги Казахстана, РК“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 „Авезов Қосим 1897-1939 Бердақ атындағы Қарақалпақ мəмлекетлик академиялық музыкалы теат“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „КАСЫМ АВЕЗОВ - ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ДЕЯТЕЛЬ КАРАКАЛПАКСТАНА“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  6. Karakalpakskaya Avtonomnaya Sovetskaya Sotsialisticheskaya Respublika – Ensiklopediya[sayt ishlamaydi]
  7. „Каракалпакстан“. 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Алғашқы қазақ НКВД басшылары. ІІ бөлім“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  9. „Информация о компании - Чимбай районлык "ЖАСЛЫК" киши карханасы ИНН 200397918 - UZORG.INFO“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  10. „Биология размножения черноголового ремеза Remiz coronatus в низовьях Амударьи – тема научной статьи по биологическим наукам читайте бесплатно текст научно-исследовательской работы в электронной библиотеке КиберЛенинка“. 2022-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  11. Bolshaya sovetskaya ensiklopediya – yusupov ibragim[sayt ishlamaydi]
  12. „Птицеводство: Узбекистан: новая птицеводческая ферма“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  13. „Узбекистан: новая птицеводческая ферма - новости meatinfo.ru“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.

Havolalar

tahrir