Qatoda ibn Noʻmon (arab. قتادة بن النعمان) (taxminan 581–644) – Muhammad alayhissalomning ansor sahobalaridan biri boʻlgan. Qatodadan koʻplab hadislar rivoyat qilingan.

Biografiyasi

tahrir

U Avs qabilasining Zafar urugʻidan Noʻmon ibn Zayd va Xazraj qabilasining Najjor urugʻidan Unaysa bint Qaysning oʻgʻli edi. Ayollari: Hind binti Avs – Qavoqil qabilasi ittifoqchilaridan boʻlgan; Gʻasson qabilasidan boʻlgan Xanso bint Xunayd; Zafar qabilasidan Oisha binti Juray. Hinddan farzandlari Abdulloh va Ummu Amr tugʻilgan. Xanso va Oishadan uning qolgan ikki farzandi Amr va Hafsalar dunyoga kelgani aytiladi[1]:354–355.

Voqidiyning yozishicha, Qatoda ikkinchi Aqaba bay’atida hozir boʻlgan; lekin uning ismi Ibn Is’hoq roʻyxatida uchramaydi[1]:355.

Qatoda Muhammad alayhissalomning kamonchilaridan boʻlgan[1]:355. Badr[2]:330, Uhud[2]:381, Handaq va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barcha janglarida qatnashgan[1]:355. Uhud kuni Qatoda ibn Noʻmon koʻzlaridan oʻq bilan yaralanganida, koʻz soqqasi chiqib, osilib qolgan. Hamrohlari uni kesib tashlamoqchi boʻlishgan, lekin avvalo Muhammad alayhissalom bilan maslahatlashishga qaror qilishgan. U zot: „Bunday qilmanglar!“ deganlar. Keyin Qatodani olib kelishni buyurib, qoʻllari bilan koʻz soqqasini joyiga qaytarganlar, soʻng: „Ey Allohim, unga goʻzallik ber!“ deb duo qilganlar. Bu Qatodaning eng yaxshi koʻziga aylangan va ikkinchi koʻzi kasal boʻlganda ham, bu koʻzi ziyon koʻrmagan[1]:355. Makka fathida Qatoda Zafar urugʻining bayrogʻini koʻtargan[1]:355

Qatoda hijriy 23 (milodiy 643–644) – yili 65 yoshida vafot etgan va uning janozasini xalifa Umar oʻqigan[1]:355.

Avlodlari

tahrir

Uning nabiralaridan biri Osim ibn Umar ibn Qatoda (vaf. hijriy 120 yoki 129/milodiy 738 yoki 747)[3] taniqli hadis roviylaridan boʻlib, u tarixchi Ibn Is’hoq uchun asosiy manba vazifasini oʻtagan[4]:xv. Qatodaning Osimdan keyin boshqa erkak avlodi boʻlmagan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Aisha Bewley (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
  2. 2,0 2,1 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press.
  3. Various Issues About Hadiths
  4. Guillaume, A. (1955). „Introduction.“ In Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press.